Mavzu: Sare’ tavil bahrlari
Download 102.38 Kb.
|
8.Sare’ tavil bahrlari.
Yana hajr aro zor bo’ldum,
Firoqingda afgor bo’ldum. Faulun faulun faulun V - - / V - - / V - - Xullas, ilmu aruzni alohida fan sifatida o’rganish davrning taqozasidir. Chunki, aruz mumtoz she’riyatimizning asosidirki, uni yetarli tushunmasdan mumtoz adabiyotimizning salohiyatini, mumtoz shoirlarimiz badiiy mahoratlarini to’liq tasavvur etish mumkin emas. Yana Erkin Vohidov, Jamol Kamol kabi zamondosh shoirlar aruzning go’zalligini namoyon qilmoqdalarki, ularni borlig’icha anglamoq uchun ham aruzni o’rganish zarur. Erkin she’r sistemasi . Bu she’r tizimida misralarda bo’g’inlar miqdori tengligi (barmoq), hijolarning cho’ziq va qisqalgi (aruz) kabi qonuniyatlar hukm surmaydi. Unda bo’g’inlar miqdori ham, turoqlar (ruknlar) tartibi ham, qofiyalanish va bandlar ham turli-tuman bo’ladi, lekin musiqiylik-ohangdorlik doimo barq urib turadi. Shu sabab u erkin she’r sistemasi deb yuritiladi. Bu sistemada ham shaklning rang – barangligi mazmun va mantiq talabiga, kechinmalarning mohiyatini ro’yi-rost ko’rsatuvchi ohangdorlikka bo’ysunadi. Bizningcha, bu she’r sistemasining XX asr she’riyatida tug’ilishi va taraqqiysi jamiyatning, insonning tezkor hayoti bilan bog’liqdir. hayot oqimi qanchalik tezlashsa (XX asr boshida eng katta tezlik soatiga 10-12 km bo’lgan bo’lsa, asrning o’rtalarida bu tezlik bir sekundga tenglashdi) inson qalbidagi tug’yonlar ham shunchalik faollashadi, bu o’z navbatida she’riyatdagi mazmunning o’zgarishiga, pafosning ayricha kuchliligiga olib keldi, ya’ni oniy his - tuyg’ular vulqondek, birdaniga bor qudrati bilan voqye bo’lib – yangicha intonasiyani, yangicha ritmni yuzaga keltirdi. Barmoq va aruzdan farq qilgani holda, mazmun va mantiq, ma’no urg’usi talabiga ko’ra intonasiyani kuchaytirib borish, muayyan so’zlardagi mantiq urg’usini bo’rttirish maqsadida misralarda va bandlarda turoqlar, qofiyalar tartibini turlicha o’zgartirib, tovlantirib borishi mumkin bo’ldi. 1 Bu xususiyatlarning mohirona ijrosini h. Olimjonning “Baxtlar vodiysi”, G’. G’ulomning “Sen yetim emassan” kabi o’nlab she’rlarida, M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida, R. Parfining yuzlab asarlarida - go’zal lirikasida ko’rish mumkin. Ey, Farg’onah Ey, bo’yniga qora to’rva osgan jonlar, Ey har kuni, gadoylikka tortgan onlardan Ey tanlarni shilib yotgan harom qonlardan Bir yo’lasi ozod bo’lgan azamat o’lkah (h. Olimjon) Bitta she’r doirasida bo’g’in, turoq, misra, band, qofiya, ritmik pauza kabi vositalarning mazmun va ohang talabiga mos tarzda tovlanishi (rang-barang va erkin bo’lishi) erkin she’r sistemasining bosh qonunidir. Bu sistema (erkin, oq, sarbast she’r yo’llari) xalq tiliga – oddiy so’zlashuv tiliga judayam yaqinlashgani bilan ajralib turadi. Xalqqa xos bo’lgan oddiy, “qo’pol” so’zlar ham, so’z birikmalari ham bu sistemaga kira bildilar, odatdagidan ko’ra katta vazifani – poetik olam obrazini yarata oldilar. Bu xususiyat sistemaning ommabopligini, jonliligini, zarurligini ta’minladi. Jumladan, Oygul Mamatovaning “Onalik” she’rida onaning tengdosh dugonasiga murojaati, nidosi orqali she’r va farzandga bo’lgan buyuk muhabbat, bu muhabbatning jahoniy ma’nosi – olti iqlimning tinchligi, oromi, armoniga aylanib, qalbni jo’nbushga keltiradi. U xuddi ummon to’lqinidek goh pasayadi, goh balandlashadi, lekin tobora yuksalaveradi. Ana shu ma’no ohangiga mos tarzda turoqlar, pauzalar, qofiyalar... turfa xillik kasb etadi. Shunday tarzdagina poetik fikr yashash, yaratish qudratiga ega bo’ladi: ona dardlarining, xayollarining, orzularining jonli va betakror olamidan – yaxlit va go’zal asar voqye bo’ladi. Mana, isboti: “hyey, u shoir bo’larmidi Bir etak bola. Ko’rgani yo’rgagu Topgani beshik”. Qo’ygin, xafa qilma meni dugonam, O’zim ahd qilganman Shunchaki she’r yozib shoir bo’lgandan Bir fidoyi ona bo’lganim tuzuk. Goh qalamga, Goh bolamga Allalar aytdim, Bilagim tolsa ham, Yuragim yonsa ham, Tashlab yubormadim birontasini. Ikkovini birga bag’rimga bosdim Faqat Tengqo’r shoirlar safidan kech qoldim bir oz. Sen ilk kitobing chiqarding, Men-chi, bag’rimda Olti yo’rgakni avaylab bog’ladim, yechdim, Xalqim xizmatiga tutdim olti pahlavon. Olti dastiyorni karvonga qo’shdim. Maqsadsiz tug’madim biror bolamni, “Tug’sa, tug’ibdi-da” dema iltimos Asli hayot shunday, tabiat shunday: hamma shoir yo har kim ona bo’lolmas. Sen she’ bilan so’raysan dunyoni bugun, Men esa olti bolam yuragiga olti qit’aning Tinchligini, armonini, orzusini joylayman. Men onamanh Farzandlarim tomirlarimda. Toki, Ko’krak sutim qon bo’lib aylanar ekan, Men zamin bo’lib Suygan beshigimni o’rtaga qo’yib Oltovidan Olti iqlim taqdirini so’rayman. Oygulning “Onalik” she’ri erkin she’r sistemasining erkin yo’liga misol bo’ladi: chunki, unda bosh xususiyat – satrlardagi turoqlarning va qofiyalanish tartibining erkinligidir. Download 102.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling