Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati
Ontogenez muddatining davomiyligi
Download 160.57 Kb.
|
Ma\'ruza № 15
Ontogenez muddatining davomiyligi.
Har xil tiplar, sinflar va turkumlarga kiruvchi organizmlar ontogenezi muddatining davomiyligi turlicha. Bu - turning eng muhim xususiyati. Bir hujayrali organizmlarda ontogenez qiz hujayralarning hosil bo’lishi bilan tugallanadi, morfologik jihatdan o’lim qayd etilmaydi. Zamburug’lar, o’simliklarda har xil organlarning qarishi notekis ravishda sodir bo’ladi. Quyidagi jadvalda ayrim turlar ontogenez muddatining davomiyligi keltirilgan. Hayvon va o’simliklar ontogenezida bir qator asosiy jarayonlar: o’sish, to’qimalarning tabaqalanishi, morfogenez, ya’ni organ va belgilarning shakllanishi amalga oshadi. Bu jarayonlarning amalga oshishida ya’ni organizmlarning individual rivojlanishida ontogenezni boshqaruvchi genlarning rolini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Prokariot va bir hujayrali eukariotlarda gendan to belgiga qadar bo’lgan yo’l juda qisqa, barcha irsiy belgilar bevosita hujayrada mavjud bo’lgan genlar tomonidan belgilanadi. Aksariyat ko’pchilikni tashkil etuvchi ko’p hujayrali organizmlarda, shu jumladan barcha yuksak o’simliklar, hayvonlar va odamda gendan to belgiga qadar bo’lgan yo’l uzunroq va murakkabroqdir. Ularning morfologik va biokimyoviy belgilari qator avlodlar davomida o’zaro ko’plab munosabatlarda bo’ladigan hujayralarning aktiv holatda bo’ladigan har xil xossalarga ega bo’lgan genlarining faoliyatiga bog’liqdir. Ayrim turlar ontogenezining davomiyligi
Download 160.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling