Mavzu: Sarf va tezlik o’lchash asboblari
Download 29.67 Kb.
|
bia;o
BOSIM O’LCHASH ASBOBLARI.
Bosimni o'lchash asboblari Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga ko'ra bosimni va siyraklanishni o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi: barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan; manometrlar - ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; differensial manometrlar - bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan; vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan. Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi. Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga bo'linadi: 1. Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati aniqlanadi. 2. Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o'lchanayotgan bosim turli konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki ularda hosil bo'ladigan kuch qiymati bilan aniqlanadi. 3. Yuk porshenli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim porshen massasi yoki qo'shimcha yuklar hosil qiladigan bosim bilan muvozanatlashadi. 4. Elektrik manometrlarning ishlashi ma'lum materiallarning ularga tashqi bosim ta'sir etganda elektrik xususiyatlarining o'zgarishiga asoslangan. SUYUQLIKLI MANOMETi Suyuqlikli manometrlar tuzilishining oddiyligi va yuqori aniqlikda o'lchashi bilan ajralib turadi. Ularning ishlashi ishchi suyuqlik sifatida qo'llaniladigan simob, suv, transformator moyi yoki spirt ustuni hosil qilgan tashqi bosim bilan muvozanatlashishga asoslangan U simon manometr (40- a rasm) U shaklida buklangan shisha trubkadan iborat bo'lib, shisha trubka ishchi suyuqlik bilan sathi ikkala trubkada ham bir xil balandlikka ega bo'ladi (ya'ni daraja ko'rsatkichining 0 belgisida bo'ladi). Shisha trubkaning bir uchi bosimi P o'lchanishi kerak bo'lgan muhitga ulanadi, ikkinchi uchi esa atmosfera bilan tutashadi. Ko'rsatish darajasi bo'yicha hisob bajariladi. Trubkalardagi sathlar farqi h, ishchi suyuqlikning zichligi ρ hamda atmosfera bosimi bilan birgalikda suyuqlikning balandligi hosil qilgan kuch yordamida ortiqcha bosim Port aniqlanadi: U simon manometrlarning yuqori o'lchash chegarasi 10 kPa gacha bo'lib, o'lchash xatoligi 2 % dan oshmaydi. U simon manometrlar siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun ham qo'llaniladi. Har bir o'lchashda ikki marta (ikki shkalada) hisob olib borilishi ularning kamchiligi hisoblanadi. Yuqoridagi kamchilik ikki xil turli diametrli idishdan iborat kosali manometrlarda (40- b rasm) qisman bartaraf etiladi. O'lchanayotgan bosim P ta'sirida kosada suyuqlik sathi h balandlikka kamayadi, trubkada esa h balandlikka ko'tariladi (trubkaning diametri kosaning diametriga qaraganda bir necha marta kichik). Sathlar farqi h kosali manometrlarda asosan ingichka trubkada ishchi suyuqlik h1 > h2 holatni ta'minlaydigan darajada so'rish natijasida erishiladi. Kosali manometrlarning yuqori o'lchash chegarasi 10 kPa bo'lib, o'lchash xatoligi 0,4...0,25 % ni tashkil qiladi. Kichik hajmdagi ortiqcha bosim va siyraklanishlarni aniq o'lchashda qiya trubkali maxsus kosali manometrlar ishlatiladi (40- d rasm). Trubka burilish burchagining o'zgarishi h balandlikning kichik qiymatlarida ham ko'proq aniqlikda o'lchash imkonini yaratadi. Shishali suyuqlikli manometrlar ko'rsatishini yozish va uni masofaga uzatishga moslanmagan. Shuning uchun ham ulardan faqat mahalliy o'lchovlarda hamda boshqa sistemadagi manometrlarni tekshirish va darajalashda foydalaniladi. Download 29.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling