Mavzu: Shartnoma nazariyasi Reja


Uchinchi shaxs foydasiga shartnoma


Download 24.11 Kb.
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi24.11 Kb.
#1834673
1   2   3   4
Bog'liq
institutsional iqt 1

Uchinchi shaxs foydasiga shartnoma – tomonlar,tomonlardan biri (qarzdor) majburiyatlarini bajarishi mazkur shartnoma bo‘yicha kontragentga (kreditorga) emas, qarzdordan o‘z foydasiga majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga berilishini belgilab qo‘yadigan shartnomalar.
Birlashtirish shartnomasi – shartlarni tomonlardan biri belgilab qo‘ygan hamda ikkinchi tomondan taklif etilgan shartnomaga to‘liq qo‘shilish yo‘li bilangina qabul qilinishi mumkin bo‘lgan shartnomadir. YA’ni, bunday shartnoma uni qabul qilgan tomondan shartnoma mazmuniga yangi, uning nuqtai nazaridan oqilona bo‘lgan biror-bir shartlarni kiritishni istisno qiladi.
Ommaviy shartnoma – tijorat tashkiloti tomonidan tuzilgan va uning tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir majburiyatlarini belgilovchi shartnoma. Bu tashkilot unga murojaat qilgan har bir shaxsga bu ishlarni bajarishi kerak (masalan, bu chakana savdo, aloqa xizmatlari, mehmonxona va tibbiy xizmatlar bo‘lishi mumkin). Bunday shartnomaning asosiy qismlari – barcha iste’molchilar uchun tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek shartnomaning boshqa shartlarining narxlari teng bo‘lishidir.

Klassik shartnoma, unda o‘zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va to‘la-to‘kis belgilangan, sotish to‘g‘risidagi shartnomadan hosil bo‘lgan shartnoma.


Implisit (bundan «implisit», ya'ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasi kelib chiqqan) shartnoma esa, aksincha, o‘zaro hamkorlikning aniq belgilanishini istisno etadi, shartnoma tomonlari shartnomani amalga oshirish jarayonida ularning tafsirlanishini nazarda tutadi. Bunday shartnoma yollash to‘g‘risidagi shartnomadan hosil qilinadi. Neoklassik yoki gibrid, «munosabatli» shartnoma o‘zida ham yollash to‘g‘risidagi shartnomaning, ham sotish to‘g‘risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi va tomonlarga kutilmagan holatlar sodir bo‘lganida uning shartlariga amal qilmaslik imkonini beradi
Download 24.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling