Mavzu: Savod o`rgatishda pedagogik texnalogiyalarni qo`llash. Reja: I. Kirish. I-bob. Savod o`rgatishda pedagogik texnalogiyalarni qo`llash
Bolalarni savodga o’rgatish orqali nutqini o’stirish
Download 67.04 Kb.
|
Savod o`rgatishda pedagogik texnalogiyalarni qo`llash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANTONIM SO‘ZLAR” O‘YINI
- AVVAL NIMA BO‘LGAN EDI” O‘YINI
2.3. Bolalarni savodga o’rgatish orqali nutqini o’stirish.
Grammatika bolalarning rammatik nutqini о‘zlashtirish jarayonida strategik о‘rin tutadi, zero «Grammatika – shunday vositalar repertuariki, uning vositasida birinchidan, mustaqil narsalar va fikrlar о‘rtasidagi munosabatlar muayyan qoidalar asosida ifodalanadi, о‘zgadan, muayyan qoidalar asosida yangi sо‘zlar hosil bо‘ladi» (L.V.Sherba). Shunday qilib, grammatik tizim nafaqat mantiqiy munosabatlar ifodalovchisi sifatida sintaksis va morfologiyani, balki sо‘z hosil qilishni ham о‘z ichiga oladi.Bolalarda grammatik operatsiyalar kо‘nikmalarini shakllantirish uchun bola о‘rganilayotgan tildagi u yoki bu grammatik elementlarni qо‘llashga zarurot bо‘ladigan о‘yinlardan foydalanish lozim: otlarning kо‘plikdagi soni, son – kо‘plik yoki birlikdagi otdir va boshq. О‘rganilayotgan tilning grammatik tuzilishini bola turli xil nutqiy faoliyat jarayonida о‘zlashtiradi. Bola sabab-oqibat, miqdor va boshqa munosabatlarni bilish orqali, bir vaqtning о‘zida ularni grammatik shakllar va tuzilmalar orqali ifodalash (birlik va kо‘plik, otlar kelishigi, fe’l zamonlar va turlari va boshq.) usullarini ham bilib oladi. Bola turli-tuman grammatik vositalarni о‘zlashtirib oladi (Qaratqich kelishigi qо‘shimchalari, sо‘z hosil qilishda kо‘plik son, suffikslar). Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о‘zlashtirganligining kо‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о‘rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо‘ydi. Ravonlikning asosiy kо‘rsatkichi sifatida sо‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni о‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega: - ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; - nutqni о‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; - nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо‘lishi kerak, xususan: ona tilini о‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо‘shilishi, о‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; - о‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim; - til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur; -nutqni о‘qitish bolalarning tilni о‘rganish bо‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо‘lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: -nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy о‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о‘zlashtirishining murakkab, kо‘p omilli jarayonidir; -nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; -bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, о‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о‘ziga xosliklarini kо‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir kо‘rsatishning eng samarali yо‘llarini tanlashi lozim. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar etarlicha fikrini aniq va ravon ifodalayolmasliklarining asosiy sababi shundaki: 1) bolalar nutqidagi nuqsonlarni bartara fqilish; 2)tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish; 4) so‘z birikmasi, lug‘at, gap ustida ishlash orqali og‘zaki va yozma nutq o‘stirish; 5)bog‘lanishli nutq ustida ishlashda o‘yin va mashq, mashg‘ulotlaridan foydalanish usullari ishlab chiqilmagan. Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi. Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim. “ANTONIM SO‘ZLAR” O‘YINI Bu o‘yin kata va tayyorlov guruhlarda o‘tkazilishi mumkin. O‘yin mashg‘ulot bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga samarai yordam beradi degan umiddamiz. O‘yin induvidual, guruh bilan ham o‘tkazilsa ham bo‘ladi. O‘yin sharti qo‘yidagicha: Tarbiyachi bolaga bir so‘zni aytadi, bola esa shu so‘zning qarama-qarshi ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, uzoq-yaqin va xokazolar. Odatda bollar o‘yin boshida biroz qiynaladilar, aytilgan so‘zga javoban, antonim emas sinonim so‘zlar bilan javob beradilar. Ammo o‘yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so‘nga bstrakt tushunchalarni ham osonlikilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar masalan: chaqqoon-yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsizvaxokazolar. “AVVAL NIMA BO‘LGAN EDI” O‘YINI Bu o‘yin shartiga ko‘ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo‘lganini aytishlari kerak. Masalan: jo‘ja-tuxum, ot – toychoq, kapalak – qurt kabilar. Bundan tashqari bitta dan ko‘p ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un – bug‘doy, uy – g‘isht – loy, stol – yog‘och – daraxt – urug‘, ko‘ylak – mato – ip – paxta – chigit tarzida o‘yin davom etaveradi. Yo`qoridagi tavsiya etilgan o‘yinlr orqali bolalarni mantiqiy fikrlash va tafakkurini rivojlantirish hamda ravon nutqga o‘rgatish mumkin. Download 67.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling