Mavzu: Shavkat Mirziyoyevni yangi O’zbekiston stretegiyasi asari


Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi: xalqaro va xorijiy ekspertlar bahosi


Download 1.76 Mb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1491864
1   2   3   4   5
Bog'liq
meh

Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi: xalqaro va xorijiy ekspertlar bahosi
“Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi” hamkor xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, butun jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bir qator nufuzli xorijiy va xalqaro ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli va shiddatli islohotlar samaralari e’tirof etilgan holda, ushbu yangi tarixiy hujjatning loyihasigayoq yuksak baholar berildiki, ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz.
Mamlakatimizga 2021 yil 28 noyabr – 7 dekabr kunlari tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn O‘zbekistonning qonun ijodkorligi va xalqaro hujjatlar qabul qilishda tashabbuskorlik ko‘rsatish sohalarida yetakchi ekanini e’tirof etgan holda, xususan, “Mehr” operatsiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish, reabilitatsiya va reintegratsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizni yuksak baholadi.
Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong Prezident Shavkat Mirziyoevning milliy parlamentlarning rolini oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini to‘la qo‘llab-quvvatlashi haqida bayonot berdi. Bu o‘rinda davlatimiz rahbarining:
birinchidan, BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda va inson huquqlarini himoya qilishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiyasini qabul qilish;
ikkinchidan, joriy yilda O‘zbekistonda Ayol-spikerlar jahon sammitini o‘tkazish;
uchinchidan, Yoshlar parlamentlarini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni rag‘batlantirish va bu borada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir tashabbuslari nazarda tutilmoqda.
Xalqaro “Diva International” jurnali Bosh muharriri Marit Foss esa Prezident Shavkat Mirziyoev o‘zini tom ma’nodagi demokrat sifatida namoyon etayotganiga e’tibor qaratgan. Ushbu xalqaro ekspertning qayd etishicha, O‘zbekiston Prezidentining asosiy maqsadi – inson qadrini ta’minlashdir. Bu, o‘z navbatida, inson huquqlarini himoya qilishni anglatadi. Mamlakatda nomarkazlashtirish siyosati olib borilayotgani, ya’ni markaziy davlat organlarining ayrim muhim vakolatlari mahalliy hokimiyat idoralariga o‘tkazilayotgani to‘g‘ri va oqilona yo‘ldir.
Fransiyaning “Newly” on-layn nashri yozishicha, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mamlakat milliy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi. Ayniqsa, “inson – jamiyat – davlat” ustuvor tamoyili jamiyatda ijtimoiy muhitni tubdan o‘zgartirishning muhim mezoniga aylanadi.
Shu maqsadda milliy darajada: ta’limning maktablardan toki oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan barcha bosqichlarida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi bo‘yicha milliy insholar tanlovini o‘tkazishni taklif etamiz. Bu tadbir yoshlarimiz ongu shuurida vatanparvarlik, milliy g‘urur g‘oyalarini mustahkamlab, kuchli g‘oyaviy immunitet hosil bo‘lishiga xizmat qiladi.
Xalqaro darajada: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida gibrid shaklida xalqaro forum o‘tkazish lozim. Ayni yo‘nalishda turli siyosiy-diplomatik tadbirlar tashkil etilishi ham ayni muddaodir.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling