Mavzu. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutq kamchiliklarini
daraja: Nutqni tushunish, gapning grammatik tuzilishi, sо‘zlarning bо‘g‘in tarkibi bilan aniqlanadi. daraja
Download 107 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsad: Har bir oila uchun havf-hatar omillarining diagnostikasi, korreksion dasturlar ishlab chiqish.
- Maqsad: nutqiy va shaxs sifatidagi rivoji dinamikasini baholash; barqarorlik darajasi, retsidivlarning yо‘qligi.
daraja: Nutqni tushunish, gapning grammatik tuzilishi, sо‘zlarning bо‘g‘in tarkibi bilan aniqlanadi.
daraja: Gapning tuzilishi, syujetli rasmlar asosida hikoya tuzish, qо‘shimchalarni qо‘llab sо‘z yasash, tovush talaffuzi va grammatik idrok asosida aniqlanadi. Duduqlanishda nutq tempi, ritmi bir butunligi buziladi, bu kommunikativ xulq buzilishiga olib keladi. Diagnostika jarayonida nevrostik’va nevroz duduqlanish, evolyutiv va poyatern duduqlanish tasniflanadi. Dizartriyaning asosiy simptomlari artikulyatsion motorika va nutqiy nafas olish buzilishlari, ovoz va tovush talaffuzi nuqsonlari sanaladi. Artikulyatsion motorikaning buzilishida til, lab, yuz, bо‘yin muskullarini spastikligi; gipotoniya, tor til bо‘shashgan, tо‘liq jipslashmagan lablar, aniq ifodalangan gipersolivatsiya, nazalizatsiya, distoniya-muskul tovushini о‘zgaruvchan xarakterlari kuzatiladi. Dizartiriyaning xususiy belgisi oral sinkeziyalar va harakatlar mavjudligidir. Rinolaliya ovoz tembrini va tovush talaffuzini buzilishi bilan farqlanadi. Rinolaliyaning uch shakli: 1 .Ochiq. Yopiq. Aralash turlari tasniflanadi. Etiologik bо‘yicha bu organik va funksional rinolaliya ajratiladi. Ochiq organik rinolaliyada yumshoq tanglayni kaltaligi, qattiq va yumshoq tanglayni tug‘ma yoriqliklar kuzatiladi. Bu holda til faolligi va holatini о‘zgaruvchanligi yuzaga keladi, yumshoq tanglay passiv, kam harakatchanligi og‘iz va burun bо‘shlig‘ini ajratmaydi; nutqiy nafas, tovush talaffuzi buzilganligi kuzatiladi. Eshitishi buzilgan bolada kommunikativ faoliyatni quyidagi xususiyatlari kuzatiladi; nutqiy topshiriqlarni bajarmay, gapiruvchi yuziga qarab turadi. Nutqiy topshiriqlar imo-ishora va mimika bilan birga amalga oshirilsa, eshitishda nuqsoni mavjud bola tushunadi. Bola ovoz chiqarmay о‘ynaydi, о‘z harakatlari ovoz chiqarishlar bilan bog‘lamaydi. Intellektual rivojlanmagan bolaning nutqiy faoliyati ham о‘ziga xosdir. Duduqlanishda nutq tempi, ritmi va yaxlitligi buziladi. Tashkil jarayonida nevrotik va nevroz, evolyutiv va poltern duduqlanish tasniflanadi. Dizartriyaning asosiy simptomlari ovoz va tovush talaffuzi kamchiliklarini artikulyatsion motorika, nutqiy-nafas olish nuqsonlari bilan birga kechishi sanaladi. Artikulyatsion motorikaning buzilishida lab, yuz-bо‘yin muskullarining spastikligi, gipotoniya-distoniya-muskulni о‘zgaruvchan tonusga ega bо‘lishi kuzatiladi. Dizartriyaning xususiy belgilari asosiy harakatlar, orol sinkinziyalar sanaladi. Ranololiyada anatoma-fiziologik nuqsonlarga asoslanuvchi ovoz va tovush talaffuz nuqsonlari kuzatiladi. Rinolaliya ochiq-yopiq va aralash turlari tasniflanadi. Psixik rivojlanishi sust bolalarning kommunikativ hulqi xususiyatlari atrof-olamni anglash, odamlar bilan muloqotga extiyojni kamligi bilan asoslanadi. Bolalar muloqatga zaif undash sababli savollarga javob beramaydi, ovoz chiqarmay о‘ynashadi, lekin muloqotga undash keng doirada о‘z fikrini bayon etishga olib keladi. Ilk bolalar autizmida kommunikativning hulq-atvorning qa’tiy va о‘ziga xos buzilishlar, verbal va noverbal muloqotning barcha shakllarini nuqsonlari uchraydi. Autizmli bola normal eshitishga ega bо‘lsa ham, kattalarning nutqiy topshiriqlariga javob bermaydi, ochiq negativlikni namoyon qiladi. Autizmli bola uchun odamlar muloqatidan qochish, suhbatdoshiga qaramaslik, undan qochish, psixomotor buzilishlari xosdir. Bola nutqni muloqot vositasi sifatida qо‘llamaydi, shu bilan birga unda nutqning potologik hususiyatlari (exologiya, nutqni skandirlash, prosodikaning buzilishi) kuzatiladi. Alaliyadan farqli ravishda, autizmda nutq 18-30 oylar davomida rivojlanishi mumkin, sо‘ng uning kommunikativ funksiyasi buziladi, bola atrofidagilar bilan muloqatni yо‘qotadi, ifodali artikulyatsiya jarayoni buziladi. M. A. Povalyayeva (2001) bolalar nutqiy rivojlanish darajasini о‘rganib, diagnostik metodikalar nafaqat vrachlar balki defektolog, psixolog va logopedlar bilan olib borilishi kerak deb ta’kidlanadi. Qо‘llanilayotgan diagnostika samarasizligi, zaifligi klinik, pedagogik, logopedik tekshiruv ma’lumotlari bilan asoslanadi. Mavjud amaliyotda nutq nuqsonlarining differensial diagnostikasi tavsiya etilayotgan metodlar verballigi uchun murakkablashadi. Diagnostik va korreksion metodikalarga quydagi talablar qо‘yiladi: bolalarga barcha kо‘rsatkichlar bо‘yicha bо‘lgan material tanlanadi, vazifalar bir-hil topshiriqlardan iborat bо‘ladi. M.A Povalyayeva tomonidan qо‘yilgan talablarga asosan nutq diagnostikasi va korreksiyasi bо‘yicha metodika tanlanadi, moslashtirildi va modifikatsiya qilindi. Diagnostik va korreksion metodikalar о‘zaro bog‘langan bloklardan tashkil topuvchi sistem ta’sirga ega. Uning har biri о‘z maqsadi, metodi, vazifa, usul strategiyasiga ega. - Blok-diagnostik. Maqsad: Har bir oila uchun havf-hatar omillarining diagnostikasi, korreksion dasturlar ishlab chiqish.Usullar: Geografik ma’lumot tibbiy hujjatlar tahlili, bolalarni kuzatish, suhbat vositasida tekshiruvdan о‘tkazish, nutqiy nuqsonlarni aniqlash (fonetik, leksik, grammatik nuqsonlar) va nevrologik simptomatikani belgilash, natija beruvchi planni ishlab chiqish. - Blok - korreksion. Maqsad: korreksion jarayonning uyg‘unlashuvi ichki oilaviy krizis (tanglik) ni yengish; ta’lim motivining tushunish sferasining kengaytirilishi; ziddiyatni yо‘qotish; ota-ona orqali egallangan nuqtai nazar va shartlarni о‘zgartirish, ota-onalarga bolalar bilan muloqotning yangi shakllariga о‘rgatish.Korreksion blok 2 bosqichni о‘z ichiga oladi: tayyorlov bosqichi, uning maqsadi-korrekion ish uchun sharoitni yaratish, о‘z-о‘ziga ishonch tuyg‘usini kuchaytirish, artikulyatsion apparatni tayyorlov, fonematik eshitishni о‘rgatish, о‘z- о‘zini nazorat, nutqiy nafas olishni shakllantirish; asosiy bosqich quydagilarga qaratilgan: nutqiy nuqson korreksiyasi mustaqil nutqga tovushlarni qо‘yish, avtomatlashtirish, leksik-grammatik kotegoriyalar ustida ishlash. Bolada о‘z-о‘ziga ishonish, sog‘lomlik tuyg‘usi paydo bо‘ladi. Nutq korreksiyasi bilan parallel ravishda shaxs korreksiyasi yuz beradi. Uslublar: Bolalar uchun individual va guruh korreksiyasi metodikasi, ota-ona korreksiyasining guruhiy metodikasi, «Ota- onalar seminari», bolalar bilan ota-onalarning birgalikdagi darslari metodikasi. Blok - baxolovchi, nazorat kiluvchi. Maqsad: nutqiy va shaxs sifatidagi rivoji dinamikasini baholash; barqarorlik darajasi, retsidivlarning yо‘qligi.Uslublar: Ota-onalar hisoboti, qayta tekshiruv, birlamchi takroriy tekshiruv natijalarining qiyosiy taxlili. Nutq kommunikatsiyasi darajasini о‘rganish. Metodik kо‘rsatmalar. Bolalarning kommunikativ muloqotlarini о‘rganish uchun ularning erkin muloqoti davrida kuzatuv о‘tkaziladi. Kuzatuv jarayonida muloqot harakteriga tashabbuskorlik, dialogga kirishuv qobiliyati, suhbatni olib borish, ham suhbatni eshitish, tushunish, о‘z fikrini aniq ifodalan qobiliyatiga e’tibor qaratiladi. Download 107 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling