Mavzu. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutq kamchiliklarini
Bolalarning lug‘at boyligini о‘rganish
Download 107 Kb.
|
9-mavzu
Bolalarning lug‘at boyligini о‘rganish.Metodik kо‘rsatmalar. Bolalarning nisbatan aniq sо‘zni tanish, umumlashtiruvchi sо‘zlarni qо‘llash qobiliyatini aniqlash zarur. topshiriq.. tushuncha tasnifi. Material: hayvonlar, kiyimlar, о‘yinchoqlar, mevalar, sabzavotlar, transportlar kо‘rinishli 30 ta rasm. Pedagog bir necha rasmlarni umumlashtyruvchi tushunchani aytadi va tekshirilayotgan boladan tushunchani izoxlashni sо‘raydi, keyin muvofiq keluvchi rasmlarni ajratish topshiriladi. Masalan, hayvonlar qiyofasi bor rasmlarni ajratish. Har bir topshirikda tо‘g‘ri tanlangan rasmlar soni aniqlanadi, har bir tо‘g‘ri tanlovga 1 ball beriladi. Notо‘g‘ri tanlov 0 ballga baholanadi. Yuqori baho 30 ball. topshiriq. Antonimlar tanlovi. «Aksini ayt» о‘yiniga о‘xshash shaklda о‘tkaziladi. Bolaga aytilgan sо‘zning qarama-qarshi ma’noli sо‘zni topish taklif qilinadi. 10 ta sо‘z beriladi (masalan: gamgin-quvnoq, yosh-qari, ingichka-qalin, qо‘rqoq-jasur, past-baland, yaqin-uzoq, qulmoq- yig‘lamoq, yugurmoq-turmoq, gaplashmoq-indamaslik). Yuqori baho 10 ball tо‘g‘ri aytilgan antonim uchun, 0 ball notо‘g‘ri bajarilgan topshiriq uchun beriladi. topshiriq. Sinonimlarni aniqlash. «Boshqacha ayt» о‘yini kabi о‘tkaziladi. Bola aytga sо‘zga yaqin ma’noli sо‘zni aniqlashi zarur: 10 sо‘z biladi (masalan; quvnoq, qari, katta, qо‘rqoq, botir, yurmoq, yugurmoq, gapirmoq, kulmoq, yig‘lamoq). Yuqori baho 10 ball. 1 ball tо‘plangan sо‘z, 0 ball notо‘g‘ri sinonim aytilgan bо‘lsa. 4-topshiriq. Aniqlovchilarni aniqlash. Sо‘z о‘yini shaklvda о‘tkaziladi. Bolagi aytilgan sо‘zga imkon qadar kо‘p sifatlovchi topish taklif qilinadi. 5 ta sо‘z beriladi: koptok daraxt, olma, it, odam. (masalan: daraxt. U qanday? U haqida yana nima deyish mumkin? U yana qanday bо‘lishi mumkin?). Yuqori baho-10 ball. Semantik jixatdan muvofiq keluvchi 3 ta aniqlangan sо‘zga 2-ball, 3 sо‘zdan kam aniqlansa-1ball, javob notо‘g‘ri bо‘lsa - 0 ball. Lug‘at boyligini aniqlashga qaratilgan 4 ta topshiriqni bajarib bо‘lgach, umumiy baho hisoblanadi. Bolaning lug‘at boyligining yuqori darajasi 60 ballga, о‘rta darajasi 35-50 ballga, 35 balldan kami past darajaga tо‘g‘ri keladi. Nutqning grammatik jihatini о‘rganish. Metodik kо‘rsatmalar. Grammatik konstruksiyalarni qо‘llash darajasi. Sо‘zni mustaqil malakasini aniqlash zarur. Bu maqsadda sо‘z va gapni qurishga qaratilgan о‘yinli grammatik topshiriqlar beriladi. topshiriq. Grammatik qurilishni tushunish. Material: 4 ta qо‘g‘irchoq, 10 ta hayvonlarning shakli, 1 ta kubik. Pedagog gap aytadi, boladan о‘yinchoqlar yordamida gap fikrini ifodalashni sо‘raydi (masalan: kichik bolani uxlashga yotqiz; bola mushukni tutib olgan; qо‘y quyonni tutishga ulgurmay, quyon qochib qoldi; quyonni tutib olgan ayiqni it tishlayapti; bola kuchukning boshini tishlayapti va-boshqalar). Tushunish uchun 10 ta gap beriladi. Topshiriqning murakkabligi quydagilarda kuzatiladi: yuzaki grammatik tuzilmalarn qо‘llash bо‘yicha strategiyalarni ishlab chiqishda murakkab tuzilmalarni tadbiq etish qoidalaridan foydalanish va bu qoidalarni umumlashtirishda kuzatiladi. Topshiriq bolalarning grammatik konstruksiyasi asosida gap tuzadi yoki sо‘zlarni ketma-ket tuzadimi, shuni kо‘rsatadi. Tо‘g‘ri natijalar - 1 ball, notо‘g‘ri natijalar - 0 ball. Yuqori umumiy baho - 10 ball. Topshiriq. Hayvon bolalari nomlarini bildiruvchi otlar shaklini yasash. Material: hayvonlar va uning bolalari tasvirli 10 ta rasm (ot, fil, tulki, mushuk,’ quyon va boshqalar). «Kimda kim?» о‘yini shaklida о‘tkaziladi. Muvofiq keluvchi rasmlarni tanlash va bosh, qaratqich kelishikdagi sо‘zlarning kо‘pligini yasash zarur (tulkining tulkichalari, tulkining kо‘p tulkichalari bor va boshqalar). Yuqori baho - 20 ball, Ikkala shakldan behato foydalanish - 2 ball, meyordan ahamiyatsiz ravishda chetga chiqish - 1 ball, notо‘g‘ri javoblar - 0 ball. topshiriq. Gap tuzish. Bolaga 3 ta sо‘z taklif qilinadi. (bosh kelishikdagi ot, noaniq shakldagi (fe’l infenetiv), bola ulardan gap tuzishi kerak. 5 ta sо‘z beriladi (masalan: bolalar, aylanmoq, park, akvarium, baliq, suzmoq) va boshqalar). Yuqori baho - 10 ball, tо‘g‘ri tuzilgan gap - 2 ball, qoidalar ozgina chetga chiqish-1 ball - barcha sо‘zlar qо‘llanmagan, qoidada nuqsaon bor - 0 ball. Topshiriqlarni bajarish natijalari qayd etiladi va taxlil etiladi. 3 topshiriq bajarilgach umumiy ball hisoblanadi. Yuqori ball - 50 ball - yuqori darajada, 32-49 ball о‘rtacha, 32 balldan kami - past darajaga tо‘g‘ri keladi. Download 107 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling