Mavzu: Sanoq tizimlari pozitsion va nopozitsion
Download 34.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq19 санок тизимлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- (x=0...q
Mavzu: Sanoq tizimlari Sanoq tizimlari pozitsion va nopozitsion turlarga bo‘linadi. Nopozitsion tizimlarda raqamning aniq qiymati o‘zgarmas bo‘lib, sonni yozishda uning o'rni ahamiyatga ega emas. Bunday sanoq tizimiga Rum sanoq tizimi misol bo‘la oladi. Masalan, XXVII sonini yozishda X ning o‘rni ahamiyatga ega emas. Bu son qayerda turishidan qat’i nazar 10 ga teng. Pozitsion sanoq tizimda raqamning aniq qiymati, sonni yozishdagi o'rniga bog‘liq bo‘ladi. Raqamli texnikada faqat pozitsion sanoq tizimlari qo‘llaniladi. Ixtiyoriy son Q ni q asosga ega ixtiyoriy sanoq tizimida quyidagi polinom yordamida ifodalash mumkin: X 4 = x n -^' +Х п-2Я"~ 2 +- + x o q° + + x^q } +... + x_ m q' m ; bu yerda: x f — razryad koeffitsienti (x=0...q— 1); q. — vazn koeffitsienti. q soni ham butun, ham kasr son boffishi mumkin. Raqamning pozitsiya tartibi x, razryad deb ataladi. q ning musbat darajaga ega bo‘lgan razryadi x sonning butun qismini, manfiy darajaga ega bo‘lgan qismi esa — kasr qismini hosil qiladi. x n _j va x m raqamlar mos ravishda sonning katta va kichik razryadlari hisoblanadilar. Ikkilik sanog'ida q = 2, o‘nlik sanog'ida m = 10. Sanoq asosi qancha katta bo‘lsa, mazkur sonni ifodalashda shuncha kam miqdorda razryad talab qilinadi, demak, uni uzatish uchun kam vaqt sarflanadi. Boshqa tomondan, q asosga ega bo‘lgan sonni elektr signallar yordamida ifodalash uchun, chiqishida turli q elektr signallar shakllantiruvchi elektr qurilma talab qilinadi. Demak, q qancha katta bo'lsa, elektron qurilma shuncha ko‘p turg‘un diskret holatlarga ega bo‘lishi kerak. q ortishi bilan chiqish signalining diskret sathlari orasidagi farq kamayib boradi. Demak tashqi ta’sirlar natijasida xatoliklar yuzaga kelish ehtimoli ortadi va qurilma murakkablashib ketadi. Ma’lumki, uchlik tizim (q =3) eng samarali, ikkilik (q =2) va to‘rtlik (q =4) tizimlar esa undan quyi hisoblanadi. Yetarli xalaqitbardoshlikni ta’minlashda q ni tanlash mezoni bo‘lib, apparat xarajatlarini minimallash hisoblanadi. Bu munosabatda ikkilik tizimi tanlangan, chunki elektron qurilmalar faqat ikkita turg'un holatga ega bo'lishi kerak. U holda, bu tizimda signallarni ajratish uchun faqat: impuls bormi yoki yo'qmi? degan savolga javob berish kifoya bo'ladi. Masalan, o‘nlik son %=29 ikkilik tizimda quyidagi ko'rinishda 29 = l-2 4 + l-2 3 + l-2 2 + 0-2‘+ 1-2°, simvol ko'rinishda esa — 11101 raqamlar ketma-ketligi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, ikkilik sanoq tizimida ixtiyoriy sonni 0 yoki 1 raqamlari yordamida yozish mumkin ekan. Bu sonlarni raqamli tizimda ifodalash uchun elektr kattalik (potensial yoki tok) jihatidan bir-biridan aniq farqlanuvchi, ikkita holatni egallashi mumkin bo‘lgan qurilmaga ega bo'lish yetarli hisoblanadi. Bu kattaliklardan biriga 0 raqami, ikkinchisiga esa 1 raqami beriladi. Hisoblash texnika qurilmalari bilan ishlashda 2, 8, 10, 16 asoslarga ega bo'lgan pozitsion sanoq tizimlari bilan to'qnash kelinadi. Raqamlarni bir sanoq tizimidan ikkinchisiga o‘tkazish uchun quyidagi qoidalar mavjud: Download 34.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling