Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari Reja: Kirish
-chizma. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullarining guruhlanishi
Download 200.27 Kb.
|
Mavzu Daromad oshishiga ta’sir qiluvchi omillar Reja Kirish
4-chizma. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullarining guruhlanishi
Hozirda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish bо‘yicha umum qabul qilingan tamoyillar mavjud emas. Shunga qaramay ularni uch belgisiga qarab: xarajat ob’ektlari, xarajatlarni hisobga olishning tо‘liqligi va xarajatlarning operativligi va nazorati bо‘yicha 4-chizmadagicha guruhlash lozim deb hisoblaymiz. Xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish bо‘yicha va rejalashtirish bо‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar va yо‘riqnomalarda xarajatlar hisobi va mahsulotlar haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilishning me’yoriy, buyurtma, qaytadan hisobga olish, asosiy hisobga olish usullari kо‘rsatib о‘tilgan. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiritishimiz mumkin: — iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va yetarli ma’lumotlar bilan ta’minlash; – chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat о‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; – ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; – sub’ektning tarkibiy bо‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash; – uzoq muddatli xususiyatga ega bо‘lgan- ishlab chiqarish va texnologiya dasturlarining qо‘llanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bо‘yicha rentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralariga quyilgan kapital mablaglarning samaradorligi va faoliyati bо‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish. Mahsulotni tannarx asosida baholash tamoyili ob’ektiv haqiqatdir, chunki u hujjat ma’lumotlariga asoslanadi. Bu о‘z navbatida, korxonaning bozor munosabatlariga о‘tishida uning ishlab chiqarish siyosatini bozor talablariga qaratilishini, ishlab chiqarishi xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarni izlashga undaydi. Bunda tannarx salbiy omillarni aniqlashga,kamchiliklarni oldini olish va xarajatlarni prognozlashtirish imkoniyatini beradi. Tannarxning mohiyati shundan iboratki, bu kо‘rsatkich korxona uchun tovarni ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazish qanchaga tushdi, degan savolga javob beradi. Tannarxning muhim jihati shuki, u ob’ektiv xususiyatga ega bо‘lib, uni tartibga solish bо‘yicha me’yoriy hujjatlarning bor-yо‘qligi, buxgalteriya xizmatining uni aniqlash hohishi yoki imkoniyalari kabi shartlarga bog‘liq emas. Xarajatlar hisobining nazariyasi va amaliyotida birgina «tannarx» tushunchasigina mavjud emas. Uning mazmuni quyidagi omillar ta’sirida о‘zgarishi mumkin: mahsulotning tayyorlik darajasi va uning sotilishiga qarab, yarim tayyor mahsulot, omborda saqlanayotgan mahsulot va sotilgan mahsulot tannarxlari; mahsulot miqdoriga qarab, mahsulot birligining, butun ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi; joriy xarajatlarni kalkulyatsiya ob’ektining tannarxiga kiritish tо‘liqligiga qarab, tо‘liq amaldagi tannarx va cheklangan tannarx; tannarxni shakllantirishning tezkorligiga qarab amaldagi yoki me’yoriy, rejali tannarx farqlanadi. Tannarxni faoliyat va mahsulot turlari, sotish bozorlari, mintaqalar hamda xaridorlar bо‘yicha kalkulyatsiya qilish kerak. Sarflarni shakllantirish usullari tannarxni kalkulyatsiya qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, bu jarayon о‘zining muhim xususiyatlariga, jumladan, sohaviy xususiyatlariga ega. Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi qismlar nafaqat о‘z tarkibiga kо‘ra, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish ahamiyatiga kо‘ra ham turlichadir. Ba’zi birlari uni tayyorlash va ishlab chiqarish bilan, boshqalari ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat kо‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bо‘ladi. Uchinchi toifasi esa amaldagi qonunchilik bо‘yicha sarf-xarajatlarga kiritiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladigan yо‘nalish-ishlab chiqarish xarajatlarining alohidalangan va maqsadli hisobini talab etuvchi faoliyat sohasidir. Ya’ni, buxgalteriya ma’lumotlarining foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida nimanidir bilib olmoqchi bо‘lsalar, aynan shu narsaning о‘zi hisob yо‘nalishi bо‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yо‘nalishiga mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi, sotish bо‘limi ta’minoti sarflari kalkulyatsiyasi, ya’ni amalda Biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zaxiralarni baholash zaruratini yuzaga keltiradigan holatlar misol bо‘lishi mumkin. Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, korxonaga mahsulot tayyorlash qanchaga tushganini kо‘rsatadi.11 Tannarx kо‘rsatkichi sotish narxlarini belgilash, mahsulotlar rentabelligini hisob-kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish choralarini aniqlash uchun ishlatiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida Nizomga muvofiq, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bо‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ustama xarajatlar. Mahsulot tannarxini rejalashtirishda quyidagi kо‘rsatkichlar hisoblanadi: -jami mahsulot tannarxi; - bir birlik mahsulot tannarxi. Bir birlik mahsulot reja tannarxi rejalashtirilgan jami mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari summasini rejalashtirilgan mahsulot miqdoriga bо‘lish orqali aniqlanadi. Haqiqiy tannarx hisobot yili oxirida haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari tо‘g‘risidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadi. Tannarx kо‘rsatkichini taqqoslash va tahlil qilish uchun reja va haqiqiy tannarx bir xil usul bо‘yicha aniqlanadi. Mahsulotni kalkulyatsiya qilishning bir qancha usullari mavjud. Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda kalkulyatsiya alohida olingan mahsulot (ish, xizmat)lar birligi tannarxining iqtisodiy hisob-kitoblari tizimi sifatida ta’riflanadi. Kalkulyatsiya jarayonida ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori bilan taqqoslanadi va bir birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari analitik hisobi va tannarx kalkulyatsiyasining muhim tarkibiy qismlari sifatida “standart-kosting” (normativ usul), “direkt-kosting” va “AVS” usullari bо‘lishi kerak. “Standart-kosting” tizimi – bu xarajatlar hisobi va tannarxni aniqlash tizimi bо‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi avvaldan puxta, obdon hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin esa haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi. Mazkur davr uchun haqiqiy xarajatlar ham javobgarlik markazi bо‘yicha olib boriladi. Normativ va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash orqali chetlanishlar aniqlanadi. Haqiqiy tannarx quyidagi formula asosida aniqlanadi: Download 200.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling