Mavzu: savod o‘rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish mundarija: kirish
Download 461.27 Kb.
|
Ergasheva Dinora 19-3 TOGRI YOZILGANI
Bob bo‘yicha xulosa
Jamiyatimiz yuqori ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, o‘z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli darsga bo‘lgan talab ham o‘sib boradi. Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. Darslarda o‘rganiladigan bilimlar mazmuni o‘zbek tilshunosligining ilmiy yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayonining maqsadiga hamda bolalarning bilim saviyasiga mos bo‘lishi zarur. Ta’limda bularning birontasiga rioya qilinmasa, ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga putur etkaziladi. O‘quvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy ta’sir qiladi. Ona tili darslarida o‘qitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qo‘sha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar to‘plash, to‘plangan dalillarni taqqoslash yo‘llarini o‘rgatish o‘qituvchining asosiy vazifasidir. Tovush metodi savod o‘rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o‘qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, ya’ni faol ta’limga aylantirdi. “Ustodi avval” 3 bo‘limdan iborat edi: 1-bo‘lim, hozirgi atama bilan ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo‘limda arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda tizib chiqqan. O‘rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o‘rnini egallay boshlagan.Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o‘rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan. Tovush metodi bilan savod o‘rgatilganda, so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zning ma’nosini o‘zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so‘zda tovushlar almashinishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir yangi so‘z hosil bo‘lishi mumkinligi bolalar ongiga yetkaziladi. Keyingi yillarda ham xat-savod tovush metodida o‘rgatilmoqda. Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o‘qish va yozish ko‘nikmasi deyiladi. Bu ko‘nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o‘quvchi harflarni tanib, ularni o‘qiy olmasligi mumkin. Yozish ko‘nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo‘yish kabilar ham o‘rgatiladi. O‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. XULOSA Ta’lim maqsadi bir yoki bir necha mashq vositasida emas, aksincha, ilmiy asoslangan mashqlar tizimini o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mashqlar to‘plami ochiq tizim bo‘lib, o‘zidan oldin o‘tkazilgan mashqlarning tabiiy davomi, bundan keyin bajariladigan mashqlarning poydevori sanaladi. Binobarin, o‘tkaziladigan mashqlar o‘rtasida vorislikni ta’minlash mаntiqiy mаshqlаr tizimini tuzishda rioya qilinadigan yetakchi prinsip hisoblanadi. Vorislik prinsipiga tayanib, mashqlar tizimini shakllantirishda qator talablar nazarda tutiladi. Mashqlarni tizim shakliga olib kelishda uch hil faoliyat xususiyatlari va ularga oid uch hil jarayon hisobga olinadi: mashqlarni tizimga keltirish faoliyati-bu darslik mualliflari yoki o‘qituvchining mashqlar tizimini tuzishga oid faoliyati. Bunday faoliyat o‘qitish jarayoni bo‘lib, unda mashqdan ta’limning qaysi bosqichlarida foydalanish zarurligi o‘z aksini topadi. Mashqlar tizimini shakllantirishda o‘qitish faoliyati xususiyatlari ham inobatga olinadi; mashq qilish jarayoni-bu o‘quvchining aqliy va amaliy faoliyati bo‘lib, uning amal qilishi natijasida bilimlar takomillashadi, ko‘nikma va malakalar rivojlanib, tilga munosabatlar, ijodiy faoliyatlar taraqqiy etadi. Ta’lim sharoitida bolalarning o‘quv-biluv faoliyati o‘rganilgan bilimlarni qayta esga tushirish, ijod qilish shakllarida amal qiladi. O‘rganilgan bilimlarni qayta esga tushirish–u yoki bu mavzuda mashq qilish jarayonida zaruriy bilimlarni takrorlash, faollashtirish demakdir. Ona tilidan u yoki bu mavzuda mаntiqiy mаshqlаr tizimi davlat ta’lim standartlari talablari asosida tuziladi. Mashqlar tizimining o‘quv materiallari mazmuniga adekvatligi va ta’lim jarayoni bosqichlariga muvofiqligi mashqning o‘zlashtirish logikasiga mosligini ta’minlaydi. Mаntiqiy mаshqlаr tizimini ta’limga tatbiq etish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga, ta’lim jarayoni tsikllariga, tanlangan dars tipi, uning bosqichlariga bog‘liq. O‘qituvchi ta’lim jarayoni xususiyatlarini, dars tipi, uning bosqichlarini aniq tasavvur etsa, ta’lim jarayoniga, dars tipi va uning bosqichlariga mos mashqlar tizimidan foydalana oladi. Download 461.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling