Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Profaza II da xromosomalar yaxshi farqlanadi. Bir-biridan uzoqlashayotgan xromatidalar hali ajralmagan tsentromera bilan ulangan bo’ladilar. Metafaza II


Download 160.57 Kb.
bet4/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Profaza II da xromosomalar yaxshi farqlanadi. Bir-biridan uzoqlashayotgan xromatidalar hali ajralmagan tsentromera bilan ulangan bo’ladilar.
Metafaza II da xromosomalarning qo’sh strukturasi yaxshi ifodalangan bo’ladi. Xromosomalar o’z tsentromeralari bilan ekvator tekisligidan joy oladi.
Anafaza II da tsentromeralarning ajralishi ro’y beradi va har bir xromatida mustaqil xromosomaga aylanadi.
Telofaza II da xromosomalarning qutblarga tarqalishi poyoniga yetadi va tsitokinez boshlanadi. SHunday qilib, birinchi meyoz bo’linishida xromosomalar soni gaploid bo’lgan ikkita yadro hosil bo’ladi; shu sababli meyozning birinchi bo’linishi reduktsion bo’linish deyiladi
Ikkinchi bo’linishda esa har bir yangi yadro yana bo’linadi, ammo endilikda xromatidadan hosil bo’lgan xromosoma ajraladi, shu sababli mitoz tipida bo’ladigan ikkinchi bo’linishni ekvatsion bo’linish deb ataladi. Binobarin, meyoz bo’linishga kirishgan har bir hujayra ketma-ket ikki bo’linishdan so’ng gaploid sondagi xromosomaga ega bo’lgan to’rtta hujayra hosil bo’ladi. Organoidlar meyozda mitozda bo’lgani kabi hujayralar o’rtasida tasodifan taqsimlanadilar. Organizmlarning jinssiz ko’payishi vaqtida irsiy axborotning bir hujayra avlodidan keyingi avlod hujayrasiga o’tkazilish mexanizmi – mitozni jinsiy ko’payish vaqtidagi ana shunday mexanizm bo’lgan meyoz bilan o’zaro taqqoslash 5-jadvalda keltirilgan.
Xromosomalar faoliyati hujayraning mitoz va meyoz bo’linib ko’payishlari – yangi avlod hujayralar hosil qilinishi jarayonida amalga oshiriladi. SHu sababli har ikki bo’linishning biologik ahamiyati katta.
Mitozning biologik ahamiyati:
1. Mitoz o’sib rivojlanayotgan organizmning tana hujayralari hamda vegetativ yo’l bilan ko’payishni ta’min etuvchi hujayralarda namoyon bo’ladi.
2. Mitoz bo’linish natijasida hosil bo’lgan har ikki hujayralarda xromosomalar soni o’zgarmay, boshlang’ich hujayradagidek diploid (2n) holatda saqlanib qoladi.
3. Mitoz organizmlar ontogenezi jarayonida yangi hujayralar miqdorining jadallab osha borishi orqali ularning o’sib rivojlanishi, voyaga yetishini ta’min etadi.
4. Mitoz tufayli organizm ontogenezi davomida nobud bo’lib ketgan hujayralarning o’rni yangi hujayralar bilan to’ldiriladi, har xil sabablarga binoan jarohatlangan to’qima va organlar uning yordamida regeneratsiya qilinadi. Lekin hujayraning mitoz bo’linishi jinsiy ko’payish jarayonida xromosomalar sonining doimiyligini ta’min eta olmaydi.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling