Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari Reja: Kirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana04.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1160838
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qahramonov shahboz TAYYOR




Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari 
Reja: 
Kirish 
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi mohiyati va uning huquqiy asoslari 
2. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning maqsadi 
hamda vazifalari 
3. Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va omillari 
4. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Mundarija: 
Kirish ……………………………………………………………………… 

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi mohiyati va uning huquqiy 
asoslari……...……………………………… 

Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning maqsadi 
hamda vazifalari ………...…….…… 
15 
Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va 
omillari ……………... 
26 
Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish 
yo’llari.................................. 
31 
Xulosa ………………………………………………………………… 
35 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………… 
37 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qiish, 
texnik yangilash va diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy 
etish ishlari keng kulamda amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, mazkur subyektlar 
moliyaviy 
munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada 
takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali 
eksport saloxiyati yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofaqiyatli rivojlanishini 
ta’minlaydi. 
Shu sababli, global moliyaviy inqiroz sharoitida moliya-bank tizimini qo’llab 
quvvatlash, 
sanoat 
korxonalarda 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
tannarxini 
kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni xal etish va ularning moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib xisoblanadi. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “ Mamlakatimizda yaratilgan 
ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan 
imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizasiya qilish 
uchun katta mablag’ sarflaymiz, ko’p miqdordagi xorijiy investisiyalarni jalb 
etamiz. Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan 
to’liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo’l qo’yilayotgan 
kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o’sib ketishiga olib 
kelmoqda. ” Shuningdek, yurtboshimizning ushbu Jaxon moliyaviy-iktisodiy 
inkirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari asarida 
xamda inkirozga karshi choralar dasturining aniq bo’limlari - belgilangan 
kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni xal etishga karatilgan. 
Jumladan, “qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va 



mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish xisobidan korxonalarning 
raqobatbardoshligini oshirish. 
Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 mart kuni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish
davlat korxonalarini transformasiya qilish masalalari bo‘yicha videoselektor 
yig‘ilishi o‘tkazildi. Ma’lumki, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, 
raqobat muhitini yaxshilash maqsadida davlat korxonalari transformasiya 
qilinmoqda. Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish va davlat aktivlarini 
xususiylashtirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, 25 ta davlat korxonasida 
operatsion samaradorlikni oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi. 
Hozirgi zamon talabiga javob bermaydigan, zarar bilan ishlayotgan korxonalarni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyotidan butunlay voz kechish kerakligi 
aytildi. Transport sohasidagi ishlar holati ham ko‘rib chiqildi. Tranzit yo‘lovchilar 
oqimini oshirish, charter parvozlarga ruxsat berish tizimini soddalashtirish
mahalliy aeroportlarni mintaqaviy tranzit xabiga aylantirish choralari belgilandi. 
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi erkin raqobat sharoitida 
ishlash uchun zamonaviy yondashuvlarni joriy qilishi, aviachiptalar narxining 
oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda 
iqtisodiyotda joriy yilning birinchi choragi yakunida kutilayotgan natijalar tahlil 
qilindi. Yangi korxonalarni foydalanishga topshirib, ish o‘rinlari tashkil etish, aholi 
daromadlarini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor 
qaratildi. Hokimlar va tarmoq rahbarlariga iqtisodiy asoslanmagan loyihalarning 
ilgari surilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Mutasaddi idoralarga 
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, investitsiya 
loyihalarining bozor iqtisodiyoti talabiga javob berishini o‘rganish vazifasi 
qo‘yildi. Eksport masalalari muhokama qilinar ekan, tashqi bozordagi bugungi 
vaziyatdan kelib chiqib, transport va logistika masalalarini hal etish, eksport 
geografiyasini kengaytirish, mahsulotlarni yangi bozorlarga chiqarish bo‘yicha 
topshiriqlar berildi. Jumladan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur hududlarda sanoat 



mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi eksport yo‘nalishlarini ochish 
va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan viloyat hokimlarining 
hisoboti eshitildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, 
buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2018-
yil ― Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab 
quvvatlash yilik Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. 
Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan 
Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda 
ishlab chiqildi. Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali 
foydalanilmoqda. Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab 
chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni 
ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish 
tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga 
erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu 
Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 
natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. 
Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy 
korxonalarning asosiy maqsadidir. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling