Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Har xil organizmlar ontogenezi haqida


Download 160.57 Kb.
bet11/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Har xil organizmlar ontogenezi haqida
Ontogenez har bir individning uning qaysi sistematik guruhga mansubligidan qat’iy nazar ajralmas xossasi hisoblanadi. Har xil turlarga kiruvchi organizmlarning ontogenezi uning davomiyligi, tezligi, tabaqalanish xarakteri bilan bir xil emas. Odatda ontogenez embrional va postembrional davrlarga bo’linadi. Hayvonlarda embrional davrda tabaqalanishning kuchli ekanligini, o’simliklarda esa bu jarayonning postembrional davrda ko’proq kuzatilishini ko’ramiz. Ontogenezning har bir davri o’z navbatida sifat jihatdan farqlanuvchi bir qancha ketma-ket bo’ladigan kichik davrlarga bo’linadi. Ontogenez to’g’ri rivojlanish hamda metamorfoz yo’li bilan bo’ladigan rivojlanish bilan boradi.
Tirik tabiatda organizmlarning shaxsiy rivojlanish shakllari xilma-xil bo’lib prokariot, zamburug’lar, eukariot organizmlarda ontogenez jarayoni turlicha boradi. Organizmlarning ko’p hujayralilikka o’tishlari bilan ontogenez o’zining shakli va vaqtga nisbatan uzayishi kabi murakkablanishlar kuzatiladi.Ontogenez evolyutsiyasi jarayonida irsiy axborotni amalga oshirishning takomillashgan usulining paydo bo’lishi bilan rivojlanishning hatto soddalashishi ham kuzatiladi. Evolyutsiyaning borishi jarayonida o’simlik va hayvonlarda rivojlanishning murakkab tsikli paydo bo’lib, har bir bosqich muhitning ma’lum sharoitlariga moslashgan bo’ladi. Ba’zan evolyutsiya jarayonida hayot tsiklining ikkilamchi soddalashuvi sodir bo’ladi va u bilan bog’liq holda butun ontogenetik rivojlanish jarayon sifat jihatdan o’zgaradi. Bunga misol qilib rivojlanishning gaploid fazasidan diploid fazasiga, metamorfoz rivojlanishdan (amfibiyalarda) to’g’ri rivojlanishga (reptiliya va boshqa yuqori umurtqalilarda) o’tishini ko’rsatish mumkin. To’g’ri rivojlanishda yangi tug’ilgan hayvon bolasi tuzilma darajalari bo’yicha ota-onalariga o’xshash bo’ladilar, faqat kichikligi bilan farqlanadi.
Metamorfoz yo’lda boradigan rivojlanish qator lichinkali bosqichlar orqali boradi: tuxumdan lichinka chiqadi, bu lichinka murakkab o’zgarishlar natijasida voyaga yetgan individlar tuzilma darajasiga ega bo’ladi. Metamorfoz rivojlanishdan to’g’ridan-to’g’ri rivojlanishga o’tish - Yerda hayot evolyutsiyasining keyingi bosqichlarining eng muhim natijasidir.
O’simliklar ontogenezi o’ziga xos tarzda boradi. Birinchidan, o’simlik-larning embrional rivojlanishida tabaqalanish kuchsiz ifodalangan, ikkinchidan - hayot tsikli davomida hayotiy formalarning bir necha marta almashinishi kuzatiladi.
Gulli o’simliklarda ontogenez quyidagi davrlardan iborat bo’ladi:

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling