Reja: Kirish Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining tashkil etish maqsadi
Download 219.5 Kb.
|
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashkil etilishi maqsadi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Yevropa tiklanish va taraqqiyoti banki bilan O’zbekiston Respublikasining hamkorlik aloqalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyot Kirish
Mavzu: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashkil etilishi maqsadi va vazifalari Reja: Kirish 1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining tashkil etish maqsadi. 2. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vazifalari va me’yoriy huquqiy asoslari. 3. Yevropa tiklanish va taraqqiyoti banki bilan O’zbekiston Respublikasining hamkorlik aloqalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyot Kirish “Bank ishi” fani bakalavriatning “Bank ishi va auditi” yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalar uchun ixtisoslikka kirish fani hisoblanadi. Shu sababli, ushbu fanda “Bank ishi” yo‘nalishi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va unda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari shuningdek, jahon bank tizimida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar xususida dastlabki nazariy va amaliy bilimlarni berish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan olganda, “bank ishi” fanini o‘qitish sifatini oshirish bank tizimi uchun malakali kadrlarni etkazib berishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining dastlabki yillaridanoq mamlakat bank tizimini shakllantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar natijasida respublikamizda zamonaviy, ikki pog‘onali bank tizimi shakllandi, uning to‘lovga qobilligi va likvidliligi ta’minlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bank tizimining barqarorligini yanada oshirish siyosati bugungi kunda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Shunday ekan, moliya-bank sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash uchun mazkur fanning o‘qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zerooshlang‘ich bilimning mustahkam bo‘lishi – kelajakda erishish mumkin bo‘lgan muvaffaqiyalar garovidir. Shu bois “Bank ishi va auditi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olatyotgan talabalarga “bank ishi” o‘quv kursini chuqur o‘rgatish dolzarb sanaladi. 1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining tashkil etish maqsadi. Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda Evropa parlamentining yig’ilishida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB)ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so‘ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan EETB ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi. 1991 yil 15 - 17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi va unda bank ta’sischilari bo‘lgan 40 ta mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot, ya’ni Evropa ittifoqi (EI) va Evropa investitsiya banki (EIB) ishtirok etdi. ETTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. 1991 yilning noyabrida ETTBning Varshava vakolatxonasi ochildi va Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga a’zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda ETTBning aktsiyadorlari 60 mamlakat, EI va EIB xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy imzolangan kapital - 1964 mlrd evro, to‘langan kapital - 5,2 mlrd evro. ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor munosabatlarini rivojlantirish va jahon iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ETTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat. Bugungi kunda ETTB loyixalari Evropa va Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o‘laroq, bank nizomiga asosan loyixa amalga oshirilayotgan davlatlarda ko‘p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilishi shart. ETTB ning investitsiya loyihalari orqali: sanoatda tarkibiy islohatlar o‘tkazish; raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish; moliyaviy tashkilotlar faoliyati va huquqiy tizimni barqarorlashtirish; xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo‘llab quvvatlash; korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi. ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi, direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi ETTBning yuqori organi bo‘lib, bankning har bir a’zosidan ikkitadan shaxsni boshqaruvchi va uning muovinini o‘z ichiga oladi. ETTBga a’zo mamlakatlar hoxishiga qarab, bu shaxslar istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. Direktorlar kengashining 23 a’zosi bo‘lib, uning ikkitasi EI va EIB tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to‘g’ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 tasi istisno tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko‘ra saylanadi. ETTBni yig’ilishlarida ovoz berish tartibi aktsiyalar ulushiga qarab belgilanadi. ETTB ustav kapitali tarkibida EI va EIBning kvotalari 51 % ni, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlariniki - 13%, boshqa Evropa mamlakatlariniki - 11% , boshqa a’zo mamlakatlar hissasiga - 24 % kvota to‘g’ri keladi. Bankning kapitali tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10%), Italiya, FRG, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya (8,5 % dan) mamlakatlari hissasiga to‘g’ri keladi. ETTBning kredit siyosatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, asosan a’zo - mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli qog’ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrstrukturasini rivojlantirish va eksport - import operatsiyalari bo‘yicha dasturlarni qo‘llab - quvvatlash masalalari alohida o‘rin tutadi. Bank — bank hisob varaqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs.1 Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga kelgan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo‘lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Bank so‘zi italyancha «banka» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo‘yib xisob-kitob qilganlar. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancheri» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Bancorotto», ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo‘lishining boshlang’ich nuqtasi bo‘lib XVI asrda Florensiya va Venesiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar hisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o‘rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan. 2. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vazifalari va me’yoriy huquqiy asoslari. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European Bank for Reconstruction and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; islab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 % xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor korxonalariga, 40 % infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln. ekyuni tashkil etdi. Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan[ Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bo‘lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo‘lgan. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo‘l ochdi. Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. Bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. Bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. Bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi ya'ni korxonalarga egalik huquqini rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘ydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi. Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, fonda normasining tenglashuvini taʼminlaydi. Banklar paydo bo‘lishining asosi bo‘lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo‘lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo‘lishini taqazo etadi. Ssuda kapitalisti asosan o‘z bo‘sh mablag’ini karzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bo‘lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo‘sh pul mablag’larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag’ni jamlab uni harakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi. Markaziy bank nima? Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun Markaziy bank pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya’ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan. Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangani sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan. Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan. Markaziy bank birinchi marta qaerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (SHvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda. Jahon amaliyotida markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li mavjud: Birinchi yo‘l– bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni millliylashtirish yo‘li bilan Markaziy banklarning tashkil qilinishi. Bunga misol qilib, Angliya bankini(1844 yil), Fransiya bankini(1848 yil), Ispaniya banki(1874 yil), Germaniya Reyxsbanki(1875 yil), Italiyada(1893 yil), Ispaniyada (1874 yil) mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga moslashganligini keltirish mumkin. Ikkinchi yo‘l tashkil qilingandayoq Markaziy bank – emission markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AQSHning Federal banklari, 1913 yillarda ko‘pgina Lotin Amerikasi mamlakatlarida tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin. An’anaga ko‘ra, markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor. Markaziy bank: a) mamlakatning emission markazi, ya’ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga ega; b) banklar banki, ya’ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi kreditor instansiyasi), nazorat qilish. v) mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi. Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining hisob-kitobi (kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi; g) pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ. Tartibga solish funksiyasi - pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati, ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi. Tartibga solish funksiyasi nazorat funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal zaxira siyosatini o‘tkazishda, Markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma’lumot oladi. Nazorat funksiyasiga bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini aniqlash kiradi, ya’ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me’yorlar ishlab chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi. Iqtisodiy normativlar – Markaziy bank tomonidan belgilanadigan pul aylanmasini boshqarish va bank faoliyatini tartibga solish uchun normativlardir. Masalan, ularga majburiy zaxira me’yori, likvidlik koeffitsenti, kapitalning etarliligi va boshqalar kiradi. Millatlararo markaziy banklar ham mavjud, masalan Evropa markaziy banki. Evropa markaziy banki - evro hududining markaziy banki hisoblanadi. 1998 yil 1 iyunda tashkil topgan. Uning shtab-kvartirasi (qarorgoxi) Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Uning boshqaruv organi tarkibiga Evropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarning vakillari kiradi. Bank Evropa ittifoqining boshqa organlaridan butunlay mustaqil. Kapital tashkil etish shakliga ko‘ra markaziy banklar quyidagilarga bo‘linadi: davlat, aksioner, aralash. Davlat markaziy banklarida kapital davlat hisobidan shakllantirilgan (masalan, bank tashkil etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va Fransiya Markaziy banki kabi, davlat, mavjud bo‘lgan tijorat bankni milliylashtirganidan keyin). Aksionerlik markaziy banklarda kapital aksiyadorlar hisobidan shakllanadi (masalan, AQSH Federal zaxira tizimining kapitali tijorat aksiyadorlik banklar hisobidan shakllangan). Aralash markaziy banklarda kapitalning bir qismi davlat tomonidan, qolgan qismi esa xususiy aksiyadorlar tomonidan shakllanadi (masalan, YAponiya bankida davlat 55% aksiyalarga egalik qiladi). Turli mamlakatlarda markaziy banklarning nomlari uchun turli atamalar ishlatiladi: “Milliy bank” nomi Abxaziya, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va SHveysariyalarda qabul qilingan; “Markaziy bank” - Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistonda; “Xalq banki” – Bolgariya va Xitoyda; “Bank” nomining o‘zi - Isroil (Isroil banki), Kanada, Litva, Latviya, Estoniya va YAponiyada. Singapurning pul-kredit boshqarmasi, Avstraliya zaxira banki, AQSH Federal zaxira tizimi va boshqalar. AQSh Federal zaxira tizimi - AQShning markaziy banki. U AQSh iqtisodiyotining samarali ishlashini va umuman olganda, jamoat manfaatlarini ta'minlash uchun beshta umumiy funktsiyani bajaradi: AQSh iqtisodiyotida maksimal bandlik, barqaror narxlar va mo‘tadil uzoq muddatli foiz stavkalarini rag'batlantirish maqsadida mamlakatning pul-kredit siyosatini olib boradi; moliya tizimining barqarorligiga ko‘maklashadi va AQShda va chet elda faol monitoring va jalb qilish orqali tizimli xatarlarni minimallashtirish va o‘z ichiga olishga intiladi; alohida moliya institutlarining xavfsizligi va mustahkamligiga ko‘maklashadi va umuman moliyaviy tizimga ta'sirini nazorat qiladi; dollarlik operatsiyalar va to‘lovlarni osonlashtiradigan bank sanoati va AQSh hukumatiga xizmat ko‘rsatish orqali to‘lov va hisob-kitob tizimining xavfsizligi va samaradorligini oshiradi; iste'molchilarga yo‘naltirilgan nazorat va ekspertiza, iste'molchilarning paydo bo‘layotgan muammolari va tendentsiyalarini tadqiq qilish va tahlil qilish, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish faoliyati, iste'molchilar qonunlari va qoidalarini boshqarish orqali iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va jamiyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Federal zaxira tizimi Kongress tomonidan bir asr oldin AQSh markaziy banki vazifasini bajarish uchun tashkil etilgan. Prezident Vudro Vilson 1913 yil 23 dekabrda Federal zaxira to‘g'risidagi qonunga imzo chekish orqali Federal zaxira tizimining qonuniy asosini yaratgan. Britaniya hukmronligidan mustaqillikka erishgunga qadar amerikalik mustamlakachilar asosiy almashinuv vositasi sifatida evropalik tangalar, tovar pullari va barterdan foydalanish bilan cheklangan edilar. Xorijiy tangalar tanqisligi, tovar va tovar pullarining samarasizligi tufayli ko‘p koloniyalar tangalar zarb qilishga va bitimlar uchun qog'oz pul chiqarishgan. Hozirgi bank tizimidan farqli o‘laroq, koloniyalardagi banklar omonat olmagan va kredit bermagan. Buning o‘rniga ular yer yoki oltin kabi qimmatbaho metallar bilan ta'minlangan qog'oz valyutasini (tovar pullarini) chiqargan. Kredit yoki qarzning asosiy manbaalari badavlat savdogarlar va boshqa shaxslar orqali kelgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining markaziy banki 1789 yilda AQSh Konstitutsiyasining tasdiqlanishi bilan boshlangan. G'aznachilik kotibi Aleksandr Hamilton Mustaqillik urushidan keyin mamlakatning kredit muammolarini hal qilish uchun federal bank tizimining rejasini ishlab chiqdi. Gamiltonning rejasi, shimoli-sharqiy shtatlardagi biznes va moliyaviy rahbarlar tomonidan qo‘llab -quvvatlanib, hukumat va korxonalarga kredit berish uchun federal bank tuzishni nazarda tutgan. Dunyodagi eng qadimiy markaziy banklardan biri bu Shvetsiyaning Riksbani hisoblanadi. 1668 yilda Shvetsiya parlamenti qarori bilan Riksdag 1867 yilda Sveriges Riksbank nomini olgan Riksens Ständers Bankini (Mulk banki mulklari) tuziladi. Shvetsiya Markaziy banki, "Riksbank" ( ingl. The Riksbank ) - Shvetsiya parlamentiga hisobot beruvchi Shvetsiya markaziy banki (Riksdag). Riksbank narx barqarorligini saqlashga qaratilgan pul -kredit siyosati uchun javobgardir. Bank, shuningdek, to‘lov tizimining xavfsizligi va samaradorligini ta'minlashi shart. Iqtisodiyotning samarali ishlashini ta'minlashda to‘lov tizimi va kredit resurslari taklifi asosiy rol o‘ynaydi. Riksbank muntazam ravishda Shvetsiyaning yirik banklari va markaziy moliyaviy infratuzilmasida tavakkalchiliklarni baholaydi. Angliya banki (Bank of England) -Buyuk Britaniyaning davlat markaziy emissiya banki. 1694 yilda xususiy aksi-yadorlik banki tarzida tashkil topgan. Dastlab eng yirik bankirlar uylari ka-pitalini markazlashtirdi, keyinchalik mamlakatning asosiy moliyaviy markaziga, davlatdagi banklarning bankiga aylandi. Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy muassasa hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va uning bo‘limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) va Investitsion munozaralarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markazi (IMXM) kabi moliyaviy tashkilotlarni o‘z tarkibiga oladi. JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivojlanish bankining vazifalarini bajaradi, keyingi ikkitasi esa rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o‘tish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarga investitsiya oqimlarini rag’batlantirish bilan shug’ullanadi. Download 219.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling