Mavzu: san'at turlari


Download 264.42 Kb.
bet1/13
Sana31.01.2024
Hajmi264.42 Kb.
#1817628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sanat-turlari


Mavzu: SAN'AT TURLARI
Reja
1.Me’morchilik va tasviriy san’at
2. Haykaltaroshlik va amaliy bezak san’ati
3.Naqqoshlik va xattotlik, notiqlik san’atlari
4. Ganchkorlik,musiqa , maqom, qo’shiqchilik va raqs san’atlari
5. Badiiy adabiyot va aralash san’at turlari


San'at turlari — san'at mavjudligining tarixan tarkib topgan barqaror shakllaridir. Biz endi san'at voqelikni inson tomonidan aks ettirishning alohida shakli, ijtimoiy ongning alohida shakli ekanligini bilib oldik. San'atning umumiy qonunlari va xususiyatlari bilan tanishdik, uning voqelikni badiiy obrazlarda aks ettirishini bildik, san'atning ijtimoiy vazifasi, uning boshqa xususiyatlari va o'ziga xosligi haqida tasawur hosil qildik. Endi san'atning o'z ichida mavjud bo'lgan xilma-xilliklarini qarab chiqaylik. San'at badiiy adabiyot, me'morchilik, haykaltaroshlik, tasviriy san'at, grafika, musiqa, teatr, kinematografiya, xoreografiya (raqs san'a-ti), dekorativ-amaliy san'at va boshqa turlarga bo'linadi.
San'atning turlari ko'pligiga sabab, insonning san'at qondirishi lozim bo'lgan estetik ehtiyojlari har xil ekanligida, tashqi dunyo-ning ko'p qirralihgida, inson idrokining o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligida, voqelikning o'zi xilma-xil va rang-barangligidadir. Ulardan har biri hayotning biror muayyan tomoninigina bir-biriga nisbatan yaxshiroq aks ettira olishi mumkin. Ba'zan hayotdagi ayni bir hodisa san'atning har xil turlarida aks ettirilgan bo'lishi mumkin. Ammo bu bir-birmi takrorlash emas, chunki san'atning har bir turi ayni bir hodisani o'ziga xosligidan kelib chiqib, aks ettiradi. Masalan, Ikkinchi jahon urashi haqida ko'plab roman va she'rlar yozildi, drama va kinofilmlar yaratildi. Rasmlar chizildi, haykallar qad ko'tardi.
Lekin har bir san'at turi o'zining takrorlanmas xususiyatlari bilan ajralib turadi. V.G.Belinskiy aytganidek: «Har qanday san'atning mazmuni — voqelikdir. Binobarin, u xuddi voqehkning o'zidek tuganmasdir». Demakki, uning voqelik singari rang-barang va turli-tuman bo'lishi tabiiydir. Chunki ularning har biri alohida san'at turiga mansubdir. San'at turlari esa bir-biridan doimo farqlanib turadi. Masalan, musiqada — tovush, tasviriy san'atda — rang va chiziq, adabiyotda — so'z, musiqa — eshitish vositasida, kinofilm va spektaklni esa ayni vaqtda ham eshitish, ham ko'rish yo'li bilan idrok etiladi. Bundan tashqari, san'atning turlarga bo'linishining sababi, ularda voqelikning badiiy aks ettirish usuli va vositalarining har xilligi, idrok etish usuli va badiiy obraz yaratishda foydalanilgan materiallarning rang-barangligidadir. Shuningdek," har bir san'atning o'ziga xos obrazlar tizimi, o'zining ifodali vositalari bor. Bundan tashqari, har bir san'at o'z ichida ham tur va janrlarga bo'linadi. Bu esa har bir san'at turini bevosita alohida-alohida ko'rib chiqishni taqozo qiladi. San'at turlari obrazlarning vaqt va makonda rivojlanishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:



  1. Makon san'atiga — me'morchilik, haykaltaroshlik, rassomlik, grafika kiradi.

  2. Vaqt san'atiga — musiqa, badiiy adabiyot kiradi.

  3. Vaqt-makon (qorishiq, aralash) san'atiga — kino, teatr, qolgan barcha san'at turlari kiradi.

Makon san'atlarini, shuningdek, statik san'atlar deb, vaqt san'atlarini dinamik san'atlar ham deb aytiladi. Vaqt-makon san'atlari sintetik san'atdir, chunki ularda badiiy obraz vaqt va makon san'atlari vositalari bilan yaratiladi. U ko'plab san'atkorlar jamoasi kuchi orqali dunyoga keladi. Chunonchi, teatrdagi spek-taklda aktyorlardan tashqari rejissyor, bezovchi rassom, bastakor va boshqa soha mutaxassislari qatnashadi. Kinoda bular qatoriga yana operator, opera, balet va operettada esa dirijyor, baletmeyster va xormeysterlar qo'shiladi.


San'at turlari shu bilan bir-biridan farq qiladiki, ulardan har biri hayotni o'zicha, o'ziga xos usul va vositalar yordamida aks ettiradi. Voqelikni aks ettirish usuli jihatidan san'at turlarining farqi shunday aniqki, hech kirn raqsni surat bilan, me'morchilikni haykaltaroshlik bilan, qissa yoki romanni musiqa asari bilan chalkashtirib yubormaydi.
Bundan tashqari, san'atning har bir turi o'ziga xos qurilish materialiga ega bo'lib, u yordamida badiiy obraz yaratiladi. Me'-morchilikda olamni estetik qayta aks ettirish binolar, inshootlar qurish orqali amalga oshiriladi.

Download 264.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling