Kommunikativ malakani baholash quydagi meyorlarni hisobga olgan holda о‘tkaziladi.
.
1-jadval
-
Bolalarning kommunikativ malakalarini baholash mezonlari
|
Balda baholash
|
Nutq
kommunikatsiyasi darajasi
|
Bola muloqotda faol, eshitishni va nutqni tushunishni biladi, vaziyatni hisobga olgan holda muloqotga kirishadi, kattalar va bolalar bilan oson muloqotga kirishadi, о‘z fikrlarini aniq va ketma-ket bayon qiladi, nutqiy etiket shakllariga amal qiladi.
|
3
|
Yuqori
|
Bola nutqni eshitadi va tushunadi, muloqotda qatnashadi (kо‘pincha boshqalarning tashabbusiga kо‘ra), nutqiy etiketga amal qilish qobiliyati barqaror emas.
|
2
|
О‘rta
|
Bola faol emas, pedagoglar bilan muloqotda kamgap e’tiborsiz nutqiy etiketdan kam foydalanadi, о‘z fikrini ketma-ket bayon etish ularning mazmunini aniq bera olmaydi.
|
1
|
Past
|
Bolalarning bog‘langan nutqi bosqichini о‘rganish.
Metodik kо‘rsatmalar.
Bog‘liq nutq darajasini о‘rganish uchun «Matnni qayta sо‘zlab berish» metodikasidan foydalaniladi. Bolalarga katta bо‘lmagan notanish hikoya yoki ertakni eshitish taklif qilinadi. Bolalarning qayta gapirib berishi yozib olinadi va quydagi kо‘rsatkich asosida taxlil etiladi. (2-jadval).
2-jadval.
-
Matnni tushunish
|
Bola asosiy fikrini tо‘g‘ri ifodalay oladimi.
|
Matnni tuzish
|
Qayta sо‘zlab berish matnini aniq va ketma-ket qurish qobiliyati.
|
Leksika
|
Matn leksikasini qо‘llashning tо‘liqligi, muallifning ifodaviy materiallarini о‘ziniki bilan almashtirish
|
Grammatika
|
Gap tuzishning tо‘g‘riligi, qо‘shma gaplarni qо‘llash qobiliyati.
|
Nutq ravonligi
|
Qayta - gapirish jarayonida pedagog tarafidan aytib turish holatining mavjudligi yoki mavjud emasligi, matnni qayta о‘qish zarurati.
|
Har bir kо‘rsatkich alohida baholanadi. Matnni qayta aytib berishning eng yuqori bahosi - 10 ball, 2 ball - tо‘g‘ri aytib berish; 1 ball - matndan ahamiyatsiz darajada chetga chiqish, grammatik xatolar, uzun pauzalarning yо‘qligi, aytib berishlarning kamligi;
0-ball - notо‘g‘ri qayta aytib berish. Matn tuzilishining buzilishi. Matn tuzilmasining nuqsoni, leksikaning kambag‘alligi, pauzalarning kо‘pligi, aytib berib turishga muxtojlik.
Shunday qilib, 10 ball baholash matnni aytib berishning yuqori darajasini kо‘rsatadi, 5 ball о‘rta darajani, 5 balldan past baho - past darajani kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |