Mavzu: Shartnoma nazariyasi Reja


Download 24.11 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi24.11 Kb.
#1834673
1   2   3   4
Bog'liq
institutsional iqt 1

3. SHartnomalarning turlari
Endi yollash to‟g‟risidagi shartnoma bilan sotish to‟g‟risidagi shartnomani o‟zaro taqqoslagan holda, bevosita shartnoma tarkibini muhokama qilishga kirishamiz. SHartnomaning uchta bazaviy xili ma‟lum – klassik, implitsit va neoklassik. Klassik shartnoma, unda o‟zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va to‟lato‟kis belgilangan, sotish to‟g‟risidagi shartnomadan hosil bo‟lgan shartnoma. Implitsit (bundan «implitsit», ya‟ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasi kelib chiqqan) shartnoma esa, aksincha, o‟zaro hamkorlikning aniq belgilanishini istisno etadi, shartnoma tomonlari shartnomaning amalga oshirilishi jarayonida ularning tafsirlanishini nazarda tutadi. Bunday shartnoma yollash to‟g‟risidagi shartnomadan hosil qilingan. Neoklassik yoki gibrid, «munosabatli» shartnoma o‟zida ham yollash to‟g‟risidagi shartnomaning, ham sotish to‟g‟risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi va tomonlarga kutilmagan holatlar sodir bo‟lganida uning harflariga amal qilmaslik imkonini beradi.
Shartnomaning quyidagi turlari ajratiladi:
Aralash: shartnomaga har xil turdagi shartnomalar elementlari kiritiladi (masalan, shartnoma bir vaqtning o‘zida savdo-sotiq, marketing xizmatlarini ko‘rsatish, qurilish ishlari ko‘zda tutilishi mumkin). Tegishli tarzda, bunday shartnomani tuzishda shartnoma bo‘yicha har bir ish turlarini bajarish shartlarigina emas, balki har bir majburiyat bajarilishi uchun mukofotlash mexanizmi ham aniq belgilab olinishi zarur. amalda esa, turli kelishmovchiliklar va nizolardan qochish maqsadida bunday shartnomalarni tuzmay, balki har bir ish turlari bo‘yicha bir necha xildagi shartnomalarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Oldindan ( uni yana «niyatlar bayonnomasi” deb ham ataydilar – tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan, juda ommaviy bitim turi): unda tomonlar keyinchalik asosiy shartnoma mazmuniga kiritiladigan shartlarda ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki mulkni sotish bo‘yicha kelgusida asosiy shartnomani tuzish majburiyatini oladilar.

Download 24.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling