Mavzu: san'at turlari


asosan, maishiy turmush ehtiyojlariga xizmat qiladigan narsa, buyumlar yaratadi


Download 264.42 Kb.
bet5/13
Sana31.01.2024
Hajmi264.42 Kb.
#1817628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sanat-turlari

asosan, maishiy turmush ehtiyojlariga xizmat qiladigan narsa, buyumlar yaratadi.
O'zbekiston amaliy bezakli san'ati dastgohli tasvir shakllaridan farq qilib, xalq tarixi bilan bog'liq holda murakkab va ko'p asrli rivojlanish yo'lini bosib o'tgan. Bu san'at turi voqelikni estetik idrok etib, yangiliklar yaratishga qaratilgan san'atdir. Hozir nafis gazlamalar, gilamlar to'qish, sopol idishlarga gul solish, do'ppi tikish, zardo'zlik, kashtachilik, so'zanaga gul tikish, misgarlik, kulolchilik, zargarlik, musiqa asboblari yasash kabi san'at turlari keng tarqalgan. Zardo'zlik san'ati ustalari turmush buyumlari, bejirim do'ppilar, milliy kiyimlar, ajoyib pannolar yaratmoqdalar.

NAQQOSHLIK SAN'ATI


O’rta Osiyo naqqoshlik san'ati qadimdan dunyoga mashhur yuksak did bilan ishlangan naqshlari bizni doim hayratga solib keladi. Bu go'zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo'lib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi.
Naqsh — arabcha tasvir, gul degan ma'noni anglatadi. Shu-ningdek, qush, hayvon, o'simlik, geometrik shakllar va boshqa elementlarni ma'lum tartibda takrorlanishdan hosil qilingan bezakdir.
NaqqoshUk har bir davlatning o'ziga xos muhitiga; geografik o'rniga, o'simlik dunyosiga ko'ra rivoj topdi.
O'zbekiston hududidagi arxeologik qazilmalardan Xorazm, So'g'd, Baqtriya viloyatlarida naqsh san'atining rivojlanganligi ma'lum. Olimlarimiz Surxon vohasidagi Fayoztepa (I—II asr) Dalvarzintepa (I asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan rasm, naqsh qoldiqlari orqali isbotlab berganlar.
Tuproqqal'a zallari monumental naqshlar bilan bezatilganligi bizga ma'lum. VI—VII asrlarda ibodatxonalar, qasrlar o'yma naqshlar va tasvirlar bilan bezatilgan.
VII asr oxiri — VIII asr boshlariga kelib, O'rta Osiyoda islom dini qaror topdi va bu yangi din O'rta Osiyo tasviriy san'atiga o'z ta'stirini o'tkazdi. Jonli mavjudotlar suratini chizish man etildi. Islom talablari asosida naqqoshlia rivoj topdi. Arab yozuvi o'z-lashtirildi. Naqshlar bilan birgalikda unvnli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo'ldi
O'zbek naqqoshlari, asosan, ko'k (lojuvard), zangori (havo rang, moviy), yashil, sariq, qizil, oq, qora ranglar bilan naqsh ishlaydilar. Naqqoshlikning usul va uslublari avloddan-avlodga o'tgan (masalan, bo'yoq tayyorlash, oldin naqshning asosiy chiziqlarini chizib zaminni bo'yab olish va hokazolar), lekin yozib qoldirilmagan. Ustaning naqsh ishlash sklarini faqat shogirdlarigina yaxshi bilganlar.
XV asr boshlarida yozilgan «Tasviriy ish ustalari kasb uyush-masining nizomi» nomli risola o'ziga xos axloqiy qoidalar maj-muasi bo'lib, unda naqqoshlik ustalari Ubayd Buxoriy, Abdujalol Toshkandiy, Jaloliddin Andijoniy kabi hassos san'atkorlar nom-lari hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi, naqqoshlik san'ati O'rta Osiyo hududida keng tarqalib, xalq tomonidan bu san'at turi nihoyat darajada e'zozlangani to'g'risida ma'lumotlar beriladi.
Naqqoshlik san'ati «Nizomi»ning yozilishi va bizgacha yetib kelishi bu san'at turining uzoq tarixini, unga izchil amal qilin-ganini, u binolar va kitoblarni badiiy bezashda, o'ymakorlikda


keng o'rin egallaganini ko'rsatib turibdi. Naqqoshlik va xattotlik san'alining keng yoyilganligi insonlarning ilohiy va dunyoviy go'zalliklardan bahramand bo'lishga intilish maylidan dalolat beradi.
Naqqoshlar naqsh tushiriladigan joyning nihoyatda silliq bo'-lishiga alohida ahamiyat beradilar, bu — naqshning jozibador chiqishiga, bo'yoq tejalishiga imkon bergan. Naqqoshlarning meh-nat qurollari, asosan, naqsh chizmasi, turli hayvonlarning mayin junidan tayyorlanadigan katta-kichik mo'yqalam (cho'tka)lar, chizg'ichlardir.
Naqsh tayyor bo'lgandan so'ng bo'yalib va o'chib ketmasligi uchun uni loklaganlar. Lokni, asosan, ustalarning o'zlari tayyor-laganlar. Hozir esa naqqoshlar fabrikada tayyorlangan moyli bo'yoqlardan, tez quravchi emal bo'yoqlardan foydalanadilar. Daraxt, marmar, ganchga murakkab guldor bo'rttirnialar o'yish, yog'och bezash va naqshin panjaralar ishlash sohasidagi nodir asarlar me'morchilik bilan bog'liq monumental amaliy bezakli san'at doirasida yaratilyapti.

Download 264.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling