Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati
Download 160.57 Kb.
|
Ma\'ruza № 15
Spermatogenez. Spermatotsit I meyozni boshidan kechiradi. Hayvonlarda meyozning bo’linishini yetilish bo’linishi deb ham ataladi. Yetilish davrida birinchi bo’linish natijasida ikkinchi tartibli (spermatotsit II) spermatotsitlar hosil bo’ladi. Ular gaploidli bo’ladilar. Yetilishning ikkinchi bo’linishidan so’ng har bir spermatotsit II dan ikkita hujayra hosil bo’ladi. Bu hujayralar spermatidlar deb ataladi.
SHunday qilib, spermatotsit I ning bitta diploidli hujayrasidan ikki meyotik bo’linish natijasida to’rtta gaploidli spermatidlar hosil bo’ladi. SHakllanish bosqichida spermatidlarning spermatozoidlarga aylanishi spermiogenez deb ataladi. Unda yadro va tsitoplazmaning barcha elementlari qatnashadi. Yetilgan spermatozoidning boshchasi, bo’yni va dumi bo’ladi. Oogenez. Urg’ochi jinsiy hujayra – tuxum hujayraning rivojlanishi oogenez deb ataladi. Uning rivojlanish printsipi spermatogeneznikiga o’xshaydi ammo jiddiy farqi ham mavjud. Birinchidan, birinchi tartibli ootsitlarning (ootsit I) o’sish bosqichi spermatotsit I ning o’sish bosqichiga nisbatan uzoq davom etadi. Bu davrda ootsitda – bo’lg’usi tuxum hujayrada oziqa moddalar to’planadi. Ikkinchidan har bir ootsit I da ikki meyotik bo’linish natijasida to’rtta ootidlar hosil bo’lsa-da, ulardan faqat bittasi (tuxum hujayra) keyingi rivojlanish va urug’lanishga layoqatli bo’ladi. Qolgan uchta gaploid xromosomali tsitoplazmasi kam bo’lgan ootidlar mustaqil yetuk hujayralarga aylana olmaydilar. Ularning hosil bo’lishi quyidagicha. Yetilishning birinchi bo’linishidan so’ng (ootsit II bundan mustasno) birinchi yo’naltiruvchi (qutbiy) tanacha hosil bo’ladi. Yo’naltiruvchi tanacha bo’linib ikkita ootidlar hosil qiladi. Yetilishning ikkinchi bo’linishi natijasida tuxum hujayra va ikkinchi yo’naltiruvchi tanacha, ya’ni uchinchi ootid hosil bo’ladi. SHunday qilib, oogenez jarayonida ikki meyotik bo’linish natijasida to’rtta hujayra hosil bo’lib, ulardan faqat bittasigina tuxum hujayraga aylanadi. Bu jinsiy ko’payishda irsiylanish qonuniyatlarini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayd qilinganidek, meyoz jarayonida ota va ona xromosomalarining har xil kombinatsiyali hujayralari hosil bo’ladi, oogenez natijasida esa faqat bitta hujayra, ya’ni hosil bo’lgan barcha kombinatsiyali hujayralardan faqat bittasi hayotchan bo’lib chiqadi. Download 160.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling