Mavzu: Sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish


Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari


Download 30.82 Kb.
bet3/8
Sana24.03.2023
Hajmi30.82 Kb.
#1291521
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11.саноат кор стратегик режалаштириш

Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari


Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes-reja muhim rol o’ynaydi va qo’yidagi vazifaviy bosqichlarni hal etishni taqozo etadi (7.1-chizma).





Тadbirkorlik faoliyatining maqsadi
va vazifalari



















Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va
ko’rsatkichlari




Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlari










Тadbirkorning iste’molchiga
taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tasnifi




Bitimning resurslar ta’minoti










Bozor kon’yukturasi, talab va
sotuv hajmining tahlili




Bitimning samaradorligi



7.1-rasm. Тadbirkorlik faoliyati biznes-rejasining talablari.
    1. Biznes-reja tarkibi va hisob-kitoblari


Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Mutaxassislarning fikricha, yetti bo’limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir. Ushbu biznes-rejaning tarkibiy bo’limlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
Birinchi bo’lim. Biznes-rejada «Тadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari» markaziy o’rinni egallaydi.
Тadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ ishlatishni va shu mablag’ qancha foyda keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt
omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday bo’lishligini hisob-kitob qilib chiqish lozim.
Biznes-reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini ko’tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar.
Ikkinchi bo’lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-rejaning asosiy g’oya va mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo’limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maq-sadning loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayot-gan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning bir-biridan farqi; qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llari va usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog’liq sarf- xarajat-lar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani ishlatish sohasi.
Umumlashgan natijaning ko’rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko’rsatkichlar (ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi; sotishdan tushgan mablag’; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); maxsus ko’rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning o’ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajali-ligi; rejalashtirilayotgan natijani olish kafolati).

Download 30.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling