Mavzu: Sharqda qo‘llanilgan oy kalendarlari Reja


Qadimgi Xitoy va Hind kalendarlari


Download 54.16 Kb.
bet6/9
Sana05.02.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1167526
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAVZU Sarqda qo`llanilgan oy qalendari

Qadimgi Xitoy va Hind kalendarlari.Qadimgi Xitoyda ikki xil: oy va quyosh kalendari mavjud bo`lgan. Oy kalendari mil. avvalgi III-ming yillikda vujudga kelgan. Xitoy dehqonlari bahor kelganligini Gidra deb nomlangan yulduz chiqishidan bilganlar. Yilni 4 davrga (faslga) bo`lganlar: bahor, yoz, kuz va qish. Kalendar tuzilishida oy fazalaridan foydalanilgan. Yil 12 qamariy (lunno`y) oydan iborat bo`lgan. 19 yilda bir sikl tamomilangan. Shu 19 yilning 7 yilida 13-oy ham mavjud bo`lgan. Xitoy astronomlari mil. avvalgi VI asrda yangi oy chiqishi bilan yozgi quyosh ko`tarilishi har 19 yilda yoki 235 qamariy (lunno`y) oyida sodir bo`lishini kuzatganlar.
Xitoyda 4 ming yil ilgari quyosh kalendari mavjud bo`lganligi to`g`risida ma`lumot mavjud. Bu kalendar dinastiya nom bilan Sya, deb nomlangan. Tarixchilar shunga o`xshash bo`lgan oy-quyosh kalendari bo`lganligi va u mil. avvalgi 2696-2397 yillarda qo`llanila boshlaganligini aytishadi. Oy-quyosh kalendarida ham 19 yillik (7-yilida 13-oy mavjud bo`lgan) sikl bo`lganligini hisobga olsak, Yuqorida biz oy kalendari, deb hisoblagan yil hisobi ham oy-quyosh kalendari ekanligini tushunib olamiz. Oy-quyosh kalendarida 19 yilda 1 sikl yakunlangan. Har 3,6,8,11,14,16,19-yillarga 13-oy qo`sqilgan. Oy kunlari 30 yoki 29 kundan iborat bo`lib, 1 oy ikki qismga: tszi (aniq) va ki (noaniq)ga bo`lingan. Mil. avvalgi 2397 yildan (taxminan) 19 yillik sikl bilan birga 60-yillik sikl ham joriy qilingan. Unga ko`ra har ikki yil tabiatning 5 unsuri nomni olgan:daraxt, olov, yer, temir va suv.

1 -yil-o`similik sifatidagi daraxt. 2-yil-qurilish materiali sifatidagi daraxt.


3-yil-tabiiy yong`in (olov). 4-yil-xo`jalik o`chog`idagi olov.
5-yil-tabiiy temir. 6-yil-temir buyum.
7-yil-tabiiy yer. 8-yil-ishlangan yer.
9-yil-tabiiy oqin suv. 10-yil-turg`un suv.
Besh tabiat unsuriga belgi qo`yiladi:
1. Daraxt-MU.
2. Olov-XU.
3.Yer-TU.
4.Temir-TSZIN.
5.Suv-SHUY.


Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling