Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Genetik jarayonlarning tizimli nazorati


Download 160.57 Kb.
bet18/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Genetik jarayonlarning tizimli nazorati
Hozirga qadar ontogenezning genetik determinatsiyasi to’g’ri va bir tomonlama bog’liqlikda: gen – belgi – organizm tariqasida qarab kelindi. Bir qancha marta qayd etilganidek jinsiy va somatik hujayralarda ro’y beradigan genetik jarayonlar avtonom, ya’ni alohida ajralgan emaslar, ular organizm bilan yaxlit birbutun bog’langanlar.
Genetikada anchadan buyon teskari bog’liqlikni organizm – belgi – gen isbotlovchi dalillar ham yig’ilib kelmoqda. Organizm tizimining genetik jarayonlarga ta’sirini isbotlovchi ko’pgina dalillar yig’ilgan. Bularga tsitoplazma strukturasi va metabolitlariga bog’liq holda genotipning fenotipda ifodalanishi, genotip reaktsiya normasining namoyon bo’lishligining tashqi muhit omillariga bog’liqligi, krossingover va mutatsiyalarning sodir bo’lishlik darajasining organizm yoshiga, jinsiga hamda fiziologik holatiga bog’liqligi va boshqalar kiradi.
Ko’p hujayrali organizm murakkab tizim bo’lib, undagi to’qimalarning har bir hujayrasi nafaqat genotip, balki unga mos o’sha muhit nazoratlari ostida bo’ladilar. Ushbu muhit ham genotip bilan shartlangan tizimdir. Misol keltiramiz: yakka hujayra in vitro muhitiga kiritilganda uning bo’linishi to’xtab qoladi. Ammo bir guruh hujayralar yoki yakka hujayra muhitiga ko’payayotgan kulьturadagi suyuqlik qo’shilsa bo’linish normal holda kechadi. Demak, hujayra bo’linishiga unga o’xshash hujayralar ishlab chiqadigan metabolitlar bo’lishi zarur ekan. Har bir to’qima – bu hujay-ralar populyatsiyasidir, negaki qandaydir me’yorda bu to’qima unda sodir bo’ladigan irsiy o’zgaruvchanlik jarayonlari evaziga bir xil emas. Bundan tashqari, bir to’qima hujayralari bir vaqtning o’zida mitotik tsiklning har xil bosqichlarida bo’lishi mumkin. CHamasi, organning funktsional faoliyati evaziga uning hujayra va to’qimalari butun bir organizmning faoliyati bilan boshqariladigan tizimdir. Yuqorida keltirilgan hujayralarning in vitro kulьturasida organizm tomonidan qilinadigan nazorat yo’q qilingan va buning evaziga bunday hujayralar populyatsiyasida irsiy o’zgaruvchanlik ma’nosidagi o’zgarishlar ko’proq sodir bo’ladi. Ularda ploidligi, xromoso-mali qayta tuzilishlar, biokimyoviy va morfologik mutatsiya har xil bo’lgan hujayralar ko’p miqdorda hosil bo’ladi.
Xulosa: Genetik jarayonlarni tizimli nazorat qilishni o’rganishning asosiy yo’nalishlaridan biri – oqsilni sintezlash genetik mexanizmiga gormonlar ta’sirini o’rganishdir. Gormonlar mitotik aktivlikka stimullashtiruvchi ta’sir ko’rsatadilar va genlar aktivligini boshqaradilar. Taxmin qilinishicha, steroid gormonlar iRNK sintezini nazorat qiluvchi repressorning effektini yo’qqa chiqaradi, natijada bu iRNK gen-regulyator nazoratidan chiqadi va o’ziga xos oqsillarning sintezining yo’nalishi o’zgaradi.
Genetik jarayonlarning tizimli nazorati ham hujayra, ham organizm darajasida amalga oshadi. Bu sohada ham ko’p no’malum narsalar mavjud, ammo yakka hujayradagi va birbutun organizm tizimida bo’lgan hujayradagi oqsillarning sinteziga o’ziga xos omillarning ta’sirini o’rganib gen fao-liyatini tahlil qilishda yangicha yondashish yo’llarini topish mumkin bo’ladi.
SHunday qilib, ontogenez jarayonining borishida rivojlanishning kritik davrlari va stadiyalarida tabaqalanish sodir bo’lishida diskretlik kuzatiladi. Ontogenez jarayonida genotipning amalga oshirilishi tizimli (organizm darajasida) nazorat asosida yuz beradi.
Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling