Mavzu: Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish


Download 30.82 Kb.
bet5/8
Sana24.03.2023
Hajmi30.82 Kb.
#1291521
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11.саноат кор стратегик режалаштириш

Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi.
Resursli ta’minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xom ashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag’lari, kapital qo’yilmalar, kreditlar, qimmatbaho qog’ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-texnik axborot).
Yettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko’rsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo’lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu bo’limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Ko’p adabiyotlarda quyidagi bыlimlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:

  1. Тanlangan biznes konsepsiyasi.

  2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).

  3. Тashkil qilinayotgan korxona, uning mahsulot yoki xizmatlari tavsifnomasi.

  4. Boshqaruv (menedjment).

  5. Bozor tadqiqoti va tahlili.

  6. Marketing rejasi.

  7. Ishlab chiqarish rejasi.

  8. Тavakkalchilikni baholash.

  9. Moliyaviy reja.

  10. Biznes-loyiha samaradorligi.

Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag’larni qo’yilishi haqidagi qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Ular quyidagilardan iborat:

  • sof joriy qiymat;

  • rentabellik;

  • samaradorlikning ichki koeffitsiyenti;

  • kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri;

  • pulning maksimal sarf-xarajati;

  • zararsizlik me’yorlari.


Download 30.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling