Mavzu: Sharq u


Download 34.63 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1494784
Bog'liq
ma\'ruza B.s uzliksiz ta\'lim


Mavzu: Sharq uygonish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi
Reja:

  1. I X- XI asrlar- Sharq Uyg’onish davri

  2. . 2. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.

  3. 3. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.

  4. 4. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari.

  5. 5. Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida. .

SHarq ilk Uyg‘onish davri IX asrdan boshlanib XI asrgacha davom etdi. Bu davrinig buyuk olimiAbu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) osiyolik bir guruh mashhur olimlar singari Bag‘dod xalifalari – Abbosiylar sulolasidan bo‘lmish al-Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) va al-Vosiq (842-847) saroylarida yashab, ijod etdi. Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li alMa’mun (813-833) davrida. Bag‘dod SHarqning yirik va madaniy markaziga aylandi, ayniqsa, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi.
Bag‘dodda ochilgan “Baytul Hikma” (“Donishmandlar uyi”)ga Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya, Xorazm, SHosh, Forob, Marv, Qobul va boshqa qo‘shni o‘lkalardan kelgan olimu fozillar, shoiru tarjimonlar va hattotlar to‘plangan edi. “Baytul Hikma”ning ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlarining bir qancha asarlari arab tiliga tarjima qilindi, shuningdek, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya va boshqa fanlarga doir bebaho asarlar bitildi.
“Baytul Hikmat” huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan nodir kitoblar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga “akademiya”ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Muso alXorazmiy boshchilik qildi. “Baytul Hikma” kutubxonasidan tashqari uning ixtiyorida ikki rasadxona ham bo‘lib, ulardan biri Bag‘dodning SHamossiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida barpo qilingan edi. Al-Xorazmiy ana shu rasadxonani ham boshqarib, asosan falakiyot ilmi bilan shug‘ullanadi. Olim IX asrning 20-yillarida o‘zining mashhur astronomiya va trigonometriya jadvallariga doir “Zij fi ilm al-falak” risolasini yozib tugatadi.
Al-Xorazmiyning bu asariga tayanib arab tilidagi ilmiy adabiyotlarga birinchi bo‘lib Sayyoralar, Oy va Quyoshning harakatlari, sayyoralarning sutkalik harakatlari va ularni aniqlash yo‘llari, Oy va Quyosh gardishining kattaligi, sinuslar jadvali va tangens kiritilgan edi. Asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan. Al-Xorazmiy “Ziji”ga ko‘pgina olimlar izohlar, tushuntirishlar yozishgan.
Al-Xorazmiy “Ziji”dan tashqari Quyosh soatlari, astrolyabiyaning tuzilishi va qo‘llanishiga oid “Kitob ul-amal bil asturlabat” (“Astrolyabiya bilan ishlash haqidagi kitob”) risolasini ham yozib, amaliy falakiyotning rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Al-Xorazmiyning bu astronomiyaga oid asarlari Quyosh, Oy va Sayyoralar harakatini kuzatishda, daryo va ko‘l suvlari harakatini yo‘lga solishda, sel va toshqinlarning oldini olishda, olis joylarga dengiz orqali va quruqlikda safarga chiqqan vaqtda astronomik chamalashda, suvsiz erlarga suv chiqarish va suv inshootlarini bunyod etishda, qishloq xo‘jalik ishlarining boshlanishi yoki tugallash vaqtini belgilashda, dehqonchilik uchun kerak bo‘lgan mavsumiy kalendarlarni tuzishda, xalqning kundalik amaliy maqsadlari va hayotiy ehtiyojlariga hojatbaror bo‘ldi.
Shuningdek, al-Xorazmiyning falakiyot ilmiga oid asarlari ma’lumotlaridan ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab rasadxonalarda foydalanib kelindi. Xususan, SHarqda va G‘arbiy Evropada (Nyuton, Gershel asarlari paydo bo‘lganga qadar) asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, al-Xorazmiy “Donishmandlik uyi”da falakiyot, riyoziyot va boshqa soha olimlari orasida o‘zining ulug‘ salohiyati, qobiliyati bilan ajralib turgan. Al-Xorazmiy bu davrda o‘zining ilmiy faoliyati, tabiiy-ilmiy qarashlari bilan ilg‘or ma’rifiy-pedagogik tafakkur va tabiiy-ilmiy fanlar rivojiga keng yo‘l ochdi. Riyoziyotda mavhumlikni (abstraksiyani) kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy echish usullarini hal qilib, deduksiya hamda umumiy usullari yordamida turli xususiy masalalarni echdi. Uning kashfiyotlari va asarlari dunyoviy, ya’ni aniq fanlarni mustaqil rivojlantirishga keng imkon yaratdi.
SHuning uchun ham al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy kashfiyotlari bilan o‘zidan keyingi butun ma’naviy taraqqiyotga, tabiiy-ilmiy tafakkurga, haqiqatni aniqlash uslublariga juda katta ta’sir o‘tkazdi. Al-Xorazmiy ob’ektiv munosabatlarning, tabiiy jarayonlarning eng muhim xususiyatlarini o‘rganish zarurligini, atrofmuhitni tadqiq etishda insonning ongi va ilm-fanning ahamiyatini yuqori baholadi.
SHularni e’tiborga olsak, o‘z vaqtida al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy fanlarning, ayniqsa, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiyaning rivojlanishiga, bu fanlarning mustaqil taraqqiyotiga to‘g‘ri yo‘nalish berishda o‘zining tutgan yo‘li bilan ilm-fan taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. SHu boisdan ham hozirgi zamon olimlari IX asrning birinchi yarmini “Al-Xorazmiy davri” deb atayotganlari bejiz emas.
Al-Xorazmiyning insonparvarlik g‘oyalari olimlarning vazifasi va burchi, ularning insoniyat oldidagi mas’uliyati haqida aytgan so‘zlarida ham namoyon bo‘lgan: “O‘tmish davrlarda o‘tgan xalqlarning olimlari fanning turli tarmoqlari va falsafaning turli bo‘limlari sohasida asarlar yozishda tiyilmas edilar. Bu bilan ular o‘zlaridan keyin keladiganlarni nazarda tutardilar va bular tomonidan o‘zlaricha (sarf qilingan) kuchlariga munosib mukofot bo‘lar degan umid tutardilar hamda shon-sharaf va yod tutish bilan mukofotlanardilar, rostgo‘y lablardan maqtovlar aytiladi deb ishonardilar. CHunki ular fanning maxfiy sirlarini ochish uchun o‘z bo‘yinlariga olgan qiyinchiliklar va mehnatlarini bunga arzimas deb biladilar. Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qila olmagan ishlarni amalga oshirishda boshqalaridan o‘zib ketadi va uni o‘zidan keyin keluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. YOki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to‘playdigan odam bo‘lib, u o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi”. Mutafakkirning bu so‘zlarini ilk o‘rta asr davrida olimlar va tadqiqotchilar uchun umumiy deb e’lon qilgan axloq qoidasi (me’yori) deb qarash mumkin. Avvalo, buyuk olimning bunday axloq dasturi uning dunyoqarashini belgilab beradi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘z hayotini insoniyat baxt-saodatiga bag‘ishlaydi.

Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783 -850)



Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari Asarlari: «Al jabr va al-muqobala» , «Hind arifmetikasi xaqida kitob» , «Yer satxini o’lchash» , «Quyosh soatlari to’g’risida» , «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar. Didaktik qarashlari: �Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. �Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi. �Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.

Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar Abu Nasr. Forobiy (873 -950)



Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» , «Fozil odamlar shahri» , «Aql ma’nolari haqida» , «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar. Pedagogik qarashlari: �Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi. �Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish. �Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol -dunyosini ayamasin. �Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Abu Rayhon Beruniy (973 -1048)



Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Asarlari: «Minerologiya» , «Geodeziya» , «Hindiston» , «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» , «Saydana» va boshqalar. Ilmiy-pedagogik qarashlari: � Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi. � Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’ o’ynaydi: 1. Irsiyat. 2. Muhit. 3. Tarbiya. � Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’quvchiga bilim berishda: -o’quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; -uzviylik, izchillik; -yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.

Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari Abu Ali Ibn Sino (980 -1037)



Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari Asarlari: «Tadbir al-Manozil» , «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola» , «Burch haqida risola» , «Al-konun» , «Ishq hakida risola» , «Xay ibn. Yakzon» , «Donishnoma» va boshqalar. Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari: � Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir. � Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’qitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik; 2) ta’limda yengildan qiyinga borish orqali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Download 34.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling