Mavzu: Sarf va tezlik o’lchash asboblari
DEFORMATSION (PRUJINALI) MANOMETRLAR
Download 29.67 Kb.
|
bia;o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻlchash asboblari
DEFORMATSION (PRUJINALI) MANOMETRLAR
Deformatsion (prujinali) manometrlarning ishlashi moddaning о'lchanayotgan bosimi bilan sezgir elementlar deformatsiyalanishi (egilishi) natijasida hosil bo'lgan kuch bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Chiziqli, burchak ko'rinishidagi deformatsiyalar asbobning ko'rsatuvchi yoki qayd etuvchi qismiga uzatiladi. Shu bilan bir qatorda bu o'zgarish masofaga uzatish uchun elektrik yoki pnevmatik signalga aylantirilishi mumkin. Bu manometrlarda sezgir element sifatida bir va ko'p o'ramli prujinalar, egiluvchan membranalar va silfonlardan foydalaniladi (41- rasm). Bir va ko'p o'ramli manometrlarda (41 - a, b rasm) o'lchanayotgan bosim trubkaning (prujinaning) qo'zg'almas qismi orqali uning ichki yuzasiga uzatiladi. Prujinaning ikkinchi uchi esa kavsharlangan bo'lib, ko'rsatish sistemasi bilan ulanadi. Prujinalar latun va boshqa mis qotishmalaridan tayyorlanadi. Yuqori bosimlarni o'lchash uchun esa ular xromel-nikelli po'latlardan tayyorlanadi. Prujinaning ko'ndalang kesimi ellips ko'rinishida bo'lib, uning katta o'qi prujina o'ramlari yuzasiga perpendikulyardir. Bosim oshishi bilan prujinaning ko'ndalang kesimi aylana shaklini egallashga intilib, ellipsning kichik o'qi kattalashadi va uning burilish burchagi kamayadi (kichrayadi). Prujinali manometrning shkalasi bir xil o'lchamda bo'lgani uchun, prujina berilayotgan kuchlanish va deformatsiya oralig'ida proporsional holatda ishlaydi. Bir o'ramli prujina erkin uchining qo'zg'alishi 5...8 mm dan oshmaydi. Shuning uchun manometrlarda ko'rsatgichning burilish burchagini oshirish maqsadida tishli yoki richagli uzatish mexanizmi qo'llaniladi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling