Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Download 160.57 Kb.
bet16/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Ontogenezni boshqarish
Ma’lumki, har bir organizmning genotipi o’zaro bog’langan genlarning ma’lum tizmasi yoki irsiylanadigan genetik tuzilmadir. Fenotip esa organizmning belgi, xossa va xususiyatlarining tizmasi bo’lib, tashqi muhitning ma’lum sharoitlarida genotipning amalga oshganligining natijasidir. Barcha genotipik imkoniyatlar fenotipda amalga oshavermaydi. Har qaysi organizmning fenotipi rivojlanishda yuzaga kelgan ma’lum sharoitlarda genotip namoyonining xususiy alohida hodisasidir. Genotipning fenotipda namoyon bo’lishi rivojlanish o’tayotgan tashqi muhitning konkret sharoitlari bilan cheklanadi. Genotip va fenotip orasidagi farq doimo inobatga olinishi kerak, chunki ular orasidagi muvofiqlik bir xil ma’noni kasb etmaydi. Buning sababi shundaki – fenotip bu genlarning o’zlari orasidagi hamda ularning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarining murakkab natijasidir. Organizm umri davomida uning fenotipi o’zgarishi mumkin, ammo genotipi o’zgarmasdir. Ko’plab kuzatish va tajribalar har qanday sharoitlar uchun yagona genotipning bo’lmasligini ko’rsatdi.
Har xil moddalarning sintezlanish vaqti va izchilligini, biokimyoviy reaktsiyalarning yo’nalishi va o’tish tezligini genotip belgilaydi. Keyin ular esa zanjirli jarayon tartibida organizmning u yoki bu belgi, xususiyatlari tariqasida amalga oshiriladi. Organizm kabi hujayralar ham muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashish qobiliyatiga egadir. SHuning uchun genotipning amalga oshirilishi o’zgaruvchan bo’lib muhitning konkret sharoitlariga moslashish tariqasida o’tadi. Ma’lum genotipning muhitning o’zgarayotgan sharoitlariga bog’liq holda ontogenez o’zgaruvchan-ligini ma’lum chegaralarda ta’minlab berish xususiyati reaktsiya normasi orqali amalga oshiriladi. Konkret olingan genotipning qaysi fenotipi namoyon bo’lishi rivojlanish sharoitlariga bog’liqdir. SHu sababdan har qanday genotipning to’liq reaktsiya normasi noaniqdir, chunki bunday to’liq reaktsiya normasini aniqlash ushbu genotipdan barcha mumkin bo’lgan rivojlanish sharoitlar variantlarida fenotipik turli-tumanligini belgilashni nazarda tutadi, vaholanki bunday variantlar soni cheksizdir.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling