Mavzu: Sanoatda mehnat salohiyatidan foydalanish ko’rsatkichlarini yashilash


Download 499.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.10.2023
Hajmi499.58 Kb.
#1708162
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Индустриал иқт Нарзидинов З

 
kadrlar bilan bog’liq qism; 
kasbiy qism; 
1
Odegov Yu.G. idr. Bankovskiy menejment: upravleniy personalom. Uchebnoy posobiy-M.: 2004, 448 str. 


tashkiliy qism. 
Kadrlar bilan bog’liq qism o’z ichiga kasbiy layoqatni ta’minlovchi kasbiy 
bilimlar, mahorat va ko’nikmalar (malakaviy salohiyat), o’rganish qobiliyatlari 
(ma’lumot salohiyati) ni oladi. 
Korxona mehnat salohiyatining tashkiliy qismi ham alohida xodimning, ham 
jamoaning ish samarasini belgilaydi. 
Korxona mehnat salohiyatining tashkil etilishi jamoaning malakaviy-kasbiy 
tarkibi va xodimlar soatini rejalashtirish bosqichida boshlanadi. Korxona mehnat 
salohiyatini boshqarishda fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning barcha omil 
va elementlarining davriy yangilanishiga sabab bo’lishidan kelib chiqishi kerak. 
Bunday sharoitda korxona mehnat salohiyatini boshqarishdan ko’zlangan maqsad 
ishchi kuchining amaliyotda foydalanilmayotgan imkoniyatlari ulushini mumkin 
qadar kamaytirishdir. Korxona mehnat salohiyatini boshqarish quyidagi to’rt 
tamoyilga rioya etilishiga asoslanishi kerak: 
* korxona mehnat salohiyatining bajarilayotgan ish turlari va mehnat 
vazifalarining hajmi, tavsiflari va murakkabligi bilan mutanosib bo’lishi kerak; 
* korxona mehnat salohiyati tarkibining ishlab chiqarishning moddiy omili bilan 
bog’liqligi; 
* korxona mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining ta’minlanganligi; 
* ishchilarning kasbiy-malakaviy rivojlanishi va ular bajarayotgan ishlab 
chiqarish vazifalari ko’lamining kengayishiga sharoitning yaratilishi. 
Sanab o’tilgan omillarning to’rttalasi ham to’liq hisobga olingandagina 
korxona mehnat salohiyatidan to’laligicha foydalanilganligi haqida xulosa qilish 
mumkin. 
Umuman, mehnat salohiyatini boshqarish o’z ichiga uch asosiy bosqichni 
oladi, bular shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish. Shunday qilib, mehnat 
salohiyatini shakllantirish bir tomondan, xodimlarga bo’lgan ehtiyojning aniqlanishi 
bilan boshlanib korxonada barcha talablarga javob beradigan va rivojlanishning 
manbai bo’ladigan personalning mavjudligi bilan yakunlanadigan mustaqil jarayon 
bo’lsa, ikkinchi tomondan bu shunday bir butun jarayonning qismidirki, ushbu 


jarayonda mehnat salohiyatining shakllantirilishi faqatgina birinchi bosqichdir va bu 
bosqich asosida korxonadagi personalning rivojlanishi va foydalanilishi amalga 
oshiriladi. 

Download 499.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling