Mavzu: Sanoatda mehnat salohiyatidan foydalanish ko’rsatkichlarini yashilash


Download 499.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.10.2023
Hajmi499.58 Kb.
#1708162
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Индустриал иқт Нарзидинов З



Mavzu: Sanoatda mehnat salohiyatidan foydalanish 
ko’rsatkichlarini yashilash 
Reja: 
 
 
1. Xodimning mehnat salohiyati. 
2. Tashkilotlarda mehnat resurslaridan foydalanish. 
3.AQSh va Yaponiya firmalarida xodimlarni boshqarish tamoyillarining 
o’ziga xos xususiyatlari. 
4.Ishlab chiqarish muhitining ob-havo sharoiti. 
5.Foydalanilgan adabiyitlar 
 


1. Xodimning mehnat salohiyati. 
Xodimning mehnat salohiyati bir tomondan ishlab chiqarish faoliyatida ma’lum 
shartlarda ma’lum natijalarga erishishga qaratilgan jismoniy va ma’naviy 
imkoniyatlari to’plami bo’lsa, ikkinchi tomondan mehnat jarayonida takomillashish, 
ishlab chiqarishda o’zgarishlar bo’lishi oqibatida yuzaga kelgan yangi vazifalar
masalalarni yechish imkoniyatlaridir. Xodimning kelajakdagi mehnat hulqini uning 
mehnat salohiyati belgilab beradi. Xodimning salohiyatlarini ayirboshlash muhim 
amaliy ahamiyat kasb etadi. Xodimlar mehnati malakaviy, ruhiy va shaxsiy 
salohiyatlari orasidagi uyg’unlik darajasiga bog’liq ravishda natija beradi. Ushbu 
salohiyatlarni boshqarish mexanizmlari bir-biridan farq qiladi. 
Korxona xodimlarining mehnat salohiyati tavsiflari shartli ravishda ikki 
guruhga ajratiladi: 
* har bir (alohida) xodimni hamda umuman korxona mehnat jamoasining mehnat 
va ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashish imkoniyatlarini miqdor jihatidan 
o’lchash imkonini beruvchi miqdoriy tavsiflari; 
* korxonadagi har bir (alohida) xodimning imkoniyat va qobiliyatlarini aks 
ettiruvchi sifat tavsiflari. 
Miqdoriy tavsif ma’lum davrda korxona ixtiyoridagi xodimlar soni bilan 
ifodalanishi mumkin. O’zgaruvchan bozor sharoitida korxona ish o’rinlarining 
xodimlar bilan to’liq bandligini, xodimlarning korxonaga uzoq muddatga 
bog’liqligini, ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz va iqtisodiy jihatdan samarali 
ishlashini tashkil etish uchun korxona tarkibidagi bo’limlar ichida kadrlarni to’g’ri 
joylashtirishni ta’minlash juda muhimdir. Korxona xodimlarining ratsional tarkibi 
va tuzilishi ishlab chiqarish masalalarini o’z kuchlari bilan va operativ ravishda hal 
etish imkoniyatini beradi. 
Mehnat salohiyatining sifat tavsiflari tarkibi jihatidan ancha murakkabdir. 
Mehnat salohiyatining uch tarkibiy elementini tavsiflovchi uch tur sifat tavsiflari 
guruhini ajratish mumkin: 


1. Psixofiziologik salohiyat insoniyat imkoniyatlari va moyilliklari, sog’lig’i, 
ishchanligi, chidamliligi, asab tizimi turi va hokazolardir, ya’ni xodimning ishlab 
chiqarish jarayonida unumli qatnashish imkoniyatini aks ettiradi. 
2. Kasbiy salohiyat xodimni ma’lum mohiyat va marukkablik darajasida ishni
bajarish imkoniyatini bog’lovchi umumiy va maxsus bilimlar, mehnat 
ko’nikmalarining hajmi, chuqurligi ko’p qirraligini aks ettiradi. 
3. Ijtimoiy-ruhiy salohiyat (shaxs salohiyati) inson ehtiyojlari ierarxiyasidan kelib 
chiqqan holda fuqarolik ongi va ijtimoiy yetuklik darajasi, qadriyatlar, manfaatlar 
mehnat sohasidagi ehtiyoj va istaklarini aks ettiradi, ya’ni xodimning shaxsiy 
xususiyatlarini ishga solish, ulardan mehnat jarayonida foydalana olish imkoniyat 
darajasini ifodolovchi ko’rsatkich orqali ifoda etiladi. 
Maslou piramidasi shuni ko’rsatadiki, inson qancha tartibli va 
motivatsiyalangan bo’lsa, uning mehnat salohiyati ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida mehnat salohiyatining alohida sifat 
tavsiflarining ahamiyati vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi, masalan, mehnat 
salohiyati tavsiflari orasida ma’lumot darajasining ahamiyati. Ta’lim tizimi 
texnologik rivojlanishni belgilab beradi, chunki ta’limga qilingan xarajatlar inson 
kapitali zaxirasini o’stiradi, insonning rivojlanishini ta’minlaydi va natijada 
iqtisodiyotning yangi g’oyalar ishlab chiqish qobiliyatini oshirish orqali yangi 
intensiv texnologiyalar sohasida ma’lum darajada ustunliklarga erishish 
imkoniyatini beradi. 
Shu boisdan kasbiy ta’lim mehnat salohiyatini kasbiy-malakaviy tarkibidagi 
o’zgarishlarni shakllantiruvchi asosiy omildir. Bu xususiyat ta’limning iqtisodiyotni 
tarkibiy jihatdan qayta qurishda asos bo’lishiga yo’l ochib beradi. 
Mehnat salohiyati tarkibida ijtimoiy shaxsiy jihatni alohida ko’rib 
chiqilishidan maqsad xodimning ijtimoiy imkoniyatlariga e’tiborni qaratishdir. 
Ushbu jihat insonning o’zini o’zi o’zgartirish va rivojlantirish imkoniyatlarini 
tavsiflaydi. 
Shaxsiy salohiyat quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga oladi: 
* hamkorlik qilish, jamoada ishlash qobiliyatlari (kommunikativ salohiyat); 


* ijodiy qobiliyatlar (ijodiy salohiyat); qiymat va motivatsion sifatlar ( ma’naviy 
salohiyat). 
Xodimning mehnat salohiyatini baholash korxonaning maqsadlariga muvofiq 
bu salohiyatning miqdori, sifati, layoqati va foydalanish darajalarini aniqlanishini 
ko’zda tutishi kerak. 
Korxonaning mehnat salohiyati xodimning mehnat salohiyatidan farq qiladi, 
chunki tizimni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni oddiy yig’indisi emas, ya’ni 
korxonani mehnat salohiyati unda ishlovchi xodimlarni mehnat salohiyatlari 
yig’indisi emas, chunki tizimni tashkil etuvchi elementlarning o’zaro ta’siri 
natijasida sinergetik yuzaga keladi. 
Ishlab chiqarish korxonasining mehnat salohiyati quyidagi omillarning 
aloqadorligi shaklida yuzaga keladi: xodimlarning umumiy va alohida kategoriyalar 
bo’yicha soni; belgilangan ish vaqti miqdori; mehnat intensivligi darajasi; ish kuchi 
sifati ( umumta’lim va kasbiy tayyorgarlik, jismoniy salomatlik darajalari); ijtimoiy 
fiziologik omillar (mehnat muhofazasi, kasbiy kasalliklar darajasi va ishlab 
chiqarish jamoasi); ijtimoiy- psixologik omillar (mehnatdan qoniqish darajasi 
shaxslararo munosabatlar shakli); ijtimoiy-iqtisodiy omillar (iqtisodiy vositalar va 
rag’batlarning amaldagi tizimi, kadrlar ko’nimsizligi darajasi). 
Korxonaning mehnat salohiyati, ishlab chiqarishning ma’lum tashkiliy-
texnik, ijtimoiy-iqtisodiy shartlarida mehnat borasida amalda foydalanilayotgan va 
hali tadbiq etilmagan jami imkoniyatlarini tavsiflaydi. Korxonaning mehnat 
salohiyati jamoaning mavjud shartlarida ma’lum iqtisodiy natijaga erishish 
imkoniyatlarini ifoda etadi. 
Korxona mehnat salohiyatining tarkibiy tuzilishi xodimlar guruhlarini va ular 
o’rtasidagi munosabatlarning turli demografik, ijtimoiy funksional, kasbiy va 
boshqa tavsiflarining nisbati shaklida namoyon bo’ladi. Odegov Yu.G. korxona 
mehnat salohiyatini tarkibiy jihatdan quyidagi qismlardan iborat deb hisoblaydi:
1

Download 499.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling