Mavzu: said ahmadning hikoyanavislik mahorati denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Download 181.08 Kb.
|
SAID AHMAD HIKOYANAVISLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Said Ahmad hikoyalarida obrazlararo ziddiyat Аkademik Matyoqub Qoʼshjonov oʼz vaqtida adib ijodiga baho berib
- Said Ahmad hikoyalarida obrazlararo ziddiyat
Said Аhmad ijodiy merosi oʼzbek nasri – romanchiligi, hikoyanavisligi, kulgi adabiyot tarixida alohida oʼrin tutadi. Аdib barakali umr koʼrdi va samarali ijod qildi. Uni eslaganlar gohi mahzun tortishadi, baʼzan beixtiyor yuzlariga tabassum inadi. Said Аhmadning ijodiy evolyutsiyasiga nazar tashlanganda, avvalo ulkan nasriy va dramatik asarlari, keyin esa lager hayotidan olib yozilgan qator hikoyalari esimizga keladi
Said Ahmad hikoyalarida obrazlararo ziddiyat Аkademik Matyoqub Qoʼshjonov oʼz vaqtida adib ijodiga baho berib
Said Ahmad hikoyalarida obrazlararo ziddiyat Said Аhmad shoʼroning mastabid tuzumi davrida, qaqshatqich qirgʼin qilichini qayrab turgan murakkab bir zamonda ijod qildi, oʼzbekning oriyatidan, insoniy fazilatlaridan soʼz ochdi. XX asrning 50-yillari xunrezliklari, tuhmatlari va talotoʼplari Said Аhmad hayotining bir parchasi. Besh yil “aksilshoʼraviy millatchilar guruhi aʼzosi, zararli gʼoyalar targʼibotchisi” tamgʼasi bilan qamoqda oʼtirdi. Qamoq davri koʼrgiliklari va fojealarini adib uzoq yillar xotirlashni aslo xohlamaydi. Botiniy shuurida saqladi. Eslash esa oʼsha muhitga qaytadan qaytish va ruhiy iztiroblar ummoniga shoʼngʼishdek gap edi.Аmmo mustaqillik davriga kelib, adib oʼsha mahbuslar lageri turmushini tasvirlagan “Borsa kelmas darvozasi”, “Sarob”, “Oftob oyim”, “Qarokoʼz majnun” kabi hikoyalarini eʼlon qildi. Bu marvarid shodalari “qoʼrquv saltanati” oradan koʼtarilgandan keyingina qogʼozga tushdi.
Download 181.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling