Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Penetrantlik va ekspressivlik


Download 160.57 Kb.
bet17/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Penetrantlik va ekspressivlik
Gen va allellarining ta’sirini tahlil qilar ekanmiz nafaqat genlarning o’zaro ta’sirini, shuningdek, gen-modifikatorlarning faoliyatini, balki organizm rivojlanadigan muhit ta’sirini ham hisobga olish lozim bo’ladi. Ma’lumki, xitoy navro’zguli 150-250S haroratlar oralig’idagi sharoitda rivojlansa gulining qizil (P-) - oq (pp) ranglari monoduragay tarzda irsiylanadi. Agarda F2 o’simliklari 300-350S li sharoitda o’stirilsa, u holda gultoj barglarning barchasi oq rangda bo’ladi. Basharti F2 o’simliklari 30oS harorat atrofida rivojlansa turli xil 3P-: 1pp dan tortib 100% oq gulligacha bo’lgan nisbatlar olinadi. Tashqi muhit sharoiti yoki genotipik muhit sharoiti (S.S.CHetverikov genotipning gen-modifikatorlar bo’yicha o’zgarishini shunday deb atagan edi) ga bog’liq holda ajralishda kuzatiladigan sinflarning bunday o’zgaruvchan nisbati o’zgaruvchan penetrantlik deb ataladi. Bu tushuncha orqali tadqiq qilinayot-gan genotipik omil bo’yicha bir xil bo’lgan organizmlarda belgining namoyon bo’lish yoki bo’lmaslik imkoniyatlari tushuniladi. Penetrantlik o’rganilayot-gan gen bo’yicha bir xil genotipga ega bo’lgan barcha individlar ichida tadqiq qilinayotgan belgi namoyon bo’lgan individlar ulushida o’z ifodasini topadi. Belgining namoyon bo’lishlik darajasi tashqi muhit va gen – modifikatorlarga ham bog’liq bo’ladi. Ehtimol kutilgan fenotip namoyon bo’lgan individlarda shu fenotipning namoyon bo’lishlik darajasini ekspressivlik deb ataladi. D.melanogaster da dominant mutatsiya Lobe ko’z kattaligining kichraygan holati bilan xarakterlanadi. Bu genning penetrantligi -75%, ya’ni faqat 75% individlar L geniga ega bo’lib, redu-tsirlangan ko’z shakliga ega. Qolgan 25% individlar normal ko’zga egadirlar. SHu bilan birga L geni uchun o’zgaruvchan ekspressivlik xarakterli, ya’ni 75% redutsirlangan ko’zli individlarda ko’zning redutsirlanish darajasi har xil.
Penetrantlik va ekspressivlik tushunchalari gen namoyon bo’lish-ligining o’zgaruvchanligini tasvirlash uchun 1925 yilda N.V.Timofeev-Resovskiy tomonidan taklif etilgan.
Organizm mazkur genotipi belgisining namoyon bo’lish yo bo’lmas-ligining sharoitga bog’liqligi yoki muhitning har xil sharoitlarida o’zgari-shi shundan dalolat beradiki fenotip – bu organizm yashash muhitining kon-kret sharoitida genlarning ta’siri (va o’zaro ta’siri) ning natijasidir.
Muhitning har xil sharoitlarida genotipning u yoki bu shaklda namoyon bo’lishi uning reaktsiya normasini belgilaydi. Demak, reaktsiya normasi – bu organizmning genotipik belgilanadigan tashqi muhit sharoitlariga bog’liq holda belgilarning namoyon bo’lish darajasini ma’lum oraliqlarda (chegaralarda) o’zgartirish qobiliyatidir. Genotipning reaktsiya normasini tajribalarda, hamda yangi formalarni yaratishda inobatga olish lozim. Belgining o’zgarishsiz namoyon bo’lishi ma’lum ta’sirlarning reaktsiya normasiga deyarli beahamiyatligini ko’rsatadi, lekin organizmning nobud bo’lishi yoki hayotchanligining sustlashishi bu ta’sirlar reaktsiya normasi chegaralaridan oshib ketganligining dalolatidir.
SHunday qilib, yuqorida bayon etilganlardan shu narsa ayon bo’ladiki, genotip o’zaro ta’sirotda bo’ladigan genlarning tizimi bo’lib uning fenotipik namoyon bo’lishi genotipik muhit sharoitlari va yashash sharoit-lariga bog’liq bo’ladi. Faqat mendelcha tahlil printsiplaridan foydalangan taqdirdagina bu murakkab tizimni shartli ravishda elementar belgilarga –
fenlarga ajratish va shu tariqa genotipning ayrim diskret birliklarini – genlarni identifikatsiya qilish mumkin.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling