Mavzu: Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish


Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari


Download 30.82 Kb.
bet2/8
Sana24.03.2023
Hajmi30.82 Kb.
#1291521
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11.саноат кор стратегик режалаштириш

Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari


Biznes ingliz tilida “business” so’zidan olingan bo’lib, butun jahonda tarqalgan, foyda beruvchi iqtisodiy faoliyat, ya’ni ish yuritish mazmunini bildiradi.
Biznes so’zidan “bucineccman” biznesmen, ya’ni biznes bilan shug’ullanuvchi, ishbilarmon, tadbirkor, umuman foydali ish yurituvchilar ma’nosini bildiruvchi ibora kelib chiqqan va keng ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tish munosabati bilan bunday iboralar bizning tilimizga ham kirib kelmoqda. Yuqoridagi iboralardan kelib chiqib barcha tadbirkorlar, firmalar o’z faoliyati rejasini “Biznes plan”, ya’ni “Ish rejasi” deb yuritishadi.
Biznes-rejani qanday ta’riflash mumkin.
Birinchidan, biznes-reja korxona faoliyati to’g’risidagi g’oya, maqsad, menejment, marketing faoliyati va ishlab chiqarishni kelajakga mo’ljallangan ko’rsatkichlari majmuasidan iborat hujjat sifatida tushunish mumkin.
Ikkinchidan, faoliyatda shakllanadigan iqtisodiy munosabatlarni tasvirlaydigan, korxonaning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni asoslovchi hisob-kitoblar yig’indisi.
Uchinchidan, korxonaning kompleks ish rejasi sifatida korxonaning “kompasi” deb hisoblash mumkin.
Biznes-reja iborasi g’arb davlatlarida asosan kichik va o’rta korxonalarning, firmalarning kompleks ish rejasi sifatida tushuniladi va uning asosiy maqsadi rahbariyatiga firmaning holati to’g’risida va uning rivojlanish imkoniyatlarini tasvirlashdir. Biznes-reja amaliyotda bir necha xil turlarda tuziladi. Ular asosan to’rt xil bo’lib, har birining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Firmaning ichki biznes- rejasi, aylanma mablag’larni to’ldirish maqsadida kredit olish uchun tuziladigan biznes-reja, investitsiya biznes-rejasi, moliyaviy barqarorlash rejasi ular qatoriga kiradi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda asosan ikkita maqsad-vazifani nazarda tutish zarur: 1) korxonaning hozirgi holatini chuqur tahlil qilish, uni taraqqiyot etish maqsadi, maqsadga erishish yo’llari va kutilayotgan natijasini aniqlash; 2) tashqi investor va sheriklarga korxonani afzalliklarini jozibalik qilib ko’rsatishga erishish.

    1. Download 30.82 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling