Mavzu: robotlashtirilgan texnologik komplekslar
Konstruktiv-texnologik alomatlari bo`yicha sanoat robotlari ikki gruppaga
Download 99.86 Kb.
|
Mavzu robotlashtirilgan texnologik komplekslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi gruppa
- Qo`zg‘aluvchan sanoat robitining
Konstruktiv-texnologik alomatlari bo`yicha sanoat robotlari ikki gruppaga:
Ko`tarish-tashish robotlariga; Ishlab chiqarish robotlariga bo`linadi. Birinchi gruppaga yuklash-bo`shatish va ombordagi tashish operatsiyalarida foydalaniladigan robotlar kiradi. Ikkinchi gruppa robotlari bevosita texnalogik protsessda qatnashadi. Mexanik ishlov berishda, odatda, ko‘tarish-tashish robotlaridan foydalaniladi. Ular yordamida quyidagi zagatovkani stanokka o`rnatish va undan olish, zagatovkalarning stanokka to`g‘ri bazalanganligi tekshirish, qirquvchi asbobni stanokka o`rnatish va almashtirish, detal yoki idishlarni taxlash, avtomatlashtirilgan omborlarga xizmat ko`rsatish, detallarni dastgohdan stanokka tashish, tsex ichida tashish ishlarini bajarish, termik ishlov berish xamda joylash kabi operatsiyalar avtomatlashtirilishi mumkin. Sanoat robotlaridan foydalanish uchun datsgox, detallarining konstrutsiyasiga va qo`shimcha jixozlarga, shuningdek uchastkaning planerovkasiga ba’zi talablar qo`yiladi. Masalan, bazalash va qamrash uchun oddiy tipdagi detallarni yuklash operatsiyasini sanoat robotlari yordamida avtomatlashtirish tavsiya qilinadi. Detalning massasi 500 kg dan oshmasligi zarur. Odatda unversal stanoklarning mavjud konstruksiyalari robotlardan foydalanishga uncha moslashmagan bo`ladi. Qo`zg‘aluvchan sanoat robitining uning stoykasi polga maxkamlangan qo`zg‘aluvchi yo`naltiruvchilarda xarakatlanadi. Stoykaga gorizontal vaziyatda manipulyator o`rnatilgan. Ish siklining ijrosiga qarab sanoat roboti quyidagi xarakatlarni bajaradi: butun qurilmani yo`naltiruvchilar bo`yicha suradi (koordinata X), manipulyatorni vertikal suradi (kordinata V), manipulyatorni gorizontal suradi (kordinata ), manipulyatorni gorizontal tekislikda buradi (kordinata S), qamragichni qo`lga nisbatan suradi (kordinata ), qamragichni qisib keradi. Qo‘zg‘aluvchanlik darajalarining umumiy soni yettita. Surilishlar izchilligi va kattaligi shtekerli panel va perekluchatellar sistemasi orqali beriladi. Robot pozitsion yoki kontor usulda boshqarilishi mumkin. “Qo‘l” 900 mmsoat tezlik bilan gorizontal yo`nalishda 100 mm gacha, vertikal yo`nalishda esa 750 mm gacha surilishi mumkin. O`rnatish aniqligi 0,5mm. Manipulyatorning maksimal burilishi 90 gradmin tezlikda 240. Gorizontal surilish tezligi 450 mms. Qo`l ning uzunligi 1100 mm gacha bo`lganda yuk ko`tarish quvvati 60 kg gacha. Qo`lning uzunligi 1400 mm bo`lgan maxsus konstruksiyali robot 48 kg gacha yuk ko`tarishi mumkin. Download 99.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling