Mavzu: san'at turlari


Download 264.42 Kb.
bet4/13
Sana31.01.2024
Hajmi264.42 Kb.
#1817628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sanat-turlari

HAYKALTAROSHLIK
Haykaltaroshlik — tasviriy san'atning turi bo'lib, tasvirlana-digan narsani hajmli, uch o'lchovli (uzunlik, kenglik, baland-likka ega) qilib aks ettirish tamoyiliga asoslangan san'at turi. Asosan, inson, qisman hayvon va qushlar, tabiat (manzara), narsalar (natyurmort) ifodalanadi. Haykaltaroshlik asarlari, aso-san, 2 turga: hamma tomonidan ko'rish imkoni bo'lgani mukam-mal shaklli haykalga va bir tomondangina ko'riladigan relyefga bo'linadi. Haykalda kishining boshi, beligacha (byust), tizzasiga-cha, butun gavdasi (bularda muayyan shaxs aks ettirilgan bo'lsa — portret), ikki yoki bir necha kishi (muayyan shaxslar aks etti­rilgan bo'lsa — gurah portret) ishlanishi mumkin. Relyefning hajmi va shakli uning o'rnatiladigan joyiga, qanday maqsadda xizmat qilishiga qarab tanlanadi, undan ko'pincha me'morchilik (friz, fronton, plafon va boshqalar)da foydalaniladi. Relyefning past (barelyef), baland tasvir (gorelyef), fonda o'yib ishlanadigan xillari bor.
Mazmuni va vazifasiga ko'ra haykaltaroshlik monumental haykaltaroshlik (yirik haykal, yodgorlik, memorial inshootlar — jamoat joylariga o'rnatiladi, yirik hajmda ishlanadi, muhim g'oya-lar targ'ibotiga xizmat qiladi) va monumental bezak haykal-taroshlikka (binolar, turli inshootlarga, bog', hiyobon, maydon, yo'l va boshqa joylarda muhitga moslab, bezak tarzida o'rnatiladi, hajmi har xil; badiiy faworalar ham unga kiradi) bo'linadi. Dastgohli haykaltaroshlik (muzey, ko'rgazma zallariga, binolar-ning interyerlariga qo'yiladi, hajmi asliga yaqin yoki sal yirik; yaqindan ko'rinadi) va juda kichik haykaltaroshlik asarlari (sopol va chinni haykalchalar, shuningdek, plaketka (relyef, tasvirli plastinka) o'yib ishlangan shakllar, uy-ro'zg'or buyumlari, jihoz-lar, qurol va idishlardagi shakl-tasvirlar, zargarlikda relyef hosil qilib tayyorlangan bezaklar va shu kabilar)ga bo'Unadi.
Monumental, monumental bezak, qisman dastgohli haykal­taroshlik asarlari aralash san'at turiga kiradi. Kichik haykaltaroshlik asarlari ko'pincha uy ichini bezaydi, jihoz, qurol, idish va boshqa buyumlarni badiiy buyumga aylantiradi. Haykaltaroshlikning bu turi juda qadim zamonlardan rivoj topgan.
Metall (bronza, mis, qalay, cho'yan, po'lat, alyumin), gips, beton, shisha, plastmassa kabi materiallardan asar quyib, qo-liriladi (boshqamaterialdan tayyorlangan modeldan shakl-qolip layyorlab quyiladi). Tayyor metallga zarb berib, ishlov berib, bog'lab ham haykaltaroshlik asari ishlanadi.
Tosh (marmar, granit, ohaktosh, qumtosh, bazalt, diorit va boshqalar), suyak, yog'ochni kesib, yo'nib, o'yib tasvir ishlanadi. Tosh shakl tayyor bo'lganda sayqal beriladi. Yog'och, odatda, nim rangga bo'yaladi.
Haykaltaroshlik tarixi qadimiy paleolit va neolit davrlardayoq sopol, suyak, shox, toshning yumshoq xillaridan hayvon, qush, kishilarning tasvirlari tayyorlangani ma'lum. Qadimgi Misrda toshdan ulkan sfinkslar ishlandi, fir'avnlarning katta haykal va relyeflari yaratildi. Ularda fir'avnning qudrati ifodalandi, ko'pincha ilohiylashtirib aks ettirildi. Qadimda ham, bugungi kunda ham haykaltaroshlik insonparvarlik g'oyalariga xizmat qilmoqda.

AMALIY BEZAK SAN'ATI


^/alqimizning amaliy san'ati boy an'analarga va uzoq tarixga ega. Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o'zbek xalqi ham o'z madaniy merosini o'zi vujudga keltirgan. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan badiiy ijod namunalari xalq amaliy san'atining tarixi tosh asriga borib taqalishini ko'rsatadi.
Asrlar o'tadi, bir ijtimoiy tuzum o'rnida ikkinchisi paydo bo'ladi, ammo xalq moddiy va ma'naviy boyliklar yaratishda davom etaveradi. Xalq amaliy san'ati doimo kishilarni turmush farovonligini oshirishga va ularga estetik zavq baxsh etishga xizmat qilib keladi. O'zbek xalq amaliy san'ati ustalari yaratgan yuksak san'at namunalari jahonning turli shaharlaridagi amaliy san'at va ctnografiya muzeylarida namoyish etilib, katta olqishlarga sazovor bo'lgan.

Download 264.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling