Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari Reja: Kirish
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Qahramonov shahboz TAYYOR
Rh = Rn + On
bu erda: Rh – haqiqiy xarajatlar; Rn – normativ xarajatlar; On – normadan chetlanishlar Normativlarning о‘zgarishi natijasida haqiqiy xarajatlar formulasi quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi: Rh = (Rn ± ∆Rо‘z) ± ∆Rchet bu erda: ∆Rо‘z – о‘zgargan summa; ∆Rchet – chetlanishlar summasi Xarajatlarning normativ usulini qо‘llash chetlanishlarni batafsil tahlil qilish imkoniyatini beradi. Masalan, har bir javobgarlik markazi uchun xarajat elemntlari (materiallar, mehnat, ustama xarajatlar) bо‘yicha chetlanishlarni aniqlash mumkin, sо‘ngra har bir xarajat elementlarini resurslar sraflanishi, bahosi bо‘yicha tahlil etish mumkin. Bunda buxgalter chetlanishlarni aniqlashda menejerga yordam beradi, menejer esa о‘z navbatida ularning sodir bо‘lish sabablari bо‘yicha zaruriy qarorlar qabul qiladi. Agar chetlanishlarning sababi tashqi omillar ta’sirida sodir bо‘lgan bо‘lsa, normativlarni qayta kо‘rib chiqish lozim bо‘ladi. – kapital xarajatlarni hisobga olishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bо‘lishi maqsadga muvofiqdir: – kapital investitsiyalar ob’ekti va turlari bо‘yicha haqiqiy bajarilgan ishlar xarajatlarini о‘z vaqtida, tо‘liq va ishonchli hisobga olish; – kapital investitsiyalarni dastlabki va yig‘ma hujjatlarda belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtirish; – qо‘llanilayotgan me’yoriy va reja tannarxidan og‘ishlarni aniqlash; – smeta qiymati va bajariladigan ishlarning haqiqiy tannarxi о‘rtasidagi farqlarni qayd etish hamda tahlil qilish; – moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazorat qilish. – iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va yetarli ma’lumotlar bilan ta’minlash; – chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish 21 va nazorat о‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; – qurib bitkazilgan ob’ektlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; – sub’ektning tarkibiy bо‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash; – uzoq muddatli xususiyatga ega bо‘lgan ishlab chiqarish va texnologiya dasturlarining qoplanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bо‘yicha pentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovap-moddiy zaxipalariga quyilgan kapital mablag‘larning samaradorligi va faoliyati bо‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish. Demak, qurilishda xarajatlarni hisobga olishning asosiy yо‘nalishi bu sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazorat о‘rnatish va ushbu faoliyatni amalga oshirishda sarflanadigan xarajatlarni boshqapishdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, turli mulkchilik shakllarining paydo bо‘lishi, korxonalarning tashqi bozorga chiqa boshlashi amaldagi buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Hisobga olishda kapital qо‘yilmalar takror ishlab chiqarish strukturasining yо‘nalishlari, texnologik struktura, mо‘ljallanishi, xalq xо‘jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli, mablag bilan ta’minlash manbalariga kо‘ra guruhlanadi. Takror ishlab chiqarish strukturasining yunalishlari bо‘yicha kapital qо‘yilmalar yangi qurilishi, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va ishlab turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi. Yangi qurilishga yangitdan tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, shuningdek ishga tushirilgandan sо‘ng mustaqil balansda bо‘ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat kо‘rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining qurilishi kiritiladi. Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona 22 (inshoot)larda qо‘shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek ishlab turgan korxona xududi yoki unga qо‘shni maydonchada qо‘shimcha yoki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish tushuniladi. Korxonalarning foydalanishga topshirilgandan keyin mustaqil balansda bо‘lmaydigan filiallarning qurilishi ham ishlab turgan korxonalarni kengaytirish qatoriga kiritiladi. Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini (unumdorligi, о‘tkazish qobiliyati, bino yoki inshootning sig‘ishini) kо‘raytirish ishlari yangi qurilish yо‘li bilan shunday quvvatlar yaratishdan kо‘ra qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim. Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash deganda asosiy va yordamchi va xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan, ishlab turgan sex va ob’ektlarni ishlab chiqarshni takomillashtirish va ularni texnik – iqtisodiy darajasini oshirish maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu odatda asosiy maqsaddagi bino hamda inshootlarni kengaytirmay amalga oshiriladi. Texnologik strukturasiga kо‘ra kapital qо‘yilmalar qо‘yidagi ish va xarajat turlari qiymatidan tarkib topadi. - qurilish ishlarining barcha turlari: - uskunalar natijasi bо‘yicha ishlar: - qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj talab qiladigan va qilmaydigan): - qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar xarajatlari: - boshqa kapital ish va xarajatlar. Uskunalar kapital qurilishning reja va hisobot kо‘rsatkichlarida qurilish smetasiga kiradigan va kirmaydigan uskunalarga ajratiladi. 1. Qurilish smetasiga kiradigan uskunalar, ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarini saqlash va yangi 23 korxona hamda ob’ektlarni qurish loyiha va smetalarida nazarda tutilgan uskuna, mashina va mexanizmlar loyiha va smetalarga kiritilishi lozim bо‘lgan uskuna, mashina va mexanizmlardir. 2. Qurilish smetasiga kirmaydigan uskunalarga mazkur tarmoq uchun loyixa – smeta xujjatlarini tuzish tartibida belgilanishiga kо‘ra smetani yuqoridagi punktning birinchi abzatsiga kiritilmaydigan mashina va mexanizmlar kiritiladi. - qurilish mashinalari, mexanizmlar, inventar va asboblar, shuningdek qurilish va montaj tashkilotlari transport vositalari: - yig‘ma – razbor qilinadigan bino va inshootlarning inventar detallari komplektlari: inventar uylar, qurilish, geologiya razvedka va qidiruv tashkilotlarining vagon, furgonlar va konteyner tipidagi boshqa anjomlari qishloq xо‘jaligi korxona va tashkilotlarining traktor, kombayinlari va boshqa ekin ekish, yer haydash hamda hosilni yig‘ishtirishga mо‘ljallangan mashinalar: - ta’minot – sotuv tashkilotlari konteynerlar va boshqalar. Uskunalar montaj talab qiladigan va montaj talab qilmaydigan uskunalarga ajratiladi. Montaj talab qiladigan uskunalarga faqat ayrim qismlari yig‘ilgandan keyin yoki asos va tayanchlarga о‘rnatilgandan sо‘ng ishga tushirilishi mumkin bо‘lgan uskunalar shuningdek, foydalanishga topshirish elektrmontaj va ishga tushirish – sozlash ishlarini talab qiladigan elektron hisoblash mashinalari ham kiritiladi. Montaj talab qilmaydigan uskunalarga ishga tushirishdan oldin asos va tayanchga о‘rnatishni talab qilmaydigan uskunalar: lokomotivlar, traktorlar, vagon, qishloq xо‘jaligi mashinalari, avtomashinalar va shu kabilar kiradi. Kapital qо‘yilmalar maqsadga kо‘ra hisobga olishda: a) ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar qurilishiga (qurilishi tuganlangandan sо‘ng moddiy ishlab chikarish soxasi: sanoat, qishloq xо‘jaligi, transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar) b) noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xо‘jalik sog‘liqni 24 saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) ob’ektlarga ajratiladi. Iqtisodiyot tarmoqlari bо‘yicha kapital qо‘yilmalar sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish, transport, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital qо‘yilmalarga ajratiladi. Qurilish montaj ishlarini bajarish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarga ajratiladi.Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga kirishib, ularning о‘zaro munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi. Kapital qо‘yilmalar mablag‘ bilan ta’minlashning qо‘yidagi manbalari asosida hisobiga amalga oshiriladi: Korxona va tashkilotlarning о‘z mablag‘lari, byudjet mablag‘lari va bank kreditlari: davlat kapital qо‘yilmalar limitidan tashqari amalga oshiriladigan kapital qо‘yilmalar bо‘yicha hukumat tomonidan shu maqsadlarga yо‘llashga ruxsat etilgan mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashgan manbalari va boshqalar Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling