Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari Reja: Kirish


-chizma. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullarining guruhlanishi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana04.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1160838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qahramonov shahboz TAYYOR

 
4-chizma. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullarining guruhlanishi 
Hozirda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish 
bо‘yicha umum qabul qilingan tamoyillar mavjud emas. Shunga qaramay ularni 
uch belgisiga qarab: xarajat ob’ektlari, xarajatlarni hisobga olishning tо‘liqligi va 
xarajatlarning operativligi va nazorati bо‘yicha 4-chizmadagicha guruhlash lozim 
deb hisoblaymiz. 
Xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish bо‘yicha va 
rejalashtirish bо‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar va yо‘riqnomalarda xarajatlar 
hisobi va mahsulotlar haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilishning me’yoriy, 
buyurtma, qaytadan hisobga olish, asosiy hisobga olish usullari kо‘rsatib о‘tilgan. 
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot 


17 
tannarxini kalkulyatsiya qilishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiritishimiz 
mumkin:
— iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va yetarli ma’lumotlar bilan ta’minlash; 
– chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish 
va nazorat о‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va 
kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; 
– ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni 
hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; 
– sub’ektning tarkibiy bо‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy 
natijalarini aniqlash va baholash;
– uzoq muddatli xususiyatga ega bо‘lgan- ishlab chiqarish va texnologiya 
dasturlarining qо‘llanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning 
turlari bо‘yicha rentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralariga 
quyilgan kapital mablaglarning samaradorligi va faoliyati bо‘yicha boshqaruv 
hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Mahsulotni tannarx asosida baholash tamoyili ob’ektiv haqiqatdir, chunki u hujjat 
ma’lumotlariga asoslanadi. Bu о‘z navbatida, korxonaning bozor munosabatlariga 
о‘tishida uning ishlab chiqarish siyosatini bozor talablariga qaratilishini, ishlab 
chiqarishi xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarni izlashga undaydi. Bunda 
tannarx salbiy omillarni aniqlashga,kamchiliklarni oldini olish va xarajatlarni 
prognozlashtirish imkoniyatini beradi.
Tannarxning mohiyati shundan iboratki, bu kо‘rsatkich korxona uchun tovarni 
ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazish qanchaga tushdi, degan savolga javob 
beradi. Tannarxning muhim jihati shuki, u ob’ektiv xususiyatga ega bо‘lib, uni 
tartibga solish bо‘yicha me’yoriy hujjatlarning bor-yо‘qligi, buxgalteriya 
xizmatining uni aniqlash hohishi yoki imkoniyalari kabi shartlarga bog‘liq emas. 
Xarajatlar hisobining nazariyasi va amaliyotida birgina «tannarx»
tushunchasigina mavjud emas. Uning mazmuni quyidagi omillar ta’sirida 


18 
о‘zgarishi mumkin: mahsulotning tayyorlik darajasi va uning sotilishiga qarab, 
yarim tayyor mahsulot, omborda saqlanayotgan mahsulot va sotilgan mahsulot 
tannarxlari; mahsulot miqdoriga qarab, mahsulot birligining, butun ishlab 
chiqarilgan mahsulotning tannarxi; joriy xarajatlarni kalkulyatsiya ob’ektining 
tannarxiga kiritish tо‘liqligiga qarab, tо‘liq amaldagi tannarx va cheklangan 
tannarx; tannarxni shakllantirishning tezkorligiga qarab amaldagi yoki me’yoriy, 
rejali tannarx farqlanadi. 
Tannarxni faoliyat va mahsulot turlari, sotish bozorlari, mintaqalar hamda
xaridorlar bо‘yicha kalkulyatsiya qilish kerak. Sarflarni shakllantirish usullari 
tannarxni kalkulyatsiya qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, bu jarayon 
о‘zining muhim xususiyatlariga, jumladan, sohaviy xususiyatlariga ega. 
Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi qismlar nafaqat о‘z tarkibiga kо‘ra, 
shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish ahamiyatiga kо‘ra ham turlichadir. Ba’zi 
birlari uni tayyorlash va ishlab chiqarish bilan, boshqalari ishlab chiqarishni 
boshqarish va unga xizmat kо‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bо‘ladi. Uchinchi 
toifasi esa amaldagi qonunchilik bо‘yicha sarf-xarajatlarga kiritiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladigan yо‘nalish-ishlab chiqarish 
xarajatlarining alohidalangan va maqsadli hisobini talab etuvchi faoliyat sohasidir. 
Ya’ni, buxgalteriya ma’lumotlarining foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida 
nimanidir bilib olmoqchi bо‘lsalar, aynan shu narsaning о‘zi hisob yо‘nalishi 
bо‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yо‘nalishiga mahsulot tannarxi 
kalkulyatsiyasi, sotish bо‘limi ta’minoti sarflari kalkulyatsiyasi, ya’ni amalda 
Biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zaxiralarni baholash zaruratini yuzaga 
keltiradigan holatlar misol bо‘lishi mumkin. 
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy kо‘rsatkichlaridan biri 
hisoblanib, korxonaga mahsulot tayyorlash qanchaga tushganini kо‘rsatadi.11 
Tannarx kо‘rsatkichi sotish narxlarini belgilash, mahsulotlar rentabelligini hisob-
kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish choralarini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi 
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida Nizomga muvofiq, 


19 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi 
va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi.
Ularga quyidagilar tegishli bо‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, 
shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot tannarxini rejalashtirishda quyidagi kо‘rsatkichlar hisoblanadi: 
-jami mahsulot tannarxi; 
- bir birlik mahsulot tannarxi. 
Bir birlik mahsulot reja tannarxi rejalashtirilgan jami mahsulot ishlab chiqarish 
xarajatlari summasini rejalashtirilgan mahsulot miqdoriga bо‘lish orqali 
aniqlanadi. 
Haqiqiy tannarx hisobot yili oxirida haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari 
tо‘g‘risidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadi.
Tannarx kо‘rsatkichini taqqoslash va tahlil qilish uchun reja va haqiqiy tannarx bir 
xil usul bо‘yicha aniqlanadi.
Mahsulotni kalkulyatsiya qilishning bir qancha usullari mavjud. Zamonaviy 
iqtisodiy adabiyotlarda kalkulyatsiya alohida olingan mahsulot (ish, xizmat)lar 
birligi tannarxining iqtisodiy hisob-kitoblari tizimi sifatida ta’riflanadi. 
Kalkulyatsiya jarayonida ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
miqdori bilan taqqoslanadi va bir birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari analitik hisobi va tannarx 
kalkulyatsiyasining muhim tarkibiy qismlari sifatida “standart-kosting” (normativ 
usul), “direkt-kosting” va “AVS” usullari bо‘lishi kerak. 
“Standart-kosting” tizimi – bu xarajatlar hisobi va tannarxni aniqlash tizimi bо‘lib, 
unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi avvaldan puxta, 
obdon hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin esa 
haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi. 
Mazkur davr uchun haqiqiy xarajatlar ham javobgarlik markazi bо‘yicha olib 


20 
boriladi. Normativ va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash orqali chetlanishlar 
aniqlanadi. Haqiqiy tannarx quyidagi formula asosida aniqlanadi: 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling