Mavzu: Savod o`rgatishda pedagogik texnalogiyalarni qo`llash. Reja: I. Kirish. I-bob. Savod o`rgatishda pedagogik texnalogiyalarni qo`llash
Savodga o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish
Download 67.04 Kb.
|
Savod o`rgatishda pedagogik texnalogiyalarni qo`llash.
2.4. Savodga o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish.
(didaktik o`yinlar misolida) Savodga o‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o‘z ichiga qamrab olib, mazkur bosqichda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiytarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Xususan, bu davrda: matn, og‘zaki va yozma matn haqida, gap, matnning gaplardan tuzilishi, so‘z, gaplarning so‘zlardan tashkil topishi, ya’ni matn tuzish va uni bo‘laklarga bo‘lib matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlarni idrok etishga o‘rgatish, bo‘g‘in, tovush, harf haqida ma’lumot berish, unli tovushlar va undosh tovushlar haqida ma’lumot berish, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajralishini o‘rgatish, alifbedagi rasmlar, o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan suratlar asosida matn tuzdirish, o‘quvchilar bilgan she’r, hikoya, ertak, maqol, tez aytish va boshqalarni yoddan ayttirish, ularga yangi she’r, hikoya, ertak, maqol, topishmoq kabilarni o‘rgatib borish, alifbe darsligidagi so‘zlar, uning ma’nolari ustida ishlash, tanish so‘zlar asosida o‘quvchilarni gap tuzishga o‘rgatish, harf va tovush orasidagi mutanosiblik va farqni tushuntirish ishlari olib boriladi. Mazkur Alifbe darsligiga kiritilgan jumboqli topshiriqlar ko‘lami birmuncha keng bo‘lib, u o‘quvchilarni mustaqil fi krlashga o‘rgatadi. Zero, Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Bolalarimizni qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatimiz, urf-odatlarimiz bilan tanishtirish kerak»ligini o‘ylab ko‘rishimiz lozimligini, ularda mustaqil fi kr lashga rag‘bat uyg‘otish uchun pedagogik jihatdan ta’sirchan vositalarni izlab topish, o‘quv sharoitiga tatbiq etish zarurligini uqtirgan edilar. Darslikda 20 dan ortiq jumboqli topshiriq va krossvordlar berilgan. Jumboqli topshiriqlarni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasining imkoniyatlarini hisobga olishi, ba’zi topshiriqlarni yechish ga bolalarni oldindan tayyorlashi, ya’ni jumboqli topshiriqni kattalashtirilgan nusxasini ko‘rsatib, undagi ba’zi o‘rinlarni izohlashi maqsadga muvofi qdir. Masalan, darslikning 12-13-betlaridagi jumboqli topshiriq, «Ona-bola ish ustida» va «Erkin jonivorlarni
Maktab yoshdagi o'quvchilar og'zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta a) fonetik bilimga asoslangan xolda 1-sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish (tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni ajratish, orfoepik me'yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator orfografik malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo'ladi; g) fonetik bilim gapning ohangiga ko'ra to'g'ri aytish, logik urg'u va gap qurilishidagi pauzalarga rioya qilish uchun zarur; d) so'zning tovush tomonini bilish, uning ma'nosini tushunish va nutqda ongli qo'llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas va atlas so'zlari ma'nosidagi farq faqat urg'u orqali ajratiladi. So'zning tovush tomonini tasavvur qilish so'zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va qo'llash uchun zarur. O'qituvchi boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so'zni aniq va to'g'ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko'pincha so'zni tovush tomondan analiz qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'quvchilari fonetik-grafik ko'nikmalar hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar; so'zni bo'g'inlarga bo'lish, urg'uli bo'g'inni ajratish ko'nikmalariga ega bo'ladilar. Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o'zlashtiradilar, ammo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'g'inlarga bo'lishni,so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1-sinf o'quvchilarida so'znito'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlarga bo'lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniqaytish ko'nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o'z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so'z tarkibida bir-biriga ta'siri kabi ayrimelementar bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi. 1-sinfda fonetika va grafikani o'rganishga katta o'rin beriladi, chunki o'quvchilar o'qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda, asosan, mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. Download 67.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling