Mavzu: Sayfiddin Urmaviy, Qutpiddin Sheroziy, Mahmud Amiriy musiqaga doir ilmiy risolalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 50.56 Kb.
bet2/6
Sana28.01.2023
Hajmi50.56 Kb.
#1136302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayfiddin Urmaviy, Qutpiddin Sheroziy, Mahmud Amiriy musiqaga doir ilmiy risolalari

Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Sharq allomalarining musiqa ilmi va musiqa pedagogikasi rivojiga qo’shgan xissasi haqidagi ma’lumotlar ko’pgina tadqiqotchilar, professor o’qituvchilar tomonidan o’rganilgan. Ular o’z asarlari va maqolalarida ushbu mavzuga to’xtalib o’tganlar. Bu mavzuga oid ma’lumotlar O. Ibrohimovning “O’zbek xalq musiqa ijodi”, I. Rajabovning “Maqomlar”, T. Ye. Solomonovaning ” O’zbek musiqa tarixi”, N.D. Raxmatovaning “O’zbek musiqa adabiyoti”, K.Hashimov,S. Nishonova “ Pedagogika tarixi”, D.Yu. Saipovaning “Musiqiy pedagogika tarixi” va x.z kitob va o’quv qo’llanmalarda keltirib o’tilgan.
Kurs ishining maqsadi: IX – XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa ilmi va musiqa pedagogikasi rivojiga qo’shgan xissasini ochib berish.
Kurs ishining оb’yеkti: Sharq uyg’onish davri va undan keyingi asrlarga xos musiqa madaniyati va pedagogikasi soxasi.
Kurs ishining predmeti: IX – XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa ilmi va musiqa pedagogikasi rivoji.
Ishning nazariy-mеtоdоlоgik asоslari. Prеzidеnt Sh Mirziyoyev asarlari, binchi prezident I.A. Karimоv asarlari, tadqiqоt mavzusiga оid tadqiqоtchi оlimlar risоla va qo’llanmalari hamda darsliklar tashkil etadi.
Kurs ishi vazifalari: - mavzuga oid adabiyotlar, Ilmiy ishlar va elektron ma’lumotlar toʻplash va ularni bir-biriga taqqoslab oʻrganish;
- O’rta Osiyo Sharq uyg'onish davri va undan keying davrlardagi ilm-fan va madaniyat haqida tushunchalarga ega boʻlgan holda, mavzuga oid ma’lumotlarni umumlashtirib, xulosalar chiqarish;
- S.Urmaviy, Q.Sheroziy, M.Amiriylarning samarali ijod qilib, musiqa merosimiz rivojiga xissa qo’shgan allomalarning gʻoyalarini yoritib berish;
II. Asosiy qism
1.1. Safiuddin Urmaviyning musiqiy-nazariy merosi
Safiuddin Abdulmo‘min bin Yusuf bin Faxir al-Urmaviy al-Bag‘dodiy o‘rta asrlar musulmon sharqi xalqlarining buyuk musiqashunos olimi va bastakori edi. U Sharq musiqa ilmining, Forobiy va Ibn Sinodan keyingi eng yirik namoyondasi hisoblanadi. Safiuddin Abdulmo‘min Urmaviy buyuk Forobiy kabi musiqa ilmi va amaliyotida barobariga zabardast bo‘lgan. U 1216 yil Bag‘dod shahrida devon kotibi oilasida tavallud topdi. Uning otasi Abbosiy xalifa Mustasin Billoh saroyida xizmat qilib, asli Eronning Urmiya shahridan edi. Shu bois Safiuddin ham yoshligidan saroy muhitida tarbiya topib, o‘z davrining barcha bilim sohalari, ayniqsa musika va she’riyat sohasida yuqori bilimlarga ega bo‘ldi. Safiuddin Urmaviy 19 yoshligida mohir ijrochi, hofiz va mashhur bastakor bo‘lib tanilgan. Safiuddin Urmaviyning musiqiy iste’dodi, bilim va mahorati haqida o‘z davrida va keyingi zamonlarda ko‘plab rIVoyatlar paydo bo‘lgan. Safiuddin boshqa ilmlarda, xususan, aniq fanlar, she’riyat borasida ham katta shuhrat qozongan. Zamonasining yirik matematigi Nasriddin Tusiy asarlari Safiuddin ijodiga zo‘r ta’sir ko‘rsatgan va uning musiqaviy qarashlarida ratsionalistik g‘oyalarning yuksakka ko‘tarilishiga olib kelgan.
1258 yili Bag‘dodni mo‘g‘ullar egallagandan so‘ng, Urmaviy Xulaguxon saroyida saroy musiqachisi sifatida keyinchalik esa buyuk vazir Alouddin Atoulmulk al-Juvayniy, so‘ng uning ukasi
Shamsiddin Atoulmulk xonadonlarida xizmat qiladi. Uning «Kitobul-advor» («Musiqa va ritm doiralari kitobi»), «Risalatush-Sharafiya» («Sharafli risola») asarlari Shamsiddin Atoulmulkning o‘g‘li Sharafiddinga bag‘ishlab yozilgan. Bu ikki asar Urmaviyning musiqaga oid eng mashhur asarlaridir.
U o‘zidan oldin o‘tgan olimlar Forobiy, Ibn Sino meroslarini ijodiy o‘zlashtirib, musiqa ilmini yangi pog‘onaga ko‘targan.
«Kitabul advor» vazir al-Juvayniy buyurtmasi asosida yozilgan bo‘lib, uning eng qadimiy nusxasi 1236 yili ko‘chirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda Turkiyada saqlanmoqda. Yana bir nusxasi 1466 yil Hirotda Navoiy butortmasi asosida ko‘chirilgan; Ayni vaqtda u Toshkentda UzFAShI kutubxonasida inv. № 2795 raqami ostida saqlanmoqda. Asar qisqacha muqaddima va 15 fasldan iborat. Muqaddimada Urmaviy kitobning yozilish tarixi, uning maqsad va vazifalari haqida gapiradi.
1-fasl musiqiy tovushning vujudga kelishi, nag‘ma ta’rifi va uning pastu-baland sabablari masalalariga bag‘ishlangan.
«Kitobul-advor»dan keyin bitilgan deyarli barcha risolalar uning tuzilishi va mazmuniga asoslanadi.
Urmaviyning ilmu ta’lif borasidagi qarashlari Sharq musiqasida xozirgacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Bu ta’limotning xususiyati nimadah Agar Forobiy va Ibn Sino musiqaning parda tuzilish tizimini empirik asosda (ya’ni tajribaga tayanib) tuzgan bo‘lsalar, Urmaviy bu jihatdan mafkuriy g‘oyalarni oldinga suradi. U Forobiy va Ibn Sino tovushqatorlari asosida katta-kichikligi turlicha bo‘lgan pardalar yotsa, Urmaviy ularni bir xilda teng taqsimlashni joriy qiladi. Oldingi nazariyaga ko‘ra, jins pardalari turlicha bo‘lganligi sababli, ularning faqat mos keladiganlarigina o‘zaro ulash mumkin bo‘lgan. Safiuddin tizimida jins iitervallar yagona negizdan hosil bo‘lganligi uchun ularning barchasini bir-biriga qo‘shish imkoniyati tug‘iladi va shu tufayli jinslardan hosil bo‘ladigan ja’mlar doirasi nihoyatda kengayadi.
Safiuddin Urmaviy tovushqatorida, oldindan ma’lum bulgan I baqiya (nisbati 243/256) intervali asos qilib olinadi. Jinsning butun pardalari (mutlaq-sabboba va sabboba-binsir oralari) uning yordamida bo‘linadi. Har bir butun pardadan ikki baqiya va kichik qoldiq – fazla intervali xosil bo‘ladi.
Muxim tomoni shundaki, fazla mustaqil parda sifatida qo‘llanilmaydi, balki boshqa intervallarning tarkibiga qo‘shilib, ularning moxiyatini o‘zgartiradi. Fazlaning ahamiyatini ma’lum darajada rus alifbosining yumshatish va ayirish belgilariga qiyos qilish mumkin. Bu belgilarning mustaqil fonetik ahamiyati bo‘lmasa ham, boshqa harflarga qo‘shilib, so‘z mazmunini tubdan o‘zgartiradi. Fazla yordamida butun va yarim pardalarning katta va kichik variantlari hosil bo‘ladi. Baqiyayi sig‘ar, Baqiyayi kubar, Mujannab, Taniniy 90 tsent 114 tsent 180 tsent 204 tsent kabi.
Shunday qilib, xilma-xil pardalarning o‘rniga, ularni teng bo‘lingan variantlari ishlatiladi. Ushbu intervallarning turli tartibda joylashuvidan Safiuddin Urmaviy to‘rt pog‘onalik jinslarning 7, besh pog‘onalik jinslarning 13 turini hosil qiladi.
Urmaviy birinchi bo‘lib, 17 pardali ud cholg‘usining tovushqatorini tartibga keltirdi. Yuqorida qayd qilinganidek, Safiuddin tizimida barcha jinslar o‘zaro ulanishi mumkin. Demak, nazariy jihatdan jamlarning soni 91-ta bo‘ladi (bu raqam to‘rt pog‘onali va besh pog‘onali jinslarning ko‘paytiruvidan kelib chiqadi 7x13 x 91). Lekin bulariing hammasi ham amalda ishlatiladigan jam’lar emas. Amalda ishlatiladiganlari esa o‘zining ohangdorligiga qarab turlarga bo‘linadi. Jam’lar mutanosibligi esa undagi sof intervallarning miqdoriga qarab belgilanadi. Agar jam’dagi sof intervallar (oktava, kvinta, kvarta) yig‘indisi bosqichlar soniga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa, bu toifa-maqomlar deb yuritiladi. Shu tariqa 91 jamning 12-tasi maqomlar kategoriyasiga kiradi. Musiqa ilmida jam’larning eng oliy navlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Maqom iborasi birinchi bo‘lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. Sharq musiqasida keng tarqalgan «O‘n maqom tizimi» ham ana shundan boshlanadi. Olim quyidagi parda maqomlarni tasnif etgan: Ushshoq, Navo, Busalik, Rost, Iroq, Isfaxon, Zirafkand, Buzurg, Zangula, Rohaviy, Husayniy, Hijoz. Bularga qo‘shimcha 6-ta ovoza mavjud bo‘lgan: guvosht, gardaniya, salmak, navro‘z, moh, shahnoz (ovozalar yukoridagi maqom-advorning ma’lum bir bo‘lagidir). Keyinchalik atoqli tojik mutafakkiri Abdurahmon Jomiy (XV asr) 12 maqomni ustozona mumtoz musiqaning eng qadimiy yullari deb biladi.
Urmaviyning iqo’ ta’limoti o‘z davri musiqa amaliyotining ritmik tizimiga asoslanadi. U barcha usullarni 6 xil davrlarga ajratadi: saqili avval, saqilus-soniy, hafifus-soniy, ramal, xafifur-ramal, xazaj.
O‘n yetti pog‘onali tovushqator xususida zamonamiz musiqashunoslari orasida turli baxslar haligacha davom etib kelmoqda. Ayrimlar Sharq musiqasi, jumladan, o‘zbek musiqasining xususiyatlarini faqat shu o‘n etgi pog‘onali tovushqator aks ettirishi mumkin va uning nazariy asoslari ham shunga tayanib, ochib berilishi lozim deb tushunganlar.
Shunday qilib, Safiuddin Urmaviyning musiqaga bag‘ishlangan risolalari Sharq xalqlari, shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati, xususan maqomlar tarixida alohida boskichni tashkil etadi. Olimning xizmatlari yana shundan iboratki, u o‘zining o‘tmishdoshlari mulohazalariga tanqidiy qaradi, shu bilan birga Sharq musika nazariyasini yangiliklar bilan boyitdi, unga aniqliklar kiritdi hamda musiqa madaniyati taraqqiyotiga bebaho ulush ko‘shdi. Bu narsa, Urmaviydan keyinroq yashab ijod etgan ulkan qomuschi olim Mahmud Shsroziyning asarida ham ko‘rsatib o‘tiladi.
XII asrdan boshlab Al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino musiqa nazariyalari zamirida mahalliy tillarda musiqa fani haqida qator asarlar maydonga kela boshladi. Xorazmlik olim Ar-Roziiy o’zining XII -asrda yozgan «Jomeh’ul-ulum» qomusining bir bo’limini musiqa faniga bag’ishlagan. XIII - asrda Muhammad Ibn Mahsud ash-Sheroziy (1236-1310) «Dar ilmiy musiqiy», Sayfutdin Abdul Mo’min al Urmaviy (1294 yilda vafot etgan) ning «Risolatun Sharafiya» kabi asarlari ham musiqaga bag’ishlangan. Musiqa ilmi bilan o’rta asr olimi Muhammad al Amuliy ham shug’ullangan Zamonamizning atoqli musiqashunos olimi san’atshunoslik doktori Ishoq Rajabov (1927-1982) XIII- asrda maydonga kelgan al-Urmaviyning «Risolatun Sharfiya», Ash-Sheroziyning «Dar ilmiy musiqiy» asarlariga ilova qilingan va ud sozi uchun yozilgan qadimiy musiqa notalarini shartli belgilar bilan hozirgi zamon notasiga o’girishda tajribalar o’tkazdi. Muhim ahamiyatga ega bo’lgan bu tadqiqotda XIII-asrda notaga olingan qadimiy musiqa tuzilishini hozirgi zamon o’zbek kuylariga juda yaqinligi aniqlangan.
Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida shakllangan bo‘lib, ular o‘z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berganlar. Forobiyning (873-950) “Katta musiqa kitobi”, Ibn Sinoning (980-1037) “Davolash kitobi” qomusidagi “Musiqa haqida risola”, Al-Xorazmiyning (X) asr “Bilimlar kaliti”, Safiuddin Urmaviyning (1216-1294) “Oliyjanoblik haqida kitob” yoki “Sharafiya” kitobi, A.Jomiyning (1414-1492) “Musiqa hakida risola” kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg‘ulari haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan.

Download 50.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling