Mavzu: Shartnoma nazariyasi Reja


Sotish to’g’risidagi shartnoma va yollash to’g’risidagi shartnoma


Download 24.11 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi24.11 Kb.
#1834673
1   2   3   4
Bog'liq
institutsional iqt 1

Sotish to’g’risidagi shartnoma va yollash to’g’risidagi shartnoma

Qaysi institutsional doiralar insonlarning «tabiiy» («tabiat» bilan shartlangan) xatar va noaniqliklarga bo‟lgan munosabatlarining o‟ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzish imkonini beradi? Ushbu institutsional doiralar bitim tomonlaridan biriga o‟zaro hamkorlik natijalariga «tabiiy omillar» ta‟siridan qat‟i nazar kafolatlangan daromad olish huquqini qo‟lga kiritib, xatardan voz kechish imkoniyatini beruvchi yollash to‟g‟risidagi shartnomada belgilanadi. Biroq bunda shartnomaning xatarga qarshi bo‟lgan tomoni vaziyat qulay tus olgan hollarda katta daromad olish uchun e‟tirozlardan voz kechadi. «Yollash to‟g‟risidagi shartnoma» atamasi yollanma xodim va ish beruvchining o‟zaro hamkorligi modelidan kelib chiqib, unda shu narsa nazarda tutiladiki, yollanma xodim – xatarga qarshi, ish beruvchi esa xatarga nisbatan betaraf. Bozor kon‟yunkturasi va yollanma xodim ishlab chiqaradigan mahsulotga bo‟lgan talab qanday bo‟lishidan qat‟i nazar, u mehnati uchun qat‟iy belgilangan mukofotni oladi. Bunda shartnomaning o‟zida qaysi harakatlarni amalga oshirganlik uchun yollanma xodim mukofot olishi aniq ko‟rsatilmaydi, harakatlar xususiyati «tabiiy» omillar bilan shartlangan u yoki bu vaziyat sodir bo‟lishidan kelib chiqadi. Amalda yollash to‟g‟risidagi shartnoma faqat yollanma xodimning ish beruvchining qarorlariga bo‟ysunishi zarurligini qayd etadi
Yollash to’g’risidagi shartnoma – xatarga betaraf bo‟lgan shaxs va xatarga qarshi shaxs o‟rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv. Bunda xatarga qarshi shaxs xatarga betaraf bo‟lgan shaxsga o‟z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqini topshiradi.
Sotish to’g’risidagi shartnoma – bir xil darajada xatarga betaraf bo‟lgan shaxslar o‟rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv. Sotish to‟g‟risidagi shartnoma faqat uning ikkala tomoni ham xatarga nisbatan betaraf bo‟lib, kutilayotgan voqealar sodir bo‟lmasligi va shartnomada qayd etilgan vazifalar yuzaga keladigan vaziyatga mos bo‟lmagan ehtimollikka ko‟nishga tayyor bo‟lgan taqdirda tuzilishi mumkin. Demak, sotish to‟g‟risidagi shartnoma xatarga bir xil munosabatda bo‟ladigan – xatarga betaraf shaxslar o‟rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Yollash to‟g‟risidagi shartnoma esa xatarga har xil munosabatda bo‟ladigan – xatarga betaraf va xatarga qarshi insonlar o‟zaro hamkorligining institutsional doiralarini yoritadi. Xatarga qarshi shaxslar (yollanma xodimlar) xatarga betaraf bo‟lgan shaxslar (ish beruvchilar) foydasiga o‟zlarining kelgusida «tabiiy» omillarni hisobga olgan holda harakat strategiyasini erkin tanlash huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechishadi. SHaxsning shartnomada belgilangan faoliyat turi ustidan nazorat qilish huuqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi yuz beradi. Huddi resurslarni tasarruf etish huquqini topshirish kabi shaxs o‟z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqini ham topshirishi mumkin. SHunday qilib, shaxs, agar u boshqa shaxs tomonidan nazorat qilingan taqdirda katta foyda va (yoki) nazorat qilish huquqi topshirilayotgan shaxsdan kompensatsiya olishiga ishonsa, o‟z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining topshirilishidan manfaatdor hisoblanadi. SHaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi o‟z harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida yotadi. Hukumronlik munosabatlari bir necha xilda bo‟ladi:
- oddiy, uning doirasida nazorat aynan unga nazorat qilish huquqi topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi;
- murakkab, bunda unga nazorat qilish huquqi topshiriladigan shaxs bir vaqtning o‟zida ushbu huquqni uchinchi shaxslarga topshirish huquqini ham qo‟lga kiritadi;
- pesonafikatsiyalangan, unda nazorat qilish muayyan shaxsga topshiriladi;
- pozitsion, u nazoratning muayyan shaxsga emas, balki jamiyatning institutsional tarkibida (davlat apparatida, firmaning ichki tuzilishida va h.k.) muayyan mavqega ega bo‟lgan shaxsga topshirilishini nazarda tutadi

Download 24.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling