Mavzu: Sharqda qo‘llanilgan oy kalendarlari Reja


Har bir oy 10 kundan iborat bo‘lgan katta haftaga va har biri 5 kundan iborat bo‘lgan oltita kichik haftaga bo‘lingan


Download 54.16 Kb.
bet4/9
Sana05.02.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1167526
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAVZU Sarqda qo`llanilgan oy qalendari

Har bir oy 10 kundan iborat bo‘lgan katta haftaga va har biri 5 kundan iborat bo‘lgan oltita kichik haftaga bo‘lingan. Yil har biri to‘rt oydan iborat 3 ta faslga ham bo‘lingan edi. Ular Nil toshish, urug’ qadash va yig’im-terim mavsumlaridan iborat bo‘lgan.
Misr qohinlari Sotis yulduzining chiqishhini kuzatishni yana ko‘p yillar davom ettirib, shamsiy yilining uzunligini aniqlashga va uni 365 kundan iborat, deb belgilashga muvaffak bo‘lganlar. Quyosh yilining bu ko‘shimcha besh kuni yilning xech qaysi oyida qo‘shilmagan. Beruniy yana davom ettiradi: “Qibtiylar ortiqcha besh kunni abug’amno” deb ataydilar. Bu so‘zning tarjimasi “kichik oy” demakdir. (neomeniya), 12 oyning hammasi avvalgidek 30 kundanligicha saqlanib qolingan. U qo‘shimcha kunlarni misrliklar yil oxirida xudolarning tug’ilgan kunlari sifatida bayram qilganlar. Demak, Misr kalendarining hamma yillari bir xil vaqtda , bir xil uzunlikka ega bo‘lgan: ularning hammasi 365 kundan iborat bo‘lgan. Bunday kalendar yili avvalgi 360 kunlik yilga karaganda tropik yilning haqiqiy uzunligiga juda ham yaqin edi.
Shunday qilib, eramizdan 4 ming yil mukaddam misrliklar yil uzunligini 365 kun deb belgilashgan. Bu o‘sha vaqtdagi Misr astronomiya fanining juda katta yutugi edi. Misrliklarning kalendar yili haqiqiy tropik yildan atigi chorak kun farq qilgan edi, xolos. Lekin, hisob, bari bir to‘gri emas edi. Har yildagi xato 6 soatni tashkil etardi. Ana shu xato tufayli misrliklarning yuz yili davomida quyosh turishi kalendarga nisbatan 24 kun, ming yilda esa 8 oy va yana 2 kun oldinga o‘tib ketgan bo‘ladi. Natijada Misrliklarning yangi yili (tut oyining birinchi kuni) asta - sekin boshqa barcha oylarga ham to‘gri kelib borardi. Shuning uchun misrliklar yili keyinchalik “sayoq”, ko‘chib yuruvchi deb nom olgan.
Misrliklarning kalendar yili tropik yildan deyarli 6 soat (ya’ni 0, 25 kun) qisqa bo‘lganligi sababli Sotis yulduzining ertalabki birinchi ko‘rinishi har to‘rt yilda rosa bir sutkaga kechiqar edi. Bunday farq 120 yilda bir oyni tashkil etardi. Shuning uchun Misr kalendari bo‘yicha quyosh turish kuni borgan sari keyingi oylarda, yilning boshlanishi esa tobora keyingi fasllarda (avval baxorga, so‘ng qishga, kuzga, yozga va yana baxorga) to‘gri kelib borgan. Kalendar yilining boshlanishi 1460 yilda hamma fasllarni bir marta aylanib chiqadi yoki tropik yil bilan kalendar yili o‘rtasidagi xato 1460 yilda bir yilni tashkil etadi. (365x4=1460). Ana shuncha vaqt ichida Misr kalendari bo‘yicha 1461 yil o‘tgan bo‘ladi. Shu davrdan boshlab yangi yilning boshlanishi, yana Sotisning ertalabki birinchi ko‘rinishi va yozgi Quyosh turishi kuniga to‘gri keladi.
Sotisning har to‘rt yilda bir kun kechiqib chiqishhini misrliklar sezmagan, deyish noto‘gri. Har to‘rtinchi yilga bittadan ko‘shimcha kun ko‘shib borilsa, vaqt hisobi Quyoshning harakati bilan, tabiiy fasllar bilan muvofiqlashgan, kalendar yilining “sayoqligi” tugatilgan va kat’iy shamsiy kalendar belgilangan bo‘lardi. Biroq Misr kalendari islox qilinmagan. Bunga qadimgi misrliklarning diniy qarashlari to‘sqinlik qilgan. Ular o‘z kalendar yillarining haqiqiy tabiiy yildan qisqaligini bilishgan. Lekin ular o‘z xududlariga avvaldan belgilangan vaqtlarda Qurbonlik qilib, bayram qilishardi; ana shu bayramlar yilning doim ma’lum bir vaqtga to‘gri kelmay, balki hamma oylarga to‘gri kelib turishini va shu yo‘l bilan butun yilning, barcha oylarining muqaddas bo‘lishini istashgan. Shuning uchun diniy tasavvurdan kelib chiqib fir’avnlar taxtga o‘tirib o‘z yil hisoblarini o‘zlashtirmaslikka, unga ko‘shimcha kunlar ko‘shmaslikka kasamyod qilar edilar.
Mavzu Misr kalendari tarixi, Nil daryosi haqida ketar ekan, buyuk vatandoshimiz Axmad Farg’oniyning Misrda Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasaganligini aytib o‘tish lozim.
Evergetning amalga oshmagan islohoti. Deyarli yuz yil mukaddam 1866 yili arxeologlar Nil soxilidagi Kanop shaxrining qadimiy ibodatxonasi qoldiqlarini kovlash vaqtida bir toshtaxtaga duch keldilar. Unga Misr iyerogliflari bilan va ustiga yunoncha qilib yozilgan ko‘p ming yillik qadimgi Misr tarixining so‘ngi davriga tegishli, kalendar tarixi uchun ham ahamiyatli hujjat ekan.
Ulkan Misr davlatini forslar zabt etadi, so‘ng u Aleksandr Makedonskiy davlatining tarkibiga o‘tadi. Eramizdan avval 331 yili Kanop yaqinida barpo etilgan shahar mashxur lashkarboshi sharafiga Aleksandriya (Iskandariya) deb ataladi. Piramidalar mamlakatiga esa Aleksandr Makedonskiy lashkarboshilardan birining nomi bilan ataluvchi yangi hukmdorlar sulolasi - Ptolemeylar sulolasi boshlanadi.
Aleksandriya Misrning poytaxti va butun qadimgi dunyoning madaniy, savdo va ilm - fan markaziga aylanadi. Misr astronomlaridan biri podsho Ptolemey III Evergetga Misr kalendari tuzatishni Quyosh yilidan farqlanmasligi uchun uni “sayoq” kalendardan doimiy, ko‘zgalmas kalendarga aylantirishni taklif qiladi. Taklif Evergetga ma’qul tushadi. U Kanopdagi ibodatxonaning katta toshtaxtasiga o‘z farmonini o‘yib yozuvni buyuradi. Bu farmonni tarixchilar Kanop dekreti deb atashgan.
Eramizdan avvalgi 238 yil 7 martda yozilgan bu dekretda shunday deyilgan edi: “Sotis yulduzi har to‘rt yilda bir kun oldinga o‘tib ketayotir. Shuning uchun yozgi bayramlar qishki oylarga to‘gri kelib qolmoqda. Bundan keyin ham shunday xodisa takrorlanmasligi uchun bundan buyon har to‘rt yilda beshta ko‘shimcha kundan keyin va yangi yil oldidan yana bitta ko‘shimcha, 366 - kun ko‘shib borilsin. Shu paytdan boshlab yil vaqti hisobidagi avvalgi kamchiliklarning podsho Everget tomonidan yaxshilab tuzatilganligini hamma bilsin”.
Evergetning bu farmoni aslida kalendar tuzumiga kabisa yilini joriy etish yo‘lidagi birinchi urinish edi. Agar mazkur dekret amalga oshirilsa misrliklar yilining o‘rtacha uzunligi 365, 25 kunni tashkil etgan bo‘lur edi. Xuddi ana shuncha vaqt oradan yana ikki asr o‘tganidan keyin dunyodagi boshqa bir mamlakatda joriy etilgan unliy kalendarining bir yiliga roppa - rosa teng bo‘lgan. Biroq bu kalendar islohoti ruxoniylarning qarshiligi tufayli o‘z vaqtida hayotga tadbiq etilmay qolgan. Qadimgi Misr kalendar yili “adashilgan yil” sifatida yana ko‘p yillar saqlanib turgan.
Evergetning Kanop dekretidan so‘ng ikki yuz yildan ziyod vaqt o‘tgan, Misr yana chet elliklar tomonidan zabt etiladi. Bu safar Misr rimliklar qo‘liga o‘tdi. Rim imperatori Avgust eramizdan avval 26 yili Aleksandriyada xuddi Everget taklif qilgan kalendarni joriy etadi. Bu tuzatilgan Misr kalendari juda oddiy, sodda foydalanish uchun nixoyatda kulay kalendar edi. Bu kalendar bo‘yicha yil 30 kunlik bir - biriga teng 12 ta oydan va 5 ta yoki 6 ta (kabisa yillarida) ko‘shimcha kundan iborat. Yil hamisha to‘rt oyning 1 kunidan boshlanadi. Bu ajoyib Aleksandriya kalendari afrikalik xristianlar - misrlik koptlar va efiopiyaliklar orasida xanuzgacha saqlanib qolgan. Bu kalendar hozir ham barcha mavjud kalendarlar orasida eng yaxshi, eng mukammali va eng qulayi hisoblanadi.
Insoniyat tarixida jami 200 dan ortiq kalendarlar ishlatilgan.
Hozirgi kalendar unchalik mukammal bo‘lmagan kalendar bo‘lib, qadimgi rimliklardan meros qolgandir.
Misrliklar kalendari uzoq vaqt davomida oy va yil kunlari bir xil mikdorga ega bo‘lgan. U keyingi barcha shamsiy kalendarlarga asos bo‘lib xizmat qilgan.



Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling