Mavzu: san'at turlari
Download 264.42 Kb.
|
Sanat-turlari
NOTIQLIK SAN'ATI
^amoat oldida so'zga chiqib, biron narsani tushuntirish yoki isbotlab berish zaruriyati qadimdan odamlarni so'zamollikka rag'batlantirib kelgan. Hatto Gomer ham o'z poemalarida Nestor, Menelay va Odisseyning gapga nihoyatda chechan bo'lganliklarini qayd etib o'tadi. Biroq notiqlikning qadimgi namunalari yozma shaklda bizga yetib kelgan emas. Qadimgi Afina davlatidagi sud tartiblari ham notiqlik san'a-tining keng rivoj topishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Sudga ishi tushgan odam sud majlisiga kelib da'volarini bayon etishi yoki o'zini himoya qilishi lozim edi. Shu tariqa sudda gapirish uchun maxsus nutqlar yozib beradigan bilimdon va tajribali qonun-shunoslarga katta ehtiyoj tug'iladi. Natijada hozirgi advokatlarga o'xshagan «logograflar» deb ataluvchi maxsus kasb kishilari paydo bo'ladi. Notiqlik san'atining 2 turi maydonga keladi: siyosiy notiqlik, sud notiqligi. Keyinchalik uchinchi turi — epidertik, ya'ni tan-tanali nutq notiqlari paydo bo'ldi. Epidertik notiqlar ulug' zotlarni va mashhur voqealarni madh etib, tantanali yig'inlarda nutq so'zlaganlar. Notiqlik san'atini birinchi marta adabiy janr darajasiga ko'targan kishilar sofiylar bo'lgan. Ular notiqlik san'atining nazariy asoslarini, ya'ni «ritorika» ilmini yaratadilar... «Ritor» so'zi, umuman, notiqlarga nisbatan ishlatilgan bo'lsa, keyinchalik notiqlik san'atiga o'rgatuvchi maxsus mualliflarni shu nom bilan ataydilar. Notiqning eng muhim vazifasi tinglovchini ishontirish, uni maftun qilish, rom etishdir. Xususan, notiqlar vatandoshlariga murojaat qilib, yurt baxti, el ozodligi yo'lida ularni bir yoqadan bosh chiqarib yovuz dushmanga qarshi ko'tarilishiga chaqiradi. Vatandoshlariga o'tmishidagi shonli davrlarni eslatib, ularni jangovar ruhini uyg'otishga, xudbinlik, beg'amlikka barham berib, vatan istiq-bolini o'ylashga da'vat etadi. Elmillm davri olimlari Afrnada yashab, bu yerda ijod qilgan mashhur so'z san'atkorlari orasidan eng ulug'lari deb 10 ta lotiqni tanlaganlar va ritorika ilmini o'rganishda ularning asarlarini tavsiya etganlar. Bular orasida eng mashhurlari Eshil, Demosfen, Lisiy, Giperidlardir. Ular usbulining butun latofati vadilbar msunkor-ligi tilining soddaligi, lo'ndaligi va ravshanligidadir. Qadimda so'z aytuvchi notiqni — voiz, uning nutqini esa va'z deb ataganlar. Ming-minglab xalq oldida va'z aytish juda og'ir yumush bo'lib, uni hamma ham uddalay olmasdi. Chunki voizlik bilimdonlikni, salohiyatni, so'zgaboylikni, va'z ayta olish iste'dodini, yoqimli ovozni talab etardi. Biron gapni xalqqa ma'qul qilish, ularga oddiy, sodda qilib tushuntirish uchun notiqlar so'zlarning tovlanishini, smonim-omonimlarni bilish bilan birgalikda davlat qonun-qoidalaridan, mamlakat hayotidan to'la xabardor bo'lishlarini taqozo etardi. O'z fikrini xalqqa manzur qila olmagan notiq ikkinchi marta minbarga chiqa olmas edi. Shuning uchun notiqlar minbarga chiqishdan oldin doimo puxta tayyorgarlik ko'rardilar. So'z aytishning turli-tuman xillarini, vositalarini o'ylab topardilar. Shuning uchun O'rta asrlarda notiqlik san'ati, ayniqsa, O'rta Osiyoda keng rivojlandi. XII asrda Bahovuddin Valad, XIII asrda Jaloliddin Rumiy, XV asrda Husayn Koshifiy, Mu'inuddin Voiz, Voiz Haraviy, Zayniddin Vosifiy kabi notiqlik san'atini puxta egallagan so'z ustalari yetishib chiqdilar. XVI asrga kelib notiqlik san'ati turlari, qonun-qoidalarini aks ettiruvchi bir necha ilmiy-uslubiy qo'llan-malar vujudga keldi. Ayniqsa, Muhammad Rofi Voizning «Avbob-ul-jinon», Voiz Qazviniyning «Zilolu maqol», Voiz Shirvoniyning «Ahsan-ul-ahodis», Muhammad Bobur binni Muhammad Voizning «Hidoyat ut-taqdim», Kuraysh Sindiyning «Anis ul voizin», Mullo Kalon Voiz Samarqandiyning «Ravzat ul voizin», Qozi Ushiyning «Mirmoh un-najoh» kabi asarlari yosh voizlar uchun qo'llanma vazifalarini bajargan. Bundan tashqari tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Alisher Navoiyning «Majolis un nafois», Zayniddin Vosifiyning «Bado'e ul-vaqoye'», Xondamirning «Makorim ul-axloq» kabi asarlarida ham notiqlik, ya'ni voizlik san'ati haqida atroflicha fikr yuritilgan. Notiqlik qadimda, ayniqsa, Sharq mamlakatlarida umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblanib, bir necha turga ajratilgan. Ilmiy-siyosiy nutq, bahs-munozarali nutq, targ'ib va tashviq qilish ruhidagi nutq, marsiya nutqi, tabrik nutqi va boshqalar. Notiqlik san'ati qadimda voizlik san'ati deb yuritilgan. «Qo-musi usmoniy» nomli lug'atda va'z «kishilarning qalbini yum-shatadigan pand-nasihatlar» deb ta'rif beriladi. Haqiqatan ham voiz har gal so'zga chiqishida ma'lum bir g'oyani ilgari surishni maqsad qilib oladi. Umum manfaatiga xizmat qilib, shu bilan o'zlari yanada olijanobroq bo'lgan kishilarni tarix ulug' kishilar deb hisoblaydi. Husayn Voiz Koshifiy xuddi mana shunday ulug' kishilardan biri bo'lib, u umummanfaat uchun ko'p xizmat qilgan, o'z davrining mutafakkiri darajasiga ko'tarilgan, u yarat-gan qo'llanmalar, darsliklar madrasalarda o'qitilgan edi. Koshifiyning estetik qarashlari hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Download 264.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling