Mavzu: Shaxsni tadqiq etish metodlari Reja


Download 131.91 Kb.
bet1/10
Sana28.01.2023
Hajmi131.91 Kb.
#1135443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Shaxsni tadqiq etish metod


Mavzu: Shaxsni tadqiq etish metodlari
Reja:
1.. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
2. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
3. Psixologiyaning asosiy tamoyillari
4.Psixologiyaning tadqiqot metodlari shaxsni tadqiq qilish metodlari.
Blits-so’rov savollari
1. Psixologiyaning qaysi asosiy metodologik tamoyillarini bilasiz, ularga ta’rif bering?
2. Hozirgi zamon psixologiyasining qanday sohalari mavjud?
3. Psixologiya fanidagi differensiatsiya va integratsiya jarayoni nima bilan bog‘liq?
4. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ochib bering.
5. Psixologik tadqiqotning qanday metodlarinin bilasiz, ular nima uchun mo‘ljallangan?
6. Psixologik metodlarni qaysi guruhlarga ajratish mumkin?
7. Qiyosiy metod longityud metodidan, va kuzatish tabiiy tajribadan nimasi bilan farq qiladi?
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Tamoyillar - tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, tajribama’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi.
Iidentifikatsiya - ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy fatsilitatsiya – bu ba’zi odamlarning boshqalarning faoliyatiga ular oldida yoki bevosita ishtirokida amalga oshiriluvchi ijobiy rag‘batlantiruvchi ta’siri.
Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.

P sixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.


Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.

Download 131.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling