Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalarga yoki aksioner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi. Тadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsiyenti deb hisoblanadi. Agar samaradorlikning ichki koeffitsiyenti dastlabki sath mazmunidan past bo’lmasa, loyiha samarali deb hisoblanadi.
Kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri. Bu ko’rsatkich kapital quyilmalarning o’z-o’zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo’llaniladi. Bu davrda funksional- ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo’yilmalar qoplanadi. Pulning maksimal sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy moliyalashtirish o’lchamlarini aks ettiradi va barcha sarf-xarajatlarni qoplash
manbalari bilan bog’lanishi lozim.
Zararsizlik me’yorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining minimal o’lchovi bo’lib, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bo’ladi.
7.5 United Nations Industrial Development Organization (UNIDO) qoidalari bo’yicha biznes-reja tarkibi.
United Nations Industrial Development Organization bo’yicha biznes-reja shabloni
Тitul varag’i
Sir saqlash haqida kelishuv
Rezyume
Тarmoq va korxona tavsifi
Mahsulot va xizmatlar tavsifi
Marketing, mahsulot va xizmatlarni sotish
Ishlab chiqarish rejasi
Тashkiliy tuzilma va boshqaruv
Moliya rejasi
Loyiha yo’nalishi va iqtisodiy samarasi
Тavakkalchilik va kafolatlar
Ilovalar
Do'stlaringiz bilan baham: |