Mavzu: Sayfiddin Urmaviy, Qutpiddin Sheroziy, Mahmud Amiriy musiqaga doir ilmiy risolalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


III. Qutbiddin Sheroziyning hayoti haqida qisqacha ma`lumot


Download 50.56 Kb.
bet4/6
Sana28.01.2023
Hajmi50.56 Kb.
#1136302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayfiddin Urmaviy, Qutpiddin Sheroziy, Mahmud Amiriy musiqaga doir ilmiy risolalari

III. Qutbiddin Sheroziyning hayoti haqida qisqacha ma`lumot
Qutbiddin Sheroziy matematika, astronomiya, geografiya, falsafa, tibbiyot, tasavvuf, islom fiqhi, aqida, tilshunoslik, notiqlik, musiqa nazariyasi va boshqa fanlarga oid asarlar qoldirgan.
Qutbiddin Sheroziy 1236 yilda Eronning Kozarun shahrida mashhur so‘fiylar oilasida tug‘ildi. Uning otasi, Ziyouddin Mas'ud Kozaruniy, tabib hamda kozaruniylik tariqatining nufuzli vakillaridan biri edi. Qutbiddin o‘zining so‘fiylik hirqasini (so‘fiylar yopinchig‘i) murshidi Shahobiddin Umar Suhravardiydan olgan. Qutbiddinga o‘n yoshida otasi, keyinroq esa o‘sha davrning mashhur so‘fisi Nijbuddin Bozgushiy Sheroziy tomonidan marhamat belgisi sifatida hirqa kiydirilgan. Qutbiddin Sheroz shahridagi Muzaffariy kasalxonasida tibbiyot bilan shug‘ullanib dars berib kelgan otasi rahbarligida tibbiyotni o‘rganishni boshladi.
Ziyouddin vafot etganida, Qutbiddin 14 yoshda edi va u otasining o‘rniga kasalxonada ko‘z shifokori etib tayinlandi. O‘n yildan so‘ng tibbiyot sohasidagi faoliyatinini tark etib, o‘z vaqtini taniqli matematik va astronomi Nosiruddin Tusiy (1201-1274) boshchiligida qo‘shimcha ta'limga bag‘ishlay boshladi. Tusiy Xulaguxondan Marog‘a shahrida rasadxona qurish uchun ruxsat olib, unga boshliq etib saylanganda, o‘z shogirdini ham o‘zi bilan birga olib keldi. Yangi rasadxonada ishlashni boshlagan Qutbiddin ustozi Tusiy rahbarligida astronomiyani o‘rganib, ustozi bilan teng obro‘ga ega bo‘ldi. Yangi astronomik jadvallar (zij) ularning muhim ilmiy loyihalaridan biriga aylandi. O‘zining vasiyatida Tusiy hattoki o‘z o‘g‘liga zijni tamomlash uchun Qutbiddin bilan birga ishlashni maslahat bergan.
Qutbiddinning Marog‘ada qolishi ko‘p muddatga cho‘zilmadi. Keyinchalik, u ilm izlab Xuroson, Qazvin, Isfahon, Bag‘dodga safar qildi; so‘ngra o‘sha paytda Jaloliddin Rumiy yashagan Ko‘nyaga yo‘l oldi. Sheroziy u bilan uchrashishni juda xohlar va hatto kitoblardan topa olmagan savollarini ham tayyorlab qo‘ygan edi. Ammo Mavlononi ko‘rgach, hamma narsani unutib qo‘ydi. Ko‘nyada Qutbiddin mashhur olim Sadriddin Kunyaviydan dars olgan.
Bu shaharda bo‘lgan chog‘ida Sheroziy vazir Sulaymon Parvoniyning e'tiborini qozonib, avval Sivasga, keyinchalik esa Malatyaga bosh qozi etib tayinlandi. Sivasda Moviy madrasada matematika, astronomiya, optika va diniy fanlardan ham dars berdi.
1282 yilda Sheroziy Xulagiylar ilxoni Ahmad Tekudor nomidan Misrning mamluk sultoni Sayfuddin Qalavunga elchi bo‘lib tayinlandi. Ilxon Arg‘un Xonning buyrug‘i bilan esa Qutbiddin Kichik Osiyo bo‘ylab sayohat qilib, bizgacha yetib kelmagan Yaqin Sharq xaritasini tuzdi.
Shundan so‘ng Qutbiddin bir muncha vaqt Damashqda yashadi va umrining so‘nggi yillarini Eronda o‘tkazdi. Tabrizda u Marog‘a rasadxonasining vorisiga aylangan bir rasadxonada ishladi. Ushbu shaharda u 1311 yilda vafot etdi va Chorandob qabristoniga dafn etilgan.
Sheroziy nafaqat matematika, optika, fizika, astronomiya sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullangan, balki din olimi va faylasuf ham bo‘lgan. Uning optika masalalariga bo‘lgan munosabati qiziq edi. U ularni tasavvuf va Ishroqiya falsafasi nuqtai nazaridan asoslab berdi. Unga ko‘ra asosiy narsa ratsional bilim emas, balki «ma'rifat»dir. Olimning yutuqlaridan biri – bu kamalak paydo bo‘lishining sabablarini tushuntirib berishidir. Astronomiyada u ustozi Tusiy tomonidan yaratilgan sayyoralar modelini takomillashtirib bordi.
Tibbiyot sohasida Qutbiddin Ibn Sinoning «al-Qonun» asarining sharhlovchilaridan biri sifatida tanildi. Shuningdek, u o‘z davrining taniqli so‘fiylaridan edi. Shihobiddin Suhravardiyning «Hikmatul ishroq» sharhi unga tegishlidir. U matematika, astronomiya, geografiya, falsafa, tibbiyot, tasavvuf, islom fiqhi, aqida, tilshunoslik, ritorika, musiqa nazariyasi va boshqa fanlardan ko‘plab asarlar qoldirgan.
Sheroziy nafaqat turli sohalardagi chuqur bilimlari bilan, balki hazilkashlik va saxiylik sifatlari bilan ham ajralib turgan.

Download 50.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling