Mavzu: robototexnika va uning qurilmalari
AVTOMOBILSOZLIKDA ROBOT VA ROBOT TEXNIKASINING ISHLATILISHI VA RIVOJLANISHI
Download 123.63 Kb.
|
Robot
AVTOMOBILSOZLIKDA ROBOT VA ROBOT TEXNIKASINING ISHLATILISHI VA RIVOJLANISHI
Hozirgi vaqtda avtomobilsozlikda robotlar boshqa sohalarga qaraganda, ko‘proq ishlatiladi, chunki bu sohadagi qator opera-tsiyalar inson sog‘lig‘i uchun zararli va xavfli hisoblanadi. Avtomobilsozlikdagi zararli va xavfli operatsiyalarga pay vandlash, bo‘yash, yig‘ish, germitasiyalash, issiq detallami tashish operatsiyalari kiradi. Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search ASIMO, zamonaviy odamsimon robot. Robot (chexcha: robota — „mehnat“) — sunʼiy mexanik qurilma. U, odatda, elektromexanik tizim boʻlib, odam mehnatini bajaradi. Robot soʻzi bilan virtual dasturiy taʼminot agentlariga ham aytilishi mumkin, biroq ularni bot deyish qabul qilingan.[1] Robotni insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina deb ham atashimiz mumkin. Robot terminini birinchi marta 1920-yilda chex yozuvchisi Karel Chapek oʻzining „Robot U. Robot“ pyesasida ishlatgan. Robotlar, asosan, 3 turga boʻlinadi: qatʼiy dastur asosida ishlaydigan Robot, odam (operator) boshqaradigan Robot va sunʼiy intellektli (integralli) Robot Ish bajarish turiga qarab, Robot manipulyatorlar, axborot uzatuvchi Robot, odimlovchi Robot va boshqalarga boʻlinadi. Robotlarning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va boshqa mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. Robotlar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan Robotlar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan Robot, Mas, Robotmanipulyatorda „mexanik qoʻllari“ va tashqi boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P. qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha Robot avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. Robotmanipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. Robotlar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi. Robotlardan foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Mac, Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan Robot"geolog", notani „oʻqib“ elektr gitara chaladigan Robot"mashshoq", Avstraliyada qoʻy junini qirqadigan Robot"sartarosh", AQSH da suv ostida ishlay oladigan Robot"gʻavvos" yaratilgan. Germaniyada esa Robotlar politsiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) Robotlar mashinalarni yigʻishda (ayniqsa, payvandlash ishlarida) qatnashadi. Ixtirochilar avtomobilni boshqara oladigan Robotni yasash bilan shugʻullanishmokda. Bunday Robotning varianti Volkswagen (VW) zdida (Germaniya) yaratilgan. „Klaus“ laqabli ushbu Robot 2000 yilda namoyish qilingan. U boshqa Robotlar kabi 2 qoʻl va 2 oyokdi emas, balki 3 qoʻl va 3 oyoqqa ega. Bu Robot 2002 yilgi koʻrgazmada ham ishtirok etdi, lekin hali amalda qoʻllanilganicha yoʻq. Bunday Robotlar ustida Yaponiyada ham tajribalar olib borilmoqda. „Soni“ kompaniyasi (Yaponiya) sunʼiy intellektli „Aybo“ („Oʻrtoq“) nomli Robotni yaratdi (2004). U uydagi koʻp ishlarni (mebelni surish, oynani artish, telefon jiringlaganda uy egasini chaqirish va boshqalarni) bajaradi.[2] Aynan qanday mashinalar robot, deb atalishi mumkinligi haqida bahslar ketayotgan boʻlsa-da[3][4][5], odatiy robot quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi: Download 123.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling