Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Individual rivojlanish genetikasi nimani o’rganadi?


Download 160.57 Kb.
bet10/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Individual rivojlanish genetikasi nimani o’rganadi?
Evolyutsion o’zgarishlar nafaqat turlarning paydo bo’lishi va o’lishi bilangina emas, balki organlarning yangilanishi, ontogenetik rivojlanishdagi qayta yangilanishlar bilan ham uzviy bog’langandir. Organizmning rivojlanishi yakka diploid yadroga ega bo’lgan zigotadan boshlanadi. Ushbu zigota mitotik ravishda bo’linib, yadrolarga ega bo’lgan kichik hajmdagi ko’p sonli hujayralarni hosil qiladi. Ularning bir qismi birlamchi bosqichlarda ajralib jinsiy hujayralarni, yoki gametalarni hosil qiluvchi gonadalarga aylanadi. Aynan ushbu gametalarda ma’lum turning to’liq genetik axboroti mujassamlangandir. Bu genetik axborotning individual (shaxsiy) rivojlanishda amalga oshirilishi va organizmning turli to’qimalari, organlari ketma-ket yaratilishining genetik material tomonidan nazorat qilinishi ontogenetika yoki individual rivojlanish genetikasining mazmunini tashkil qiladi.
Ontogenez deb organizmlarning tuxumning urug’lanishi yoki tuxum rivojining faollashuvi paytidan boshlab to tabiiy o’limiga qadar bo’ladigan rivojlanish davriga aytiladi. Tuxum hujayra hamda spermato-zoidlar tayyor belgilarga ega bo’lmasdan, faqat tashqi va ichki muhitning ma’lum sharoitlarida amalga oshadigan ko’p hujayrali organizmlarning rivojlanish dasturiga egadir. Individual rivojlanish genlarning o’ziga xosligi, ular faoliyatining vaqti, joyi va izchilligi dasturlangan genotip tizimi bilan belgilanadi. Ontogenez organizmlar rivojlanishining aynan ana shu dasturning amalga oshadigan jarayonidir. Ontogenezsiz hayot evolyutsiyasini tasavvur qilish mumkin emas. Ontogenez filogenez bilan chambarchas bog’liq. Filogenez ma’lum sistematik guruhlarning tarixiy rivojlanishidir. Ontogenezdagi ayrim individlarning o’zgarishisiz filogenezni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ontogenez bu genotipda mustahkamlangan tur tarixining aksi va oqibatidir.
Ontogenezning irsiy asoslarini o’rganadigan genetika fanining bo’limi ontogenetika yoki fenogenetika deb ataladi.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling