Mavzu: Sayfiddin Urmaviy, Qutpiddin Sheroziy, Mahmud Amiriy musiqaga doir ilmiy risolalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Ulug` allomalarning ilmiy risolalari


Download 50.56 Kb.
bet5/6
Sana28.01.2023
Hajmi50.56 Kb.
#1136302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayfiddin Urmaviy, Qutpiddin Sheroziy, Mahmud Amiriy musiqaga doir ilmiy risolalari

2.1. Ulug` allomalarning ilmiy risolalari
Ilmi iyqo (arab — iyqo haqidagi ilm) — ilmi musiqiyning tarkibiy qismi. Yaxlit va tugal nazariya sifatida Abu Nasr Forobiyning asarlari ("Kitobul musiqa al-kabir", "Kito-bul iyqoʼot", "Kitob fi ixsouliyq-oʼot" va b.)da ilk marotaba ilmiy asoslab berilgan va keyinchalik, Ibn Sino ("Kitob ash-shifo") va Qutbiddin ash-Sheroziy ("Durratut-Toj li gʻurratid-diboj") risolalarida rivojlantirilgan. I.i. taʼlimotining asosiy un-suri — naqr (nuqta, eng kichik va boʻlinmas zamon)dir. Davr tarkibidagi naqrlar soni va sifati jihatidan iyqolar ikki sinfga boʻlinadi: muvas-sal (ulangan, uzluksiz) va mufassal (boʻlingan, ayrilma). Har bir sinf, oʻz navbatida, bir necha turlardan iborat. 10-asr badiiy ijodiyotida qoʻllanilgan jami ritmik shakllarni Forobiy 12 asl (usul)ga asoslangan yaxlit iyqolar tizimi sifatida bayon etgan. Mazkur 12 usullar musiqiy amaliyotda doimo yangicha badiiy estetik sifat ("vujud al-afzal") darajasida namoyon boʻladi. Iyqo usullariga turli ritmik, akustik, dinamik vositalar yordamida kerakli badiiy mazmun kiritish maʼdulot (tenglamalar) yoki tagʻiyrot (oʻzgartuvlar, almashtiruvlar) deb ataladi. I.i.ning taʼlimoti "Forobiy jahonda birinchi boʻlib ilgari surgan geni-al goya edi" (J.D.Sava). Badiiy vaqt ("al-on")ning yaxlitligi haqidagi Forobiyning fikriga Gʻarbiy Yevropa olimlari 20-asrning 2-yarmidagina (Klod Levi Stross, Susanna Langer va b.) yetib kelishdi va tan olishdi.
Al-Husayniyning XV asr Musiqiy kanonlarida asosan O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan ikki torli musiqa cholg‘usi - dutor haqida ma’lumot berilgan. Qutbiddin ash-Sheroziy (1236-1310) eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo‘lib, o‘z risolasida kamonchali tanbur haqida ibratli mulohazalar bildirgan hamda inson ovozini musiqa cholg‘ulari ichida eng yoqimlisi deb hisoblangan. XVII asrda yashagan buxorolik musiqashunos Darvish Ali3 o‘z risolasidagi tanbur, chang, qonun, borbat, chag‘ona, ud, rud, rubob, qobuz, g‘ijjak, shemane, ruxavza, kungura kabi musiqa cholg‘ulari haqida batafsil ma’lumot bergan.
XII asrdan boshlab Al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino musiqa nazariyalari zamirida mahalliy tillarda musiqa fani haqida qator asarlar maydonga kela boshladi. Xorazmlik olim Ar-Roziiy o’zining XII -asrda yozgan «Jomeh’ul-ulum» qomusining bir bo’limini musiqa faniga bag’ishlagan. XIII - asrda Muhammad Ibn Mahsud ash-Sheroziy (1236-1310) «Dar ilmiy musiqiy», Sayfutdin Abdul Mo’min al Urmaviy (1294 yilda vafot etgan) ning «Risolatun Sharafiya» kabi asarlari ham musiqaga bag’ishlangan. Musiqa ilmi bilan o’rta asr olimi Muhammad al Amuliy ham shug’ullangan Zamonamizning atoqli musiqashunos olimi san’atshunoslik doktori Ishoq Rajabov (1927-1982) XIII- asrda maydonga kelgan al-Urmaviyning «Risolatun Sharfiya», Ash-Sheroziyning «Dar ilmiy musiqiy» asarlariga ilova qilingan va ud sozi uchun yozilgan qadimiy musiqa notalarini shartli belgilar bilan hozirgi zamon notasiga o’girishda tajribalar o’tkazdi. Muhim ahamiyatga ega bo’lgan bu tadqiqotda XIII-asrda notaga olingan qadimiy musiqa tuzilishini hozirgi zamon o’zbek kuylariga juda yaqinligi aniqlangan.
Tarix zarvaraqlariga nazar solganimizda ulug’ bobomiz Amir Temur davrida ham madaniyat va san’at rivojlanganligini guvohi bo’lamiz.
Ayniqsa Abdulqodir Marog’iyning Shom davlatidan olib kelib saroy musiqachilarining rahbari etib tayinlanganligi ham uning musiqa san’atiga ixlosmand bo’lganligidan dalolat beradi. XVII- asr musiqa tarixchisi Darvish Alining ma’lumotiga qaraganda Xoja Abdulqodir Marog’iy isfaxonlik bo’lib, o’sha davr Sharqining buyuk musiqa olimi, bastakor va nazariyotchisi edi. U Samarqandga kelgach, saroy teatri va musiqasiga rahbarlik qildi. Samarqandda o’z maktabini yaratdi, ko’plab shogirdlar tayyorladi va musiqiy taraqqiyotga katta hissa qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Zubdatul advor», «Maqosidul ilhon» nomli kitoblar yozilganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud bo’­lib, Darvish Ali yana «Miatayin» nomli musiqa to’plami yaratgani haqida ma’lumot beradi.
Udning kvartaga mos sozlangan besh qo‘sh tori va etti maqomi (parda-ladi) haqida Sheroziy (1236-1311), Jomiy (XV asr), Al-Husayniy, Marog‘iy, Ibn Sinolar yozishgan. Jomiyning “Musiqa haqida risola”sida keltirilgan ud dastasining to‘la chizmasi uni sozlash haqida to‘liq tasavvur beradi. Uning tasdiqlashicha mavjud o‘n ikki (12) maqom qadimiy etuk musiqaning asosidir. Jomiy musiqaning tinglovchilarga ta’siri haqida to‘xtalib, uning chuqur ruhiy va ma’naviy ahamiyati bor, deb hisoblaydi.
Marog‘iyning XIV asrda yaratilgan “Kanz al Tuhaf” risolasida g‘ijjak va rubob haqida qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Masalan, Marog‘iy o‘zining risolasida g‘ijjak yasash usuli (texnologiyasi) haqida ma’lumot beradi. Olimning tasdiqlashicha ipak yoki pay torlar jez torlarga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang chiqarishi mumkin ekan.
Qo‘sh torli cholg‘u dutor haqidagi ilk ma’lumotlar Al-Husayniyning XV asrda yaratilgan musiqa kanonlarida uchraydi. “Dutor” atamasining paydo bo‘lishiga uni shaklan o‘xshash, ko‘p torli boshqa cholg‘ulardan (ozarbayjoncha soz, tanbur, ud kabi) farqlash asosiy sabab bo‘lgan.
O'zbek adabiyoti tarixida „Qo'qon adabiy muhiti" deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo'qonxoni (1810—1822), iqtidorli shoir va e'tiborli siyosiy arbob Umarbek 1787- yilda ming urug'ining xonlik taxtiga to'g'ridan-to'g'ri daxldor vakillaridan biri Norbo'tabiy xonadonida tug'ildi. Bolaligidan barcha aslzodalarga xos puxta ta'lim olgan Umarbek zamonasining yetuk ustozlaridan bo'lmish Muhammad Yoqub qo'lida juda chuqur tahsil ko'rgan. Tasavvuf ilmidan atroflicha xabardor ustozi shogirdni ham shu yo'lda bir muncha dardlagani uchun bo’lsa kerak, keyinchalik Mahmudyozgan asarlarda so'fiylik izlari yaqqol ko'zga tashlanadi.
Umarbek madrasada tahsil olayotgan yillarda Qo'qon xonligi taxtida uning tug'ishgan akasi Olimxon o'tirar edi, Yoshligidan davlat ishlarida qatnashib yurgan Umarbek madrasa ta'limini tugallab, akasi saroyida xizmat qila boshladi. O'sha vaqtdayoq o'z tabiatidagi qator fazilatlari bilan atrofidagilarning* chuqur ehtiromiga sazovor bo'ldi. Umarbek bilimdon va ma'rifatli ziyoligina emas, balki eng chigal siyosiy vaziyatlardan chiqib keta oladigan mohir siyosatchi ham edi. Shu sababli bo'lsa kerak, akasi uni 1807- yilda Farg'ona hokimi qilib tayinlaydi. Shu yillari u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning oqila va go'zal qizi Mohlaroyim — bo’lajak mashhur shoira Nodiraga uylanadi.
1810-yilda mustaqillik uchun bosh ko'targan Toshkent hokimligi ustiga qo'shin tortib, yo'lga chiqqan Olimxon o'ldiriladi va taxtga Mahmudchiqadi. Shundan boshlab, to umrining oxiriga qadar o'n ikki yil mobaynida Mahmudsaltanatni so'raydi. Mahmudhukmdor sifatida ham qator xayrli ishlarni amalga oshirgan. Chunonchi, u o'zboshimcha beklarni tinchitishga, ularning e'tiborini obodonchilik va yaratish ishlariga qaratishga erishadi. Mahmudhukmronligi davrida uning tashabbusi va moliyaviy homiyligida madrasalar, maktablar, karvonsaroylar qurildi. Xon davlat chegaralarini kengaytirish va mustahkamlash borasida ham bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, Rossiyadan keladigan tahdidlarni bartaraf etish uchun Oqmachit qal'asini qurdirdi. Mahmudhozirda Andijon viloyatiga qarashli Shahrixon shahriga asos solgan. Bir necha qishloqlar bino qildi. Bir qator ariqlar qazdirib, yangi yerlar ochdirib, xalqining hayotini yaxshilashga urindi.
Mahmud Amiriy taxallusi bilan she'rlar yozgan. Uning o'zi ijod bilan shug'ullanibgina qolmay, u bilan bir davrda yashagan ijodkorlarga qilgan homiyligi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Uning davrida Uvaysiy, Nodira, Dilshod Barno singari ayol shoiralarning ijod qilishiga imkon tug'dirildi. Shuningdek, Akmal, Gulxaniy, Maxmur, Fazliy, Mushrif, Mirzo Qalandar, Mulla Abdukarim, Xon va boshqabir qator shoirlar ijodi ravnaq topdi. „Majmuat ush-shuaro" tazkirasi Amiriy homiyligida dunyoga keldi. Uning saroyi ma'rifat va ijod ahli uchun ochiq edi.
Amiriy Alisher Navoiyga ergashib, undan kuchli ta'sirlangan holda ijod qildi. Navoiyning yigirma besh g'azaliga taxmis bog'laganligi uning buyuk mutafakkirga asl munosabatini ko'rsatib turadi. Ayni vaqtda, uning o'z uslubi, o'z ifoda yo'sini bor edi. Shu jihatlar uning asarlarini bugungi kun o'quvchisiga ham o'qimishli qiladi. Mahmudhayotligida devon tartib etgan shoirdir. Amiriy mashhur shoira Nodirabegimning umr yoidoshi ekanidan tashqari, Xon taxallusi bilan she'rlar yozuvchi Madalixonning otasi ham edi. Amiriyning Nodirabegim bilan ijodiy hamkorligi juda davomiy va sermahsul bo'lgan. Bu holni Nodira devonining debochasidagi e'tirofdan yaqqol bilib olish mumkin. Nodira devon debochasida yozadi: „...goho ul hazrat ba'zi toza mazmunlardan bir misra bilan savol tariqasida so'rar erdilar, ...misra bilan javob aytur erdim va tabiatlarini xush qilur erdim. Biri buldurkim, bir kun savol qildilarkim, misra: „Nega arbobi xirad ahli junundin ori bor?" Javob aytdimki, misra: „Kim bular uryon, alarning jubbau dastori bor".
Shoir Amiriy 1822- yilda 35 yoshida vafot etgan.
Lirikasi. Amiriyning juda uzoq yillardan buyon mashhur „Chorzarb" kuyiga solinib, qo'shiq sifatida aytib kelinayotgan „Qoshingg'a teguzmagil qalamni" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida shoir lirikasiga xos xususiyatlar to'liq mujassamlanganini qayd etish o'rinli bo'ladi. Inson ruhiyatining turfa holatlarini nozik his qiladigan Amiriy she'riyatining hayotsevarlik, umidbaxshlik jihatlari g'azal matla'sidayoq yaqqol ko'zga tashlanadi:
Qoshingg'a teguzmagil qalamni,
Bu xat bila buzmagil, raqamni.
Yorning qoshi qalam tekkizilmasa ham qop-qora. Uning rangi oshiqning taqdiriga o'xshab ketadi. Xalqda kishining taqdiri avvaldan yozib qo'yiladi degan qarash bor. Shu bois yor qoshiga qalam tegsa, taqdir raqamlari, bitiklarining o'zgarib ketishidan cho'chiydi. Oshiqning xavotiri shundan. U, qora bo'lsa ham, muhabbat taqdiridan rozi. Keyingi baytda oshiq yorni butparastlar sig'inadigan sanamlarday ilohiy qudratga egaligini chiroyli yo'sinda aks ettiradi. Uchinchi baytda esa, ma'shuqadan oshiqqa rahm (tarahhum) etish o'tiniladi. Shoir tasvirni baytma-bayt kuchaytirib boradi. Shu bois to'rtinchi baytda oshiqning ko'ngil qushi ov qilinmasligi so'raladi:
Ko'nglum qushi toyiri hariming,
Sayd etma kabutari haramni.
Qahramonning ko'ngil qushi ma'shuqaning haramiga asir bo'lgan, kabutarday titroq jonni ovlash insofdan emas. Keyingi baytda ohang yengil ko'rinsa-da, ifoda o'ta murakkab:
To bevatan o'lmasin ko'ngullar,
Zulfungdin ayurma pech-u xamni.
Oshiqning ko'ngil qushi yor zulfining tuzoqlariga ilinib yotishni saodat biladi va ma'shuqadan sochining buramlari (pech-u xam)dan ayirmaslikni tilaydi. Undan keyingi baytda sevgilisini kutaverib, yo’lning changiga aylangan oshiq holatidan nolinadi:
Yo'lungda g'ubori roh bo’ldim, Boshimga yeturmading qadamni.
Mumtoz she'riyat odobiga ko'ra ma'shuqadan hech narsa talab etish, uni uyaltirish mumkin emas. Shu bois oshiq oyog'ing boshimga tegmadi, deydi. Bu ifoda, aslida, biz tomonga sira kelmading degan ma'noni bildiradi. G'azal maqta'sida shoirning poetik iste'dodi yaqqol namoyon bo'ladi. U qoidaga ko'ra so'nggi baytda taxallusini keltirishi kerak edi. Taxallus bo'lmish Amiriy so'zi esa, o'z-o'zidan hukmfarmolikni ifodalardi. Holbuki, oshiq mute bo'lishi, unda hokimlikning nishoni ham bo'lmasligi kerak edi. Amiriy ustalik bilan bu ishning uddasidan chiqadi:
Iqlimi vafo Amiridursen,
Ey shoh, bu gadog'a qil karamni.
Shu tariqa, biror marta rkhm qilmagan ma'shuqa vafo amiriga, chin amir esa, marhamat kutguvchi gadoga aylanadi. G'azal maqta'sida ham tasvir tarangligi avj nuqtada saqlanib qolaveradi.
Amiriyning „Lab uyur takallumga, zulfingni parishon qil" misrasi bilan boshlanadigan g'azali ham aksar she'rlari singari ishqiy iztiroblar to'g'risida. Lekin dastlabki bayt hech kutilmagan yo'sinda huzurbaxsh holat ifodasi o'laroq yangraydi:
Lab uyur takallumga, zulfingni parishon qil,
Qand qiymatin sindur, narxi anbar arzon qil.
Yordan lab uyurib, ya'ni og'iz.ochib shirin so'zlari bilan qand qimmatini sindirish, zulfini parishon qilib, ya'ni sochlarini yozib, undan taralgan xush bo'ylar bilan mushki anbarning narxini tushirib yuborish so'raladi. Shunday qilinsa, o'z-o'zidan oshiqqa marhamat ko'rsatilgan bo'lardi. Shoir o'zini gadoga, ma'shuqani husn shohiga mengzaydi va har zamonda ko'z qirini tashlab, xayr-ehson qilishga chaqiradi:
Husn shohisen, jono, bu hazin gadolarg'a,
Ko'z uchi ila boqib, xayr birla ehson qil.
Go'zallik shunchalar qudratliki. yorning o'tli yuzi ta'sirida otashparast o'z dinidan chiqib musulmonchilikka kirib ketishi mumkinligi uchinchi baytda mahorat bilan tasvirlanadi. She'r shu tarzda ishq quwatining cheksizligini madh etish yo'sinida borib, maqta'ga kelganda yorning tengsiz go'zalligi va oshiqning unga bo'lgan cheksiz muhabbatining oshkor bo'lmasligi tilagi bilan yakunlanadi. Ya'ni odamning ko'ngliga tegishli tuyg'ular ko'ngil kabi pinhon boigani tuzuk:
Yor la'lidin harfe ayladim, Amir, insho,
Ey ko'ngul, bu gavharni jon ichinda pinhon qil.

Amiriyning „Tabibo, sharti o'ynab icharga bermog'in yandim,2 Labidin talx-u shirin so'z erur doruyi gulqandim" matla'li g'azalida ma'shuqa bergan azoblardan ruhiga taskin izlaydigan oshiq tuyg'ulari g'oyat o'ziga xos tarzda tasvir etiladi. Oshiq ikkinchi baytda yordan xorlamaslikni o'tinsa, keyingi baytda zulfiga taroq urishdan saqlanishni o'tinadi. Negaki, uning joni yor sochining har tdasigajpayvand bo'lib ketgan:


Kel, ey mashshota, rahm et, yor zulfig'a tarog'urma,
Erurjon rishtasidin oni har torig'a payvandim.
Keyingi qo'shmisrada oshiq shirin so'z yor uni bir og'iz so'z bilan tiriltirganidan quvonganini ifodalaydi. G'azal maqta'sida o'zining yorga qanchalik bog'lanib qolganini oldingi baytdagi timsolni davom ettirgan holda ifoda etadi:
Balodur zulfi purtobi, Amir, andin ko'ngul uzma,
Ki har torig'a bir payvand erur payvand-payvandim.
Amiriy ayrim g'azallarida ishq yo'lida iztirob chekayotgan va alamdan mayga ruju qo'ygan, visolni qadah tubidan qidirayotgan oshiqni toat-ibodatdan chalg’imaydigan zohidga qarshi qo'yadi. Bu tur g'azallari orasida „Qizartib chehra maydin oshiqi zoringni kuydirma" satri bilan boshlanadigan sheri diqqatiga molikdir. G'azalning ikkinchi baytida shoir zohidga murojaat qilib deydi:
Yonar o'tg'a xusumat aylasa bo'lg'aymu, ey zohid, Muhabbat ahlig'a dam urma, dastoringni kuydirma.
Xuddi yonayotgan o't bilan o'chakishib bo'lmaganidek, vujudi ishq otashida qovurilayotgan ishq ahliga toat-ibodatdan dam urib, sallani kuydirish mumkinligidan ogohlantiradi. Oshiqning boshini aylantirib imondan ayirgan yor soch tolalaridan kechmoqlik zohid so'ziga kirib belbog'ini kuydirgan nasroniyning ishiga o'xshash bo'lishi aytiladi:
Erur sargashtai maqsudi imon yor gisui,
Kirib zohid so'zig'a ushbu zunnoringni kuydirma.
G'azalning „Bel-u og'zi xayolin mug'tanim bo'lmaysan ey ko'ngul, Nakim yo'qdir anga shukr ayla, yo'q-u boringni kuydirma" satrlarida mumtoz adabiyotimizdagi an'anaviy tashbihlar yangi jilolari bilan namoyon bo'ladi. Har qanday mo'min, ayniqsa, so'fiy uchun noshukurlik kechirilmas ulkan ayb. Shu bois og'izning yo'qligi-yu, belning borligiga shukur qilmoq kerak. Aks holda, kishi yo'q-u boridan ayrilishi, imonsizlar qatoriga o'tib qolishi mumkin. G'azalning qolgan baytlarida ham tasvir maromi susaymaydi, oshiqning eng qaltis vaziyatlardagi holati nozik ifoda qilinishiga erishiladi.
Shoirning „Nega muncha siyohdur kokul" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida ham muhabbat tuyg'usi qalamga olingan.
She'rning lirik qahramoni o'z oldiga shu tariqa savol qo'yar ekan, mumtoz adabiyotda ham hech kimning xayoliga kelmagan yo'sinda unga javob topishga erishadi:
Nega muncha siyohdur kokul,
Magaram dudi ohdur kokul.
Qahramonning izohiga ko'ra, kokilning qoraligi oshiq ohining dudi tufayli bo'lishi ehtimol. Negaki, dud, ya'ni tutun hamisha qoraytiradi. Ehtimol, oshiqning yor oyog'i tagida chekkan adoqsiz ohlari dud bo'lib, uning boshiga qo'nganidan sochlari qoraygandir. Ikkinchi baytda shoir xayoloti parvozi yanada balandlashadi. Uning nazarida, qop-qora sochlar orasidan ko'ringan yor yuzi oppoq oyning qo'rg'onlashiga o'xshaydi:
Halqai zulfdin ko'rundi yuzi,
Holai badri mohdur kokul.
Oqlikni bo'rttirib ko'rsatish uchun qoralikdan ustalik bilan foydalana bilish uchun ulkan poetik iste'dod zarur bo'ladi. Keyingi baytlarda shoir kokilga „husn iqbolini yashirish" uchun kuloh, oshiqning yor xoli va xati, ya'ni labi ustidagi mayin tuklari tomonidan qatl etilishiga guvoh va husn mamlakati amiriga saltanatni boshqarishga dastgoh singari sifatlarni baxsh etadi. Muhimi shundaki, Amiriy tasvirning biror o'rnida zo'rakilik qilmaydi, tabiiylikka daxl yetkazmaydi, hayotiy va badiiy mantiqdan chekinmaydi.
Shoirning „Junun daryosi tug'yon aylamakni mendin o'rgandi" deb boshlanadigan g'azalida ham shu tasvir yo'siniga amal qilingan. Mubolag'aning g'uluv darajasidagi kuchaytirilgan ifodalari, ruhiy imkoniyatning chegaralariga qadar yuksalib borgan tasviriy miqyos Amiriy she'rlariga estetik ko'lam bag'ishlaydi. Ularni qamrovli, ta'sirchan, kutilmagan tashbihlarga boy bo'lishini ta'minlaydi:
Junun daryosi tug'yon aylamakni mendin o'rgandi, Talotum birla to'fon aylamakni mendin o'rgandi.
Odatda, she'riyatda inson xatti-harakat va ruhiy holatlarni tabiiy hodisalardan o'rganganligi tasvirlanardi. Bu o'rinda kutilmagan badiiy holat yuzaga keladi. Ya'ni tentaklik daryosi tug'yonni, toshqinni, guvillashni she'r qahramonidan o'rganganligi tasvirlanadi. Keyingi baytda matla'dagi tasvir necha bor quyuqlashadi:
G'am-u dard-u muhabbat gulshanida gul bila g'uncha,
Yaqo chok-u ko'ngul qon aylamakni mendin o'rgandi.
Muhabbat gulshanidagi gul to'kilmoqni, g'uncha yaqosini yirtmoqni oshiqdan o'rgangan ekan. Bu tasvir shiddati keyingi baytlarda ham ushlab turiladi. G'azal matniga kirib borgan sari oshiqning hech kimnikiga o'xshamaydigan fidoyi qiyofasi tobora ravshanlashib boraveradi. She'r yakuniga yaqinlashganda u Majnunga murojaat qilib, telbalik maktabida muallim ekanini va sahar ham kiyimlarini yirtishni, ya'ni tunni parchalab yorug'lik keltirishni undan o'rganganligini aytadi:
Muallimmen bukun savdo dabistonida, ey Majnun,
Sahar choki giribon aylamakni mendin o'rgandi.
G'azal maqta'sida shoir mumtoz ishqiy lirika tajribasida kamdan-kam bo'ladigan holatni beradi. Ya'ni oshiq dardiga davo topganini ifoda etadi:
Amir, ul oy g'amidin ayladim dardim ilojini,
Hakimi ishq darmon aylamakni mendin o'rgandi.
Amiriy lirikasida umrning g'animatligi, hayot imkoniyatlaridan o'z vaqtida foydalanish zarurligi ichki bir dard bilan ifoda etiladi. Lekin Amiriy qalamidan to'kilgan dard ezginlik bermaydi, balki hayotbaxshlik, umidvorlik paydo qiladi. Shoirning „Tushti tori zulfi yuzdin ko'nglum ichra pechtob" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida ham shu holatni kuzatish mumkin:
Tushti tori zulfi yuzdin ko'nglum ichra pechtob, Aylamish ko'ksum aro siymob1 yanglig' iztirob.
Amiriyning tasvir bobidagi mahorati matla'dayoq yaqqol ko'zga tashlanadi. Yor yuziga tushib turgan soch oshiqning ko'ngliga kirdi va uni tuzoq kabi domiga olgach, uning ko'nglida kilkillab turgan simobday iztirob paydo bo'ldi. Ayni „siymob" so'zini eritilgan kumush ma'nosida „kumush suv" deb ham tushunish mumkin. Yuqoridagi g'azallar tahlilida tabiiy narsalar odam holatiga o'xshatilgani aytilgandi, bu baytda ruhiy holat, ya'ni iztirob simobning yurishiga o'xshatiladi. Keyingi baytlarda ma'shuqaning chiroyi va uning oshiqqa ko'rsatgan ta'siri yuqorilab boradi va u:
Men nechuk savdo bilan rasvoyi olam bo'lmayin,
Telba bo'lg'oy mohi ruxsoringni ko'rsa oftob
deya o'z holatini „asoslash"ga urinadi. Chunki yuzini oftob ko'rsa, telba bo'lib qoladigan darajadagi go'zalni sevgan oshiqning jinnilik bilan „rasvoyi olam" bo'lishi ajablanarli emas. Butun she'r mobaynida shoirning tasvir mahorati bo'rtib ko'rinib turadi. Amiriy lirikasida badiiy tasvir mahorati, tamsillarning originalligi, ko'pfunksiyaliligi shoirning o'ziga xosligini ta'minlaydigan omillardirki, ular ijodkorni bugunga ham, kelajakka ham oshno qiladi.


Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, Farobiy risolasida o’zi yashagan davrda mavjud bo’lgan rubob cholg’usini ham batafsil tavsiflaydi. O’sha davrda sharqning taniqli mutafakkiri, Safiuddin Urmaviy musiqa ilmiy tizimini rivojlantiradi. U usta ud cholg’uchisi, xonanda va mohir bastakor sifatida ham mashhur bo’lgan.
Ud cholg’usida olib borgan tajribalariga tayanib olim o’z nazariy qoidalarini bayon etadi. Urmaviyning «Taqovodorlik kitobi»da ud – ta’rifi quyidagi so’zlar bilan boshlanadi: «Bilingki, cholg’ular orasida ud deb ataluvchisi eng mashhur va eng zamonaviydir». Xulosa qilib aytganda, tarixiy risolalarda tasviriy san’atda va adabiy merosda ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaluvchi musiqa cholg’ularining asosiy turlari haqida boy materiallar berilgan. Musiqa cholg’ulari yasovchi mohir ustalar: asrimiz boshlarida yashab ijod etgan usta Usmon Zufarov, usta Ro’zmat Isaboev va ularning qator shogirdlarida, xalq ustalari bir parcha yog’ochga, qamishga, suyakka yangi hayot ato etdilar. Ular yaratgan cholg’u – asboblari hozirgi kunda ham keng qo’llanilmoqda, xalqimizga xizmat etib, musiqa san’atimiz taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Tarixiy manbalarni ta’rif etar ekanmiz, hozirgi kunda ham musiqa cholg’ulari va ulardagi ijrochilik rivojlanib borayotganligini eslatib o’tishni lozim topdik. Qadimiy cholg’ulardan ud, qonun kabi cholg’ular va undagi jrochilik keyingi 15-20 yil ichida qayta tiklandi hamda ushbu cholg’u asboblari xalq cholg’ulari ansamblini boyitdi. Shuningdek, bu cholg’ularning qayta tiklanishi musiqa madaniyatimizning rivojida muhim o’rin tutdi.
Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san’atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug’ bobokalonlarimiz o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg’u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari alohida o’rin olgan.

Download 50.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling