Topshirik.
Bir sо‘z ayt.
a) bir tovushni talaffuz qil; b) «uy» sо‘zida nechta tovush bor. v) bu sо‘zdagi tovushlarni ayt.
a) bitta gap ayt; b) «Bolalar о‘ynashni yaxshi kо‘radi» gapida nechta sо‘z bor? v) birinchi sо‘zni, ikkinchisini, uchinchisini ayt.
Baholash: yuqori baho 7 ballni tashkil etadi. Javoblar tо‘g‘ri (1ball) va notо‘g‘ri (0 ball) deb baholanadi. 7 ball til unsurlarini tushunishning yuqori darajasini, 3-4 ball о‘rta darajasini, 3 balldan ozi - past darajani kо‘rsatadi.
Sifat baholarining mos kelishi nutqiy rivoj darajasining umumiy bahosini kо‘rsatadi. Mos kelmaslik holatida muayyan baholarning ustunligi hisobga olinadi va bosqichlar orasi darajalar kiradi: о‘rtadan yuqori va о‘rtadan past. Masalan: 4 yuqori daraja va 2 о‘rta daraja mos kelsa, xulosaviy baho о‘rtadan yuqori daraja bо‘ladi.
Shunday qilib, hulosaviy baho natijalariga kо‘ra bola nutqiy rivojning, maktabga, nutqiy tayyorgarlikning besh darajasidan birga taaluqli bо‘ladi: yuqori, о‘rtadan yuqori, о‘rta, о‘rtadan past, past.
Kommunikativ malakani baholash qanday meyorlar asosida amalga oshiriladi?
Bog‘liq nutq darajasini о‘rganish uchun qaysi metodikadan foydalaniladi?
Diagnostik va korreksion metodikalarga qanday talablar qо‘yiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |