Mavzu: san'at turlari
Download 264.42 Kb.
|
Sanat-turlari
X ATTOTLIK SAN'ATI
Naqqoshlik va xattotlik san'atining islom aqidalariga muvofiq keng yoyilganligi insonning ilohiy va dunyoviy go'zalliklardan bahramandlikka intilish maylidan dalolat beradi. Bu davrda kitoblar qo'lda ko'chirilar, bu mehnat turi san'at darajasiga ko'tarilgan edi. Go'zaffik qonunlariga rioya qilib ishlangan qo'lyozma kitoblar «Nafis kitob» va xattotlik san'ati deb yuritilgan. Nafis kitob san'at turi sifatida kitobxonga estetik zavq bag'ishlashi lozim bo'lib, bu sohada mashhur xattotlar, naqqoshlar yetishib chiqqan edi. Mohir xattotlar va naqqoshlarning o'z usul va an'analari qaror topgan edi. XIV—XV asrlarda nans kitob va xattotlik san'ati yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarildi. Mashhur xattot Ali Tabriziy (1330—1404- y.) nasta'liq xatini kashf qildi. Bu uslub xatti kufiy, xatti shikasta, nasx va boshqa uslubdagi xatlar o'rnini keng egalladi. Nasta'liq uslubi Sulton Ali Mashhadiy tomonidan yanada takomillashtirildi. «Xatti hirotiy» nomi bilan mashhur bo'lgan bu uslub XX asr boshlarigacha davom etdi. Sulton Ali Mashhadiy «Qub-tat ul kuttob» («Kotiblar sar-dori») va «Sulton ul xattotin» unvoni bilan sharaflangan. Mashhur xattot, naqqosh, shoir bo'lgan Sulton Ali Mashhadiy ko'-chirgan Nizomiy, Attor, Sa'diy, Jomiy, Navoiyning nafis kitoblari jahon kutubxonalarida hozir ham nodir san'at asarlari sifatida e'zozlanib saqlanadi. Sulton Ali Mashhadiyning 1514-yilda yozilgan «Xattotlar va musawirlar haqida risola»sida aytilishicha, husnixat (xattotlik) san'atining o'ziga xos maxsus maktabi bo'lgan. O'sha davrda za-bardast ijodkorlar asarlari musav-virlar tomonidan rango-rang be-zatilib,uning matnlari husnixat orqali maxsus xattotlar tomonidan bitilgan. Bu esa o'sha asarlarning xalq orasida keng tarqalishiga va sevib o'qilishiga sabab bo'lgan. Qo'lyozma devonlarni beza-tishda qo'llaniladigan bezak va naqshlar turli-tuman bo'lib, har bir devon tuzuvchining sahi-falarga oro berishda o'ziga xos uslubi bo'lgan. Shu bois qo'lyozmalarni ko'chirish va ziynatlashda qo'llaniladigan naqsh va jilo turli-tuman ko'rinishda bo'lganligi sababli, har bir bezak xili alohida nomga ega bo'lgan. Sharq kitobati va me'morchiligida, asosan, «islimiy», «xitoyi» bezaklari ko'p ishlatilgan. Zahi-riddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da Samarqandda Ulug'bek tomonidan qurdirilgan masjidi Muqatta'ning «qit'a-qit'a yig'ochlari tarosh qilib islimiy va xitoiy naqshlar solib-turlar, tamom devorlari va saqfi ushbu yo'sunluq» ekanligini aytib o'tadi. Download 264.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling