Internet saytlari
http// planetadisser.com- dissertasiyalar katalogi.
http:// www.bestdisser.com-referatlar,diplom va kurs ishlari.
htpp://www.edu.uz/-O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb sayti.
www.gov.uz- O’zR ning hukumat portali.
II. Mavzuning qisqacha tavsifi
Mavzu:Professiografiya va professiografik tadqiqotlar (2 soat)
Mashg’ulot rejasi:
4.1.Shaxsning biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari.
4.2.Shaxs faolligi.
4.3.Kasbiy shakllanish tarixi. Shaxsning kasbiy shakllanish determinatsiyasi.
4.4. Shaxsning kasbiy shakllanish bosqichlari haqida tushuncha.
4.5. Shaxsning kasbiy etikasi
Tayanch iboralar: Tayanch so`zlar: Shaxs, individ, individuallik, faollik, faoliyat, motiv, qiziqishlar, shaxsning shakllanishida ta'sir qiluvchi omillar, shaxs sifatlari.
3.1.Shaxsning biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari. «Shaxs» tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo‘nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya o‘rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o‘laroq, shaxsning ichki dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Psixologiya fanida shaxs muammosini o‘rganish bo‘yicha turli nazariyalar mavjud bo‘lib, ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar kiradi.
Biogenetik nazariya negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etadi, ular bilan o‘zaro aloqalar tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlarga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Taraqqiyot jarayonining o‘zi avval biologik rivojlanishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo‘lib, ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq, inson organizmining individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi.
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko‘rinishi Z. Freydning shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning barcha hatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bog‘liqdir. Bunga o‘xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan- bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |